Petrushka yetishtirish sirlari

Ushbu maqolada petrushka yeishga oid maʼlumotlar keltirilgan. Maqola orvali siz petrushka yekish usullarini, uning ahamiyatini, petrushka navlarini, petrushka ekish muddatlari va boshqa kerakli maʼlumotlarni bilib olishingiz mumkin.


Petrushka yetishtirish sirlari

Аhamiyati.

Petrushka Koʼkatsabzavot ekinlarining qadrlanishiga ularda darmondorilarning, ayniqsa, askorbin kislotasi, mineral tuzlar (kaliy, natriy, kaltsiy va boshqalar), xushboʼy moddalarning mavjudligidir, ular ovqat taʼmini yaxshilab, ishtahani ochib, ovqat hazm boʼlishiga yordam beradilar. Ularda oqsil, uglevodlar va organik kislotalar mavjud. Ulardan koʼplari dorivorlik xususiyatiga ega.

Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar.

Petrushkani Nilufar, Saxarnaya, Novas kabi navlari ekiladi.

Urugʼ tanlash. Petrushka urugʼi toza, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi, butun boʼlishi zarur. Urugʼlar boshqa oʼsimliklar urugʼlari va aralashmalaridan tozalanadi.

Yer tayyorlash.

Koʼkat ekinlar uchun yuqori unumdor, mexanik tarkibiga koʼra yengil,va oʼrtacha tuproqlarni tanlash maqsadga muvofiq. Yer oʼtmishdosh ekin qoldiqlari va begona oʼtlardan tozalanadi. 1 sotixga 150–200 kg (10 sotixga 1,5–2 tonna) chirigan goʼng solinadi.

Petrushka qisqa muddatda yetilishini inobatga olib goʼng solish bilan birga 1 sotix maydonga 1 kg azotli, 1 kg fosforli, 0,5 kg kaliyli oʼgʼit solish zarur. Yer 20–25 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalanib, yaxshilab tekislanadi va sugʼorish egatlari (pol) olinadi.

Ekish muddati va sxemasi.

Ertagi hosil olish uchun petrushka urugʼlari kuzda yoki erta bahorda ekiladi. Urugʼlar erta bahorda 15 fevraldan 10 martgacha sepiladi. Kuzda sentyabrning ikkinchi yarmi–oktyabr oyida ochiq dalaga lentasimon usulda 2–3 qator qilib yoki sochma usulda ekiladi. Urugʼ

sarfi 1 sotixga 50–60 g. Urugʼlar sepilgandan keyin xaskash bilan tuproqqa aralashtiriladi.

Parvarishlash.

Maysalar unib chiqqandan 10–12 kun oʼtgach birinchi marta va 2–3 hafta oʼtgach ikkinchi marta yagana qilinadi. Bunda oʼsimliklar

orasi 3–5 sm boʼlishi lozim. Oʼsimlikni parvarishlashga – toqqilish, qator oralarini yumshatish, sugʼorish va mineral oʼgʼitlar bilan oziqlantirish ishlari kiradi.

Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish.

Petrushka kasalliklarga ancha chidamli salqinsevar oʼsimlik hisoblanadi.

Hosilni yigʼishtirish.

Boʼyi 15–20 sm ga yetgan petrushka oʼsimligi erta tongda – kun nisbatan salqinligida oʼtkir oʼroq bilan oʼrib olinadi.

Iqtisodiy samarasi.

10 sotix maydonga 500 g petrushka urugʼiga 150 ming soʼm sarflanadi. Umumiy xarajatlar 615200 soʼmni tashkil etadi. Xosil narxi bir kilogrami eng past narxda 3500 soʼmdan sotilganda 2 mln. 450 ming soʼm boʼladi. Shunda 10 sotix maydondan 1 mln. 835 ming soʼm sof foyda olish mumkin.