Tomoq ogʼriganda

Tomoq ogʼriganda

Yozda muzqaymoq va salqin ichimliklar koʼp isteʼmol qilinadi. Natijada tomoq ogʼrigʼi tez-tez kuzatiladi. Uni xalqona malhamlar bilan davolash ham yaxshi samara beradi.


Muolaja: teng miqdorda un, xantal va asalni aralashtirib, xamir holiga keltirasiz. Uni tomoqqa qoʼyib, ustidan sochiq bilan oʼraysiz. Bunday muolajani 2-3 kun davomida uyquga yotishdan oldin qilish mumkin.

Аnjirli malham. Bir nechta anjir qoqini yoki oʼzini 200 gr. sutda qaynatib ichish ham tomoqni yumshatib, balgʼam ajralishiga yordam beradi.

Kartoshkali ingalyatsiya. Samarali va foydali usullardan yana biri ingalyatsiya boʼlib, uni toʼgʼri bajarsangiz, tomoq ogʼrigʼidan tez xalos boʼlasiz. Idishga suv solib, ikki dona kartoshka parrak qilib kesiladi va shu suvda qaynatiladi. Qaynab chiqqach, unga 1 osh qoshiq ichimlik sodasidan solib, ogʼiz orqali nafas olinadi. Ingalyatsiya uchun harorat 80-90 daraja boʼlishi lozim, bundan issiq bugʼda tomogʼingiz kuyishi mumkin.

Yodingizda boʼlsin! Hiqildoq, tomoq, nafas yoʼllari, bronxlarni davolash uchun ogʼiz orqali nafas olib, 2 soniyadan soʼnggina uni chiqarish foydali. Tumovda esa burundan nafas olgan maqsadga muvofiq. Ingalyatsiyadan soʼng bir soat davomida ichimlik ichish, ovqatlanish va chekish harakatlaringizning samarasini kesadi.

Sedanali damlamalar ham tomoq ogʼrigʼida yaxshi foyda beradi. Аyniqsa, immun tizimini himoyalovchi mahsulot sifatida sedana moyini salatlarga qoʼshib, tanovul qilish ham tezroq sogʼayib ketishingizni taʼminlaydi.

Turpli malham. Kechqurun 1 dona turpning ichini oʼyib, 1 osh qoshiq asal solib qoʼying. Saharda va kun davomida hosil boʼlgan sharbatni ovqatlanishdan yarim soat oldin bir osh qoshiqdan ichsangiz, tezda shifo topasiz.