Ayol borki olam munavvar, ular bilan hayotimiz go’zal, kunimiz mazmunli. Ayolni go’zallik timsoli deymiz, chehrasini to’lin oyga, sochlarini majnuntolga, qoshlarini kamonu, ko’zlarini oxuga o’xshatamiz.
Xayolimizdagi moxitabonni uchratib, uning ishqida yonamiz, Shirin bo’lsa Farhod, Layli bo’lsa Majnun kabi bosh egamiz. Ko’nglini olish uchun har narsaga hozir turamiz. Ayniqsa qiz bola bilan birinchi uchrashuv oldidan o’g’il bolalar elkasiga dunyoning tashvishi yopirilib tushadi. Nima deyman, qaerga taklif qilaman, qanday aytaman? kabi savollarga javob topolmay tunni tongga ulaydi. Aslida, buning qiyin joyi yo’q. Quyidagi maslahatlarga amal qilsangiz, ilk uchrashuvda omad siz tomonda bo’ladi.
Uchrashuvni eslatib qo’ying. Uchrashuvga chiqish oldidan qiz tanishingizga qo’ng’iroq qilib, bugun ko’rishishingiz haqida eslatib qo’ying va uni sabrsizlik bilan kutayotganingizga shama qiling.
Ust-boshingizni tartibga keltiring. Uchrashuv oldidan yuvinib, soch-soqolni tartibga keltirib, yoqimli iforlardan sepish kerakligini eslatishning hojati bo’lmasa kerak. Shuningdek, uchrashuv joyi va rejalashtirgan ishlaringizga qarab kiyinishga harakat qiling. Harholda, istirohat bog’iga borib,atraksionda uchish uchun kostyum-shim bilan bo’yinbog’ taqmasangiz kerak?!
Kechikmang. O’ndan ko’ra, belgilangan vaqtdan biroz ertaroq kelganingiz ma’qul.
Suhbat uchun mos mavzu o’ylang . Birinchi uchrashuvda hamrohingizga qiziq bo’lgan mavzulardan gap ochishga harakat qiling. Ba’zi yigitlaro’zlarini maqtashga tushib ketishadi. Yaxshisi, qiz bolani gapirtirishga, u yoki bu narsa haqida fikr bildirishga «majbur” qiling. Shu bahona uning ichki dunyosini bilib olishga imkoniyat tug’iladi. Balki, shunda ikkinchi marta ko’rishishga hojat qolmas(!)
Qaerga taklif qilish kerak? Birinchi uchrashuv uchun o’zingiz yaxshi bilgan va sinagan birorta qahvaxona yoki restoranga taklif qilish maqsadga muvofiq. Bu erda begona joyga qaraganda o’zingizni bir muncha erkin his qilishingiz aniq. Ba’zilar, iliq taasurot qoldirish maqsadida, qiz bolani dabdabali, qimmat restoranlarga taklif qilishadi. Bo’lishi mumkin, lekin birinchi uchrashuvda emas.
Ziyrak bo’ling . Eshikni ochib berish, stulni surib berish, yoqimli ishtaha tilash kabilar esdan chiqmasin. Hushmuomalalik aosiy qurolingiz bo’lsin. Keraksiz kulgu, baland ovozda gapirish, atrofdagilarga qo’pol munosabatda bo’lish bilan qiz bolada yaxshi taasurot qoldirmaysiz.
Telefonni o’chirib qo’ying . Uchrashuv davomida bir-biringizdan chalg’imaslikka harakat qiling. Telefonning tez-tez jiringlashi va har-xil tanishlar bilan uzoq suhbatlashaverish, nafaqat qizbolaga balki har qanday suhbatdoshga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi.
E’tiborli bo’ling . Uyalish, tortinish, ko’zga tik qaramaslik qiz bolalarga hos xususiyat. Lekin erkak kishining haddan ziyod tortinchoqligi pand berib qo’yishi mumkin. Agar qiz bola bilan ro’parama-ro’para gaplashib o’tirishdan uyalsangiz, uni kafega emas, balki shunchaki sayrga taklif qiling. Chunki, ko’cha-kuyda birinchidan ko’zni olib qochishga imkon bor, ikkinchidan suxbatga ham mavzutopsa bo’ladi. Agar muzqaymoy olib bersangiz, ancha vaqtgacha jim ketish mumkin (hazil).
Suhbatdoshingizni eshitishga harakat qiling. Qoidaga ko’ra, uchrashuv paytida qiz bola kamgap bo’ladi. Agar yurak yutibnimanidir batafsil tushuntirishga urinayotgan bo’lsa, uni e’tibor bilan tinglang va unga juda qiziqayotganingiz yuz qiyofangizdan sezilib tursin. Iloji bo’lsa, bir-ikkita savol ham bering.
Me’yor. Agar qarshingizdagi qiz ko’nglingizga o’tirgan bo’lsa,uchrashuv vaqtini cho’zib yubormang. Birinchi tanishuv uchun bir, bir yarim, juda bo’lmas ikki soat etadi. Bundanortig’i zararingizga ishlashi mumkin. Qancha ko’p muloqot qilsangiz, shuncha ko’p xatoga yo’l qo’yish extimoli bor. O’z navbatida bir soatdan oldin xayrlashish ham to’g’ri emas. Qizbola buni noto’g’ri tushunishi va yoqmadim, degan xayolga borishi mumkin.
Manba: ellikkala.uz