Javobsiz sevgi

 “Hayot uni sevish uchun berilgan” degan maqolni hech eshitganmisiz? Sevgi esa uni qadrlash uchun. Hozir aynan sevgi haqida emas, balki javobsiz sevgi haqida suhbatlashamiz. Qo’pol qilib aytganda biz hayotda javobsiz holatda ham yashaymiz. Har doim nimagadir umid qilamiz, nimanidir kutib yashaymiz.


Javobsiz sevgi


 Javob topish maqsadida uning bizni sevgi izhorimizga nisbatan oddiygina ko’zini olib qochishi emas, balki aniq tarzda “ha” deb javob berishini xohlaymiz.

Bir insonni sevib qolganimizdan so’ng, uning oxir – oqibat “men sizni sevaman” deya javob berishiga umid qilib yashaymiz. Bunday javobsiz sevgi qiynoqlari inson miyasini xuddi kishanlab olgandek, sevimli insonning xotiralarisiz hayotning mazmuni yo’qdek bo’lib ko’rinadi.

Bundan qutulishning birdan – bir va hammaga ma’lum yo’li – unutishdir. Avvalo o’tmishdagi  bo’lgan xafagarchilik, g’am – g’ussani unutish, yurakni ochish, ishonchsizlik dunyosini tark etish, irodali bo’lishga tirishish lozim..

Sevgi ikki taraflama rozilik bilan vujudga keladigan xissiyot. Bir taraflama sevgi esa hech qachon baxt olib kelmagan.


 Sirtdan baxtli ko’rinishlari mumkin, ammo qalb amridan kechib, yo uni o’zgartirib bo’lmaydi.

Internet ma’lumotlari asosida Ergashev Mirmuhammad tomonidan Gooper.uz uchun maxsus tayyorlandi.