Sutyagin Sergo Mixaylovich haqida

Sutyagin Sergo Mixaylovich haqida

Sutyagin Sergo Mixaylovich


Tavallud topgan sana:
1937 yil


Tug'ilgan joy:Moskva


Yo'nalishlar: Me’morlar




Tarjimai hol


Sergo Sutyagin - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan me’mor, davlat me’morlari uyushmasi prezidiumi a’zosi, davlat va xalqaro mukofotlar laureati, Xalqaro me’morlar akademiyasi akademiki.



1937 yil 23 fevral kuni Moskvada tug‘ilgan. 1960 yil O‘rta Osiyo politexnika institutini “Arxitektor” mutaxassisligi bo‘yicha bitirib, Sergo Sutyagin o‘zbek shaharsozlik institutida faoliyatini boshlaydi.



40 yillik ish faoliyati davomida S. Sutyagin Toshkent, Samarqand, Dushanbe, Xiva, Qo‘qon, Urganch va Olmaliqdagi ma’muriy va yashash binolarini loyihalashtirish va qurilishida ishtirok etgan.



1961 yil yosh me’morlar guruhi ko‘pfunktsiyali kinoteatrni - Toshkentdagi 2,5 ming kishiga mo‘ljallangan san’at saroyi binosini loyihalashtirib, respublika tanlovida g‘olib bo‘lishadi. Qurilish mobaynida Sergo Sutyagin bosh arxitektor bo‘ladi. 1964 yil mualliflar Hamza nomidagi Davlat mukofotiga loyiq topiladilar.



Uning “Samarqand Darvoza”  (1975) nomli choyxona loyihasi davlat shaharsozligida kichik portlash kabi nomoyon bo‘lgan. U vaqtlar barcha “kubik” va “parallelepipedlar” qurishardi. Kutilmaganda, eski shahar darvozalari o‘rnida piramida bunyod etilgan.



Uning ustidagi gumbaz devordan ajralgan, u - “sizayotganday”. Saksoninchi yillarda u poytaxtning diqqatga sazovor joylaridan bo‘lgan. U yerga sayyohlarni olib kelishgan.



“Bahor” konsert zalining qayta ta’mirlanishida Bahodir Jalolov ushbu interyerga devoriy yozuv qoldirgan. Keyinroq, 1986 yil  Qo‘qon teatri hamda Sutyaginning loyihasi asosidagi Adabiyot muzey majmuasi bo‘yicha “Dunyo teatrlari” devoriy yozuvlari paydo bo‘ldi. Mazkur ikki binolar bir maydonda joylashgan. Ular uchun Sutyagin va Jalolovlar san’at sohasidagi oliy mukofotga - Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lishgan.



Asosiy ishlari:



1. Toshkentdagi 2500 tomoshabin uchun mo‘ljallangan “Kino saroyi”, 1964 yil. O‘zbekiston Davlat laureati.



2. 1941 - 1945 yillar vafot etganlar uchun Chirchiqdagi monument, 1972 yil. SSSRning fashizm ustidan g‘alabasining 30-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasining oltin medali, 1975 yil.



3. Toshkentdagi 8 million tomlik kitobni o‘zida jamlagan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat kutubxonasi, 1968 - 1973 yillar.



4. Xivadagi ma’muriy-jamoat markazi, 1969 - 1984 yillar. “INTERARCH-85” laureati, Sofiya.



5. Toshkentdagi “Samarqand Darvoza” memorial choyxonasi, 1975 yil.



6. “Xadra” jamoat ovqatlanish majmuasi, 1979 - 1980 yillargi loyiha.



7. Samarqanddagi xalqaro yoshlar mehmonxonasi, 1981 yilgi loyiha.



8. Dushanbedagi 2500 tomoshabin uchun mo‘ljallangan kinokonsert zali, Tojikiston, 1984 yil. SSSR Moskva Vazirlar Mahkamasi laureati.



9. Toshkentdagi “Prospekt Kosmonavtov” metro bekati, 1984 yil. “Yilning eng yaxshi ob'yekti”  tanlovi laureati, SSSR Arxitektorlar uyushmasi.



10. Nukus shahrining markaziy loyihasining rejasi va qurilishi, 1985 yil.



11. Toshkentdagi “Muxtor Ashrafiy nomidagi Konservatoriya” tanlov loyihasi, 1987 yil. Respublika tanlovining 1-o‘rin sovrindori.



12. Qo‘qondagi musiqali dramatik teatr, 1987 yil. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati.



13. Qo‘qondagi adabiyot muzeyi, 1990 yil. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati.



14. Parijdagi hamda Indira Gandi va Nyu Deli nomidagi Xalqaro markazning “TET DE'FANS” Tanlov loyihasi, 1989 yil (40 ta eng yaxshi loyiha orasidan tanlab olingan).



15. Toshkent shahrining markaziy loyihasining rejasi va qurilishi, 1994 yil. “Yilning eng yaxshi loyihasi” laureati, Kiyev. 1-darajali diplom sohibi.



16. Xivadagi Najmiddin Kubro memorial majmua, 1995 yil. “Yilning eng yaxshi loyihasi” laureati, Kiyev.



17. “Arkada” savdo-sotiq markazi, Toshkent, 1996 yil.



18. Urganchdagi 2800 tomoshabin uchun mo‘ljallangan yozgi amfiteatr - 1999 yil.



19. Urganch, Qarshi, Termiz, Andijon, Farg‘ona, Buxoro xalqaro yo‘lovchilar terminali, 2000 - 2009 yillar.



20. O‘zbekistondagi usd binolarining qurilishi bo‘yicha tanlov loyihasi, 2002 yil. Uchta nomzodlikdan ikkita birinchi o‘rinlar.



21. Qarshidagi tarix muzeyi - 2002 yilgi loyiha, O‘zbekiston Respublikasi me’morlar uyushmasining I darajali diplomi va “Oltin” medali.



22. Qarshidagi 2500 kishilik amfiteatr - 2003 yil. O‘zbekiston Respublikasi me’morlar uyushmasining I darajali diplomi va “Oltin” medali.



23. 2007 yilgacha O‘zbekistondagi kollej va maktablari qurilishi.