Tom Kruz haqida

#Tom_Kruz


Siz yuqorida koʻrib turgan inson “Golivud” yulduzi, dunyoning eng kelishgan 13-oʻrindagi erkagi, mahoratli aktyor Tom Kruz hisoblanadi. Uning boyligi hozirda 600 million AQSh dollarini tashkil qilmoqda (https://www.celebritynetworth.com/richest-celebrities/actors/tom-cruise-net-worth/).


Tom Kruz — aktyor va prodyuser 1962-yilning 3-iyulida AQShʼning Nyu York shahrida tugʻilgan. Oilasida 4 farzand boʻlib, u yakka oʻgʻil hisoblanadi. Otasi elektrik muhandis, onasi esa oddiygina oʻqituvchi boʻlgan. Tom Kruz allaqachon yetim insonga aylangan, uning ota-onasi vafot etgan.


— Uning filmlari Shimoliy Amerikada $4 milliard dollar, dunyo miqyosida $10.1 milliard dollar foyda olib kelgan.

— Tom Kruz dunyoning eng boy 3-oʻrindagi aktyori hisoblanadi.

— Yaponiyada 10-oktyabr “Tom Kruz kuni” deb eʼlon qilingan.


Hozirda Tom Kruz 58 yoshda. Tom Kruz shuningdek “SpaceX” bilan hamkorlikda fazoda yana bir ajoyib film suratga olish ilinjida. U 3-marotaba turmush qurgan. Uning uch nafar farzandi bor.


💬Sizningcha “Golivud”ning eng mahoratli aktyor kim?