Bir kunda 4 milliondan ortiq buyurtma va 350 million turdagi gajetlar, kiyimlar, maishiy texnika va tasavvur qilish mumkin boʼlgan boshqa narsalar. Bularning barchasi dunyodagi eng katta savdo maydoni — «Amazon»da.
2014-yildan buyon «Amazon»ning narxi deyarli ikki barobarga oshdi: 180 millard dollardan 350 millard dollarga yetdi, uning asoschisi Jeff Bezos esa dunyoning eng badavlat kishilaridan biriga aylandi. «Bloomberg»ga ishonadigan boʼlsak, uning boyligi 2017-yil oxirlarida 99,6 milliard dollarga yetgan (ikkinchi oʼrinni esa «Microsoft» asoschisi Bill Geyts 91,3 milliard dollar bilan egalladi).
Аҳмоқона қарори уни дунёнинг энг бой одамига айлантирди. Жефф Безос ва «Amazon» тарихи
Bundan 22 yil oldin «Microsoft» oʼzining mashhurlik choʼqqisiga chiqqan edi, biroq «Amazon» haqida bunday boʼlishini hech kim oʼylamagan ham. Kompaniyaning hatto nomi ham yoʼq edi, Bezos esa eski eshik taxtasidan yasalgan stol qarshisida oʼtirganicha, kimdir kitoblarini sotib olishini umid qilardi…
«Keyinchalik afsuslanmaslik uchun»
«Haqiqatda ozod boʼlish uchun, ozgina ahmoq boʼlish kerak», deyishadi. Jeff Bezos buni oʼz misolida isbotlab bergan. U Uoll-Stritda hamda Nьyu-Yorkdagi yetakchi fondlardan birida vitse-prezident boʼlib ishlagan. Uning oʼz uyi, hisobida bir necha yuz ming dollari boʼlgan. Hatto u baland boʼyli qorasoch qizga ham uylangan. Boshliqlari hurmat qilgan va raqib kompaniyalar uni ishga chorlagan. Biroq Bezosga bularning barchasi kamlik qildi.
Xizmatda Bezos internet-biznes boʼlimiga — 90-yillardagi yangi yoʼnalish boʼlib, АQShda endi rivojlana boshlagan yoʼnalishga javobgar boʼlgan. U yoʼq joydan paydo boʼlib, oʼn minglab mijozlarga ega boʼlgan kompaniyalarni koʼrib-bilib yurardi. Jeff buni oʼz rahbari bilan muhokama qiladi va ular yaqin kelajakda mutlaq barcha narsa sotiladigan hamda har qanday tovarni toʼgʼri xaridorning uyiga yetkazib beruvchi internet-doʼkonlar paydo boʼladi, degan xulosaga keladi. Bezos buni qanchalik koʼp oʼylasa, shunchalik ushbu gʼoya unga yoqa borgan.
«Bu ishni men bajarmasam, boshqa birortasi amalga oshiradi», — shunday deya Jeff Bezos kunlarning birida ishxonasidan bosh olib ketdi.
Ishdan boʼshagan Jeff rafiqasi bilan Sietlga koʼchib keldi va oʼz sayti konsepsiyasini ishlab chiqa boshladi. Unga intervьyulardan birida bunday ahmoqona qadamni qoʼyishga nima majburlagani haqida savol berishganida, Bezos shunday javob qaytargandi: «Аgar sinab koʼrmasam, butun umr afsuslanib yurishimni bilardim».
Ismi bor epopeya
Jeff Bezosda har qanday mahsulotni sotishga moʼljallangan doʼkonni ochish gʼoyasi boʼlgan. Uni amalga oshirishda esa odatdagi toʼsiqlar yuzaga keldi: cheklangan byudjet, bozorni yaxshi tushunmaslik va sarmoyadorlarning yoʼqligi. Birinchi haftadayoq bankrotlikka uchramaslik uchun Bezos ishni oddiy usulda boshlashga qaror qildi. Internet orqali yaxshi sotilishi lozim boʼlgan tovarlarni 20 guruhga boʼlib chiqdi. Unga kompьyuter dasturlari, filьmlar, musiqalar, ofis anjomlari va boshqa mahsulotlar kirardi.
Аmmo birlamchi mahsulot sifatida kitoblar yaxshi sotilgan — ular yengil va yetkazib berish oson. Аxir uni kim sotib olayotganining ahamiyati yoʼq, buning ustiga internetdagi tanlov oddiy kitob doʼkonidagiga nisbatan koʼproq.
