Sa’d ad-din at-Taftazoniy haqida

Sa’d ad-din at-Taftazoniy haqida

Sa’d ad-din at-Taftazoniy


Tavallud topgan sana:
1322 yil


Vafot etgan sana:
1390 yil


Tug'ilgan joy:Turkmaniston


Yo'nalishlar: Matematiklar, Faylasuflar, Dinshunos va ma’rifatparvarlar , Adabiyotshunoslar



Tarjimai hol


Sad ad-din Ma’sud ibn Umar at-Taftazoniy — arab-musulmon faylasufi, keyingi kalomning atoqli namoyondasi. Uning mantiq, huquqshunoslik, she’riyat, grammatika, matematika, notiqlik va Qur’onga oid qo‘llanmalari o‘quv qo‘llanma sifatida mashhur bo‘lgan.



Saaduddin Taftazoniy al-Idjiyning o‘quchisi va sharhchisi, 1322 yil Xurosonning Taftazan qishlog‘ida tug‘ilib, 1390 yil Samarqandda vafot etgan. Al-Idjiy hamda Qutbiddin ar-Roziy (1365 yil vafot etgan) kabi ulamolardan dars olgan. Umrining 30 yilga yaqin davrini jahongashtalikda o‘tkazadi, Movaraunnahrning turli madrasalarida dars beradi. Hirot va G‘ijduvonda ishlaydi. Jonibek xonning taklifi bilan, Shoh Shudjaning saroyida Sherozda ishlaydi. Temuriyning taklifiga binoan Samarqandga keladi va umrining oxirigacha shu yerda umr kechiradi.



U ko‘plab darsliklarni tuzgan bo‘lib, hanuz madrasalarda ta’lim jarayonlarida foydalanib kelinadi. Ular orasida mashhur Kotibiy Qazviniyning mantiq risolasiga yozilgan sharh Risolat al-Shamsiya bo‘lgan. Taftazoniy asharit vakili bo‘lgan.



Bu uning erkin mutafakkir bo‘lishida, nozik masalalarni ko‘tarishiga to‘sqinlik qilmagan. Jumladan, aytish joizki, Islom olamida qizg‘in munozaralarga sabab bo‘lgan iroda erkinligi va uni yengish nuqtai-nazarini qattiq ushlagan. Taftazoniy insonning axloqiy mas’uliyatga ega ekanligiga shubha qilmay, Yaratganning oldida qilgan ishlari uchun javobgar ekanligiga ishongan. Inson qilmishlarida Alloh va inson dahldor. Bu ikki ajralmas qism hech qachon yakka holda kelmaydi. Taftazoniy bu ikki ajralmas qism majoziy ma’noda emas, balki chindan ham uzviy bog‘liqligini ta’kidlagan. Yaratgan — bu inson qilmishlarining yaratguvchisidir, ya’ni insonga o‘z qilmishlarini yakunlashda yordam beradi. Bu g‘oyasi bilan Taftazoniy, ashritga nisbatan, ko‘proq Moturudiy ta’limotiga yaqinroqdir.



At-Taftazoniy kalom, geometriya, mantiq, arab tili grammatikasi va she’riyat ilmida ham tanilgan. Keyingi yuz yillik davomida uning kalomga oid qisqa bayonlari ulkan darajada ommabop bo‘lgan.



Shariat va xanifat mazhablari bo‘yicha huquqshunoslikka oid izohlar yozgan. Taftazoniyning an-Nasafiyning risolasiga yozgan sharhining ma’nosiga ko‘ra, ko‘proq moturudiylik ta’limotiga yaqinroqligini anglaymiz, biroq, al-Maqsidda u asharitlik tarafdorligini namoyon etgan:



Mehnatlari:



•          Sharh risola ash-shamsiya (Quyosh risolasiga oil sharh);



•          Risola fi zaviya al-musallas (Uchburchakning burchaklari haqidagi risola);



•          Sharh al-aqoid an-nasafiya (an-Nasafiyning ta’kidlariga sharh);



•          Tahzib al-mantiq va-l-kalom (Mantiq va kalom ilmini o‘rgatish).