Motor moyini almashtirish

Hozir Oʼzbekistonda jazirama issiq oʼzining eng yuqori pallasiga koʼtarilmoqda va albatta, mashinangiz uchun qaysi moy eng yaxshi ekanligi haqida oʼylasangiz arziydi.



Eng avvalo, SAE koʼrsatkichlari qanchalik yuqori boʼlsa, moyning yopishqoqligi ham shunchalik yuqori boʼlishini hisobga olish kerak.



Qishki moylar SAE 0 dan 25 gacha turkumlanadi: SAE 0W, 5W, 10W, 15W, 20W, 25W, bunda “W” belgisi Winter-Qish degan maʼnoni anglatadi.



Yozgi moylar uchun SAE koʼrsatkichlari 20 dan 60 gachani, barcha mavsum moylari uchun esa indeksi SAE 0W-20 – 0W-40, 5W-20 – 5W-50, 10W-20 – 10W-40, 20W-50 va boshqalardan iborat boʼladi.



Shuni esda tutish kerakki, W harfidan oldin qiymat qanchalik past boʼlsa, past haroratda moyning yopishqoqligi ham kam boʼladi.



Bizning jazirama issiq iqlimli mintaqamiz uchun yoz fasli uchun quyuq moy koʼproq mos keladi, moy hatto +45 daraja haroratda ham samarali boʼlib qoladi. SAE 40 yoki 50 moyi afzalroq, biroq barcha mavsumlar uchun moylar, masalan, 5w40 moyi tanlovida toʼxtash ham mumkin.



Moyning yangi turiga oʼtish toʼgʼrisida qaror qabul qilishdan avval avtoishlab chiqaruvchi tavsiyalarini oʼrganib chiqish zarur.

manba:avtoolam.uz