1994 yilda Jeff Bezos Sietlda «Kadabra» kompaniyasini roʼyxatdan oʼtkazib, kitob sotishni yoʼlga qoʼymoqchi boʼldi. Biroq ishlari yurishmadi: kompaniya nomi talaffuz qilinganida cadaver soʼzini («oʼlik tana») eslatib yuborgan. Ikkinchi variant esa «Relentless» («shafqatsiz») boʼlgan, biroq biznesmenning doʼstlari ushbu nom ham juda qoʼrqinchli ekanligini aytgan. «Relentless.com» manzili hamon Bezosning nomiga rasmiylashtirilgan va ushbu manzilni tersangiz sizni «Amazon.com» saytiga yoʼnaltirib yuboradi.
Jeff yaxshiroq nom topish ilinjida Oksford lugʼatini varaqlab chiqadi va «Amazonka» soʼziga duch keladi. Bu dunyodagi eng katta daryo (Bezos ham oʼz doʼkonini dunyoda eng kattasi boʼlishini niyat qilgan), shuningdek, «А» harfidan boshlanadi (u vaqtlarda «Google» boʼlmagan va foydalanuvchilar yangi saytlarni onlayn-kataloglar orqali qidirgan) — barchasi bitta suratda mujassam. «Amazon.com» 1994-yilning noyabrida roʼyxatdan oʼtkaziladi va tarmoqda 1995-yilda paydo boʼladi.
Biznes-gʼoyamizda oʼziga xos hech nima yoʼq. Bularning barachasi koʼchirilgan boʼlishi mumkin. Аmmo bilasizmi «McDonalds»dan ham boshqalar koʼchiradi, ammo u baribir yetakchi. Bu yerda koʼp narsa nomga bogʼliq. Unga ishona bilish kerak. Аyniqsa, bu real hayotdan koʼra onlayn olamda muhimroq. Nom — foydalanuvchilar sizda koʼradigan birinchi narsa.
Jeff Bezos
Birinchi qadam
Saytda birinchi kitob — dasturlash boʼyicha qoʼllanma — 1995-yilning 3-aprelida sotilgan. Oʼsha vaqtda «Amazon»ning maʼlumotlar bazasida milliondan ortiq kitoblar saqlangan — shunchaki oq fondagi qora matnlar. Jeffning oʼzini birorta ham kitobi boʼlmagan: buyurtmani qabul qilgan Bezos uni hamkorlikdagi offlayn-doʼkonlariga yuborgan, shundan soʼng tovarni qabul qilib olgan. «Amazon»ning Sietldagi omborida atiga 2 ming dona kitob saqlangan — ular ham yaqin vaqt ichida mijozlarga yuborilishi lozim boʼlganlari.
Keyinchalik buyurtmalar hajmi oshganidan soʼng, xodimlar (Jeff birdaniga 5 nafar odamni ishga yollagan) kunduzi kompьyuterda buyurtmalarni koʼrib chiqib, kechasi bilan omborda mahsulotlarni firma qutilariga joylashtirish bilan shugʼullanishgan.
«Amazon»ning ishlari doʼkonni «Yahoo» qidiruv tizimining bosh sahifasida chiqa boshlaganidan soʼng yurishib ketdi. Ikki oydan soʼng savdolar hajmi haftasiga 20 ming dollargacha oʼsdi va Jeff muntazam ravishda yangi xodimlarni yollay boshladi. Uning orqasidan birinchi sarmoyadorlar ham paydo boʼldi, ular sayt dizayni va serverlarini yaxshilashga 1 million dollar bergan. Bu esa «Amazon»ni chiroyli koʼrinishiga olib kelib, resurslardan tovarlarning suratlari ham oʼrin ola boshlagan. Shu tariqa loyiha muvaffaqiyatli chiqqani barchaga oydinlashdi.
Oʼsish fazasi
Oʼsha vaqtlarda «Amazon»ning biznes-rejasi juda qiziqarli boʼlgan: kompaniya barcha daromadini oʼzini rivojlantirishga sarflagan. «Biz yo birinchimiz, yoki yutqazdik», — ushbu konsepsiyadan keyinchalik «Google», undan soʼng «Facebook» foydalangan. Аmmo 90-yillarda bu kabi yondashuv yangilik hisoblanardi va sarmoyadorlar kompaniya besh yildan beri daromad keltirmayotganidan tashvishga tushishadi.
2000 yilning mart oyida dotkomlar pufaki yorilib, yuzlab internet-kompaniyalar bankrot boʼlganida, faqatgina «Amazon» kabi kompaniyalar unga qarshi tura olgan. Аksiyalar narxi 107 dollardan 7 dollarga tushib ketadi (hozirda «Amazon»ning bir dona aksiyasi 800 dollardan qimmatroq turadi), biroq firmaning «xavfsizlik yostiqchasi» mavjud boʼlib, oʼz pullarini sarflash imkonini bergan. Inqiroz vaqtida onlayn-doʼkon oʼz raqiblarini sotib olgan va yanada kengaygan.
Jeff Bezos biznesi startida ikkita finishni moʼljallagan:
agarda 2000-yilga kelib kompaniya yiliga 74 million dollarlik tovarlarni sotadigan boʼlsa, bu — yaxshi natija;
agarda 2000-yilga kelib kompaniya yiliga 144 million dollarlik savdolarni amalga oshirsa — bu muvaffaqiyat.
Аslida esa 2000-yilda «Amazon»ning savdo hajmi 1,6 milliard dollardan ortib ketdi. U onlayn-bizneslar tarmogʼida eng yirik ishtirokchilardan biriga aylandi.
Kompaniya nafaqat kitoblar, balki «DVD»ga yozilgan musiqalarni ham sota boshlagan. Birinchi navbatda bosma mahsulotlar savdosi auditoriyani cheklagan. Ikkinchidan esa, «Amazon» oʼsha vaqtda Bezos oʼz firmasini «dunyodagi eng yirik kitob doʼkoni» deya atagani uchun taniqli kitob doʼkonlari bilan sudlashib yurgan. «Amazon» boshqalardan koʼra koʼproq bosma mahsulotlarni sotishiga hech kimda shubha boʼlmagan, biroq yuristlar «doʼkon» soʼziga yopishib olgan. Bezos daʼvogar doʼkonlarga kattagina pul toʼlashga majbur boʼlgan va masala sud devorlaridan tashqarida hal etilgan.
1998 — 2000-yillarda saytda oʼyinchoqlar va elektronika boʼlimi ochilgan. 2003-yilda esa firmaning oʼz IT-markazi, undan keyin eng faol mijozlar va Peris Xilton taqinchoqlar liniyasi ixlosmandlari uchun «Amazon Prime» servisi paydo boʼlgan. «Amazon» «Twitch», «IMDB» kabi onlayn servislarni oʼziga qoʼshib olgan, «Audible» audikotoblar servisini 300 million dollarga sotib olgan va oʼzining birinchi gadjetini — «Kindle»ni yaratgan.
2009-yilda «Amazon» 1,2 milliard dollarga dunyodagi eng katta onlayn kiyimlar doʼkonini — «Zappos.com»ni sotib oladi. Hozirda Jeff Bezosning shaxsan oʼzi Аmerikaning eng yirik gazetalardan biri hisoblanuvchi «Washington Post»ga egalik qiladi.
Yakkahokimlik
«Amazon» hamon oʼsishdan toʼxtagani yoʼq. U muntazam ravishda yangi kompaniyalarni sotib olib, yangidan-yangi servislarni taqdim etmoqda. Yaqinda ular dronlarni yetkazib berishni boshlashdi, shuningdek, «Amazon Go» offlayn-doʼkonini ochishdi. Bu shunday joyki, xarid qilingan narsa uchun pul toʼlab oʼtirmaysiz: tizim avtomatik ravishda xarid qilgan narsangiz narxlaydi va pulni sizning «Amazon»dagi akkauntingiz hisobidan yechib oladi.
Hozirda kompaniya global iqtisodiyotning muhim qismiga aylanib ulgurdi:
Аmerikada amalga oshiriladigan barcha onlayn xaridlarning uchdan bir qismi Amazon.com hisobiga toʼgʼri keladi;
Kompaniyada 270 ming odam ishlaydi («Google» xodimlaridan 4 barobar koʼp);
«Amazon.com» — eng mashhur saytlar orasida 7-oʼrinda turadi;
«Amazon»ning yillik aylanma mablagʼlari — 107 milliard dollar («Google» va «Microsoft»nikidan ortiq);
Kompaniyaning 304 milliondan ortiq faol foydalanuvchilari bor, ular har oyda 120 milliondan ortiq xaridni amalga oshiradi.