Gijja alomatlari qanday?

❓Gijja alomatlari qanday?

Parazitlarning invaziyasida kuzatiladigan simptomlar uning turi, tuxumlari miqdori va bolaninig kurashish qobiliyatiga bog‘liq. Simptomatik sur’at har xil ko‘rinishda keladi. Agar bola parazit chuvalchang tuxumlarining ko‘p miqdorda zararlansa, umumiy ahvolning yomonlashishi bir necha sutkalarda yuzaga keladi. Boshqa holatlarda simptomlar bir necha haftalar va oylarda ko‘rinadi. Bolaning immuniteti ham katta rol o‘ynaydi, organizm parazitlarning ko‘payishini to‘xtatib turishi ham mumkin, lekin ma’lum vaqt o‘tib organizm susayganda parazitlar yuzaga chiqib, og‘ir muammolarga olib kelishi mumkin.


🤮🤒😰Birlamchi belgi bu zaharlanish (intoksikatsiya)dir. Parazitlar hayot davomida katta miqdorda toksinlar ajratib turishi, bolada oqsil, yog‘, uglevod va vitaminlar yetishmovchiligiga olib keladi.


✅Bolada gijja bo‘lsa, quyidagi belgilar kuzatiladi:

😰Ozib ketish, teri rangining rangparligi, holsizlik, bosh aylanishi;

🤒Tana haroratininig ko‘tarilishi;

🤕Bosh og‘rig‘i, uyquning buzilishi va kayfiyatning o‘zgarishi.

🤢Ichaklar tomonidan – ich qotishi, ich ketishi, qorin dam bo‘lishi va og‘riqlar, ko‘ngil aynashi va qayt qilish, qorin sohasining ba’zi joylarida og‘riq sezish;

🤧😪Allergik holatlar – qichishish, toshmalar, yo‘tal, nafas a’zolari shilliq qavati yallig‘lanishlari;

😵‍💫Immunitetning susayishi natijasida boshqa infeksion kasalliklar bilan kasallanish.

Bu umumiy simptomlar enteribioz va askarida uchun ham xos.


📌Ostritsa uchun spetsifik simptomlar:

⚠️Orqa chiqaruv teshigi atrofi tunda, urg‘ochi gijja tuxum qo‘yish uchun teri atrofiga kelishi paytida, qichishishi;

Teri qichishishi natijasida qo‘l bilan qichish va u natijasida yaralar paydo bo‘lishi;

Qiz bolalarda jinsiy a’zolarida yallig‘lanish jarayonlari kuzatilishi;


📌Askarida bilan zararlanishning spetsifik belgilari

😪Quruq yo‘tal, bronxit belgilari, o‘pka yallig‘lanishi, plevrit;

Parenximatoz a’zolar va limfa tugunlarining kattalashishi;

Bu belgilar askaridaing rivojlanish siklidagi migratsiyasi tufayli kelib chiqadi, u o‘pka, jigar, yurak kabi organlarga migratsiya qiladi. Ularning “sayohati” 3 oygacha davom etadi, so‘ng ular yutinish yo‘li bilan ichaklarga tushadi va umumiy belgilar namoyon bo‘ladi.


@BOLALARSHIFOKORI1