Qizlik pardasini tekshirish ekspertizasi

Qizlik pardasi mavjudligini, bokiralikni aniqlash va tekshirish— axloqsiz harakatlarda ayblanish, zo’rlash yoki zo’rlashga harakat qilish ishlarini tergov qilish, ba’zan esa tuhmat, haqorat qilish, adolatsiz ravishda boshqa kishi bilan nikohsiz yashashda ayblanishda talab etilishi mumkin bo’lgan ekspertiza.

Qizlik pardasini tekshirish faqat sud yoki dastlabki tergov organlari ko’rsatmasi bo’yicha amalga oshiriladi. Bunday ekspertiza alohida kishilarning iltimosiga binoan amalga oshirilmaydi.



Ma’lumot

Bokiralikning (lot.virgo intacta) — ya’ni, qiz yoki ayol hali jinsiy yaqinlikda bo’lmaganligining asosiy ko’rsatkichi — qizlik pardasining yaxlitligi hisoblanadi.


Defloratsiya(lot. de «olib tashlash, bartaraf etish» + flos, floris «gul, yoshlik, bokiralik») — bokiralik pardasi yaxlitligining buzilishi jarayoni. Birinchi jinsiy aloqa vaqtida odatda qizlik pardasining yirtilishi sodir bo’ladi, bu og’riq va qon ketish (har doim ham emas) bilan birga kechadi.


Qizlik pardasi tuzilishi

Qizlik pardasi(yun.hymen) — qin shilliq qavati, birikitiruvchi to’qimalar va mushak tolalari, tomirlar va nervlardan tashkil topgan to’qima qatlami bo’lib, qin dahlizi (lot.vestibulum vaginae) va uning bo’shlig’i oralig’ida joylashgan bo’ladi va unga kirishni cheklaydi.

Bokiralik pardasining asosi, erkin chetlari (buning hisobiga teshik hosil bo’ladi), vaginal (yuqori) va tashqi (pastki) sirtlari ajratiladi. Parda turli qalinlik, mustahkamlik, konsistentsiya va cho’ziluvchanlik darajasiga ega bo’lishi mumkin. Kengligi asosidan erkin chetigacha bo’lgan masofa (0,2-0,3 sm dan 1-1,5 sm gacha) bo’yicha aniqlanadi, pardaning o’lchamlari va teshigi o’zgaruvchan.

Ba’zida qizlik pardasi juda past joylashadi, qin shilliq qavatining kichik bir qismi bilan ifodalanadi. Gimen ayol uzoq vaqt davomida jinsiy aloqada bo’lmasa, ba’zan dastlabki shaklga qaytishi ham mumkin. Bundan tashqari, ayrim hollarda, u tug’ma ravishda butunlay yo’q bo’ladi, bu esa ekspertizani murakkablashtiradi.

Qizlik pardasining shakllari juda xilma-xildir, lekin ko’pincha teshikning lokalizatsiyasi bilan belgilanadigan ikki asosiy shakli farqlanadi:

Teshikning markaziy joylashuvidahalqasimonyokisirkulyar;

Teshik ekstsentrik joylashganda (ko’pincha yuqori qismda, siydik chiqarish teshigiga yaqinroq) yarim oy yoki o’roq shaklida.

Pardaning erkin cheti tekis va silliq bo’lishi mumkin, lekin ba’zan unda tabiiy botiqliklar aniqlanadi. Ularning soniga va chuqurligiga qarab, gimen tishsimon yoki popukli (botiqliklar ko’p, biroq ularning chuqurligi ahamiyatsiz), bo’laksimon, yaproqsimon (botiqchalar gimenning o’rtasigacha yoki undan chuqurroqqa yaqinlashganda) kabi ko’rinish oladi.


Qizlik pardasi mavjudligini qanday tekshirish usullari mavjud?


Bokiralikni o’rnatishda ekspertiza tegishli davlatning sud organlari tomonidan qabul qilingan qoidalar talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Ko’rikdan o’tkazilayotgan shaxsning umumiy ko’rik va jinsiy a’zolarni tekshirishga qo’shimcha ravishda, qizlik pardasini o’rganishga alohida e’tibor berilishi kerak.

Tekshiruvni ginekologik kresloda, yaxshisi, yordamchi bilan (ikki mutaxassis) o’tkazish kerak, chunki:

Ba’zi kishilar uchun gimenni o’rganish muayyan qiyinchiliklar tug’diradi;

Mutaxassisga ortiqcha ayblov va shikoyatlar tushishi mumkin;

Ba’zan esa aynan mazkur shaxs tekshirilganini tasdiqlash kerak bo’lishi mumkin, chunki amalda tekshiruvdan o’tayotgan shaxsning o’rniga boshqa shaxs tekshiruvga kelishi holatlari ham uchrab turadi.


Ginekolog tekshiruvi


Ikkala qo’lning bosh va ko’rsatkich barmoqlari bilan doka parchalari yordamida katta jinsiy lablar qatlam qilib olinadi va ikki yonga va biroz yuqoriga tortiladi. Bu holatda cho’zilgan qizlik pardasini ko’rish imkoni ochiladi va u yaxshi ko’rinadi. Qizlik pardasining barcha tuzilmaviy xususiyatlariga e’tibor beriladi — uning tashqi ko’rinishi, shakli, kengligi, qalinligi aniqlanadi, keyin uning erkin chetlari tekshirib chiqiladi.

Pardani yaxshiroq o’rganish uchun uning teshigiga shisha plastinkacha yoki tayoqcha kiritiladi, bunda pardaning chetlari tarqaladi va o’rganish uchun qulayroq bo’ladi. Tekshiruv davomida botiqliklar, notekisliklar, bo’rtmalar, qalinlashgan sohalar, chetlarining xususiyatlari, rangi (to’qima yirtilishidan keyin chandiqlangan bolsa, oq kiritmalar aniqlanadi, bo’lmasa uning rangi bir tekis bo’ladi) qayd qilinadi.

Bundan tashqari, lupa yoki operatsion mikroskopdan foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, gimenning teshigi — uning hajmi, shakli va boshqa xususiyatlarini tasvirlab beriladi. Teshik kichik diametridan 2-2,5 sm gacha bo’lishi mumkin. Teshikning kattaligi maxsus asbob —gimenometryordamida o’lchanadi.

Qizlik pardasini tekshirganda, teshikka ehtiyotkorlik bilan barmoqni kiritishga harakat qilinadi, bunda dastavval jimjimaloq kiritiladi. Kichkina barmoq erkin o’tsa, unda ko’rsatkich barmoq kiritiladi. Pardaning cho’ziluvchanligi yaxshi bo’lsa, ikkita barmoqni kiritishga urinish qilinadi,ammo faqatgina tirnoq falangasi(eng yuqori bukilmasi).

Bunday manipulyatsiyalar davomida ilgari jinsiy aloqada bo’lmagan ayollarda barmoq qisqarish halqasini his qiladi. Bokiralik pardasi yaxlit bo’lsa, qoplash seziladi, va u shu darajada ifodalanadiki, agar barmoqlarni chuqurroq kiritishga harakat qilinsa, ortiqcha cho’zilish tufayli parda yirtilib ketishi mumkin. Shu sababli barmoqni (yoki ikki barmoqning tirnoq falangasini) kiritish juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak, uy sharoitida bunday tekshiruvlarni o’tkazish oqibati ayanchli bo’lishi mumkin.

Qizlik pardasi tanasidagi oldingi yirtilishlardan qolgan botiqliklarni tabiiy botiqlardan ajratish doim ham oson ish emas. Bu lupa yoki boshqa kattalashtirish usulini qo’llash orqali batafsil o’rganishni talab qiladi. Darhaqiqat, yagona ishonchli belgi — aniqlangan nuqsonlar chetlarining xususiyati bo’ladi:

Tabiiy botiqlikda, shilliq qavatining chetida rang o’zgarmaydi, atrofdagi to’qima bilan bir xil bo’ladi.

Oldingi yirtilish joyida esa chandiq to’qima hosil bo’lishi tufayli chetlari ba’zan oqimtir rangda bo’ladi.

Shu bilan birga, ba’zida chandiqlar shu qadar ingichka va nozik bo’lib, ular atrofdagi shilliq qavatlardan o’ta kam darajada farq qiladi.


Qizlik pardasi yaxlitligini aniqlash xulosalari


Qizlik pardasida jarohatlar bo’lmasa, xulosalarni shakllantirish uning shakli va holatiga bog’liq bo’ladi. Ko’pgina hollarda, pardaning yaxlitligi, uning shakli, qisqarish xalqasining yaxshi sezilishi xususiyatlari gimenning jarohatlanishisiz jinsiy aloqa akti imkonsizligidan dalolat beradi. Bu tekshiriluvchi jinsiy hayotga ega bo’lmagan va bokira ekanligini bildiradi.

Agar gimen yaxshi cho’ziluvchan, teshigi 1-2 barmoqlarni o’tkazadigan bo’lsa, jinsiy aloqa uning yaxlitligi buzilishisiz ham sodir bo’lishi mumkin. Bokiralik pardasining to’rsimon yoki panjarasimon yoki juda kichik teshikka ega bo’lishi tekshiriluvchida jinsiy aloqa bo’lganini istisno etadi.

Shunga qaramay, qin dahlizida eyakluyatsiya bilan jinsiy aloqa qilish va homilador bo’lib qolish holatlari ham mavjudligini yodda tutish kerak.

Jinsiy bokiralikni tekshirishda, qizlik pardasining butunligini aniqlashdan tashqari, 1940-yilda V. G. Bernard servikal kanal sinamasidan foydalanishni taklif etdi. Uning mohiyati shundaki, ginekologik ko’rik davomida jinsiy aloqadan lazzatlanish olganyoki masturbatsiya(onanizm) bilan shug’ullanadigan ayol jinsidagi shaxslarda bachadon bo’yni kanalidan sezilarli miqdoda biroz kulrang tusli qaymoq rang ajralmalar ajraladi. Jinsiy hayot kechiruvchi 30-35 yoshli ayollarda ushbu ajralma kulrang tusli, suvsimon bo’ladi.

Masturbatsiya bilan shug’ullanmaydigan va jinsiy tuyg’ularni his etmagan qizlarda ginekologik manipulyatsiyalar vaqtida bachadon bo’ynidan ajralmalar ajralmaydi. G. