Eng kamtar prezident.

Eng kamtar prezident.


Urugvayning 2010-2015 yillardagi sobiq prezidenti Xose Muxika o‘ta kamtarona hayot kechirishi bilan nom qozongan. U prezidentlik maoshi bo‘lgan 12 500 AQSh dollardan o‘n foizi – 1250 dollarni o‘z tirikchiligi uchun olib qolib, qolganini xayriya va ijtimoiy loyihalar uchun sarflagan. Prezidentligi davomida eng katta xaridi 1495 dollarlik eski «Folksvagen Qo‘ng‘iz» avtomobili bo‘lgan.


Davlat rahbari bo‘lishiga qaramay, prezidentlik saroylaridan voz kechib, poytaxt yaqinidagi eski fermada yashagan.Shuningdek, u besh yil prezidentligi davomida qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan Urugvayni energiya eksport qiluvchi mamlakatga aylantirdi, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni oshirdi, davlat qarzini kamaytirib, qashshoqlik darajasini qisqartirdi.