Hijomaning foydasi:
Hijomaning kadimda ham, hozirda ham, juda ko’p hastaliklardan davolanishda sezilarli foydasi bor ekanligini amalda tajriba bilan ko’rilganligi sir emas.
Qujidagilar Hijoma amaliy ravishda qo’llanib, Alloh Taoloning izni bilan foydasi kuzatilgan hastaliklardir.
1 – Qon aylanish organlaridagi hastalik.
2 – Qon bosimi, yurak hastaliklari.
3 – Ko’krak og’rig’i, nafas qisishi.
4 – Bosh va ko’z og’riqlari.
5 – Bo’yindagi, qorin bo’shlig’idagi og’riqlar hamda muskullardagi bod (rematizm) kasalliklari.
6 – Ba’zi turdagi yurak, ko’krak hastaliklari hamda bo’g’inlardagi og’riqlar va hokazo…
Yana bir tomoni shundaki, ba’zi holatlarda Hijomaga atrofdan boshqa narsalar (dori-darmonlar) qo’shimcha qilinmagan holatda ham, u yolg’iz o’zi ham juda foydali bo’lib, og’riqni yengillashtiradi.
Hijomaning fojdalari haqida ko’proq ma’lumot olish uchun Ibn al-Kayyimning «Zodul-Ma’od»?, Ibrohim al-Hoziymiyning «Hijomaning hukm va fojdalari» nomli kitoblariga murojaat etilsin.
Hijomaning tariqasi:
Shoxdan yasalgan Hijoma asbobini badanning qon olinishi kerak bo’lgan joyiga o’rnashtirib, uning ingichka tomonidan ochib qo’ilgan kichkina teshikcha orqali ichidagi havoni so’rib olinib, teshikchani saqich (jachka) kabi yopishqoq narsa bilan to’sib qo’yiladi. Agar shox o’rniga zamonaviy banka ishlatilsa, u holda spirt, paxta, qog’oz parchasi yoki shu kabi biror narsani banka ichida yoqib havodan holi qilib, qon olinadigan o’ringa yopishtirib o’rnatiladi (Agar Hijoma uchun mahsus tayyorlangan moslama topilsa, u juda qulay). Uch daqiqadan to o’n daqiqagacha (shox ham huddi shunday) haligi o’ringa yopishib o’rnab turadi. Keyin uni ko’chirib olib, u joyni keskir (ustara, lezviya) kabi narsa bilan ohista mayda-mayda tilinadi. Keyin yuqoridagi ravishda bankani (yoki shoxni) haligi o’ringa qaytadan yopishtirib o’rnatiladi. Kuzatib turilsa, bir oz muddatda banka (yoki shox) buzilgan – aynigan qon bilan to’la bo’ladi. (Agar ehtiyoj sezilsa, shu ishni yana bir marta takrorlash mumkin). Kifoya qilarlik darajada buzilgan qonni chiqarib olingach bankani (yoki shoxni) ko’tarib olinadi. Jarohatlangan o’ringa paxta kujdirib, yoki shu kabi qonni to’xtatadigan biror tibbiy dori qo’yiladi.
Ko’proq ma’lumot olish uchun, doktor: Nizomiy al-Kabboniyning «Mayda jarrohlik» haqidagi bahsiga murojaat etilsin! Hijomani bilgan, tajribalik kishi ya’ni, hajjomlik malakasiga ega bo’lgan shaxs qilmoqligi shartdir!
Hijoma qilish vaqti:
Imom Termiziy Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhumodan rivoyat qilgan hadisda rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Sizlar hijoma qiladigan kunlaringizning eng yaxshisi 17, 19 va 21-kunlardir» (bu kunlar hijrij-kamariy hisobdagi oylar kunlaridir).
Anas ibn Molik raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Kimki hijoma qilmoqchi bo’lsa 17, 19 va 21- kunlarni tanlasin, sizlardan birortangizning qoni oshib ketib uni o’ldirib qo’ymasin» (ya’ni, agar birortangizning qoni suyulib, oshib ketsa qaysi kunda bo’lsa ham hijoma qilaversin. Bu izoh Ibnul Qoyyimning «Zodul-Ma’od» kitobidan olindi) Ibn Moja rivoyati.
Imom Ibn Moja Ibn Umar raziyallohu anhumodan rivoyat qilgan hadisda rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Och qoringa (ertalabda) qilingan hijoma yaxshiroqdir. Unda shifo va baraka bor, aql va zehnni oshiradi. Allohning barakasi bilan payshanba kuni hijoma qilinglar. Chorshanba, juma, shanba va yakshanba kunlari hijomadan saqlaninglar. Dushanba va seshanba kunlari hijoma qilinglar, u Alloh Ayyubni musibatdan halos qilgan kun, unga musibatni chorshanba kuni yuborgandi. Mohov va pes chorshanba kuni yoki chorshanbaga o’tar kechasi pajdo bo’ladi». Imom Ibnul Qoyyim «Zodul-Ma’od» kitobida aytadilar: «Hadislarda mazkur 17,19 va 21- kunlar oyning ikkinchi yarmiga to’g’ri kelmoqda bu tabiblar ittifoq qilgan muddatga muvofiqdir. Bu hijoma uchun eng munosib vaqtga dalolat qiladi, holos. Agar kishi qaysidir sababga ko’ra badanidan qon oldirishga ehtiyoj sezsa qaysi kunda bo’lsa ham hijoma qilsa bo’laveradi». (Zodul Ma’od» 674 bet)
Hulosa:
Yuqorida aytib o’tganlarimizdan ma’lum bo’ladiki, hijoma ba’zi bir nodon odamlar o’ylaganidek foydasiz ish bo’lmay balki, qadim zamonlardan beri Hakimlar tomonidan tasdiqlangan juda ham fojdali tibbiy bir amaliyotdir. Bizlarga ota-onalarimizdan ham ko’ra mehribonroq bo’lgan Paygambarimiz sollallohu alayhi va sallam bizlarni bu ishga targ’ib qilib, o’zlari ham amalda qo’llaganlarini hisobga olgan holda, sizu biz musulmonlar bu manfaatlik ishdan foydalanmog’imiz darkor. Juda ko’p ulamolar hijomani amalda qo’llab, unga sunnat kabi amal qilib, bu borada kitoblar taklif etganlar. Sizu biz musulmonlarga mana shuning o’zi kifoyadir. Manba: (Tib va shifo)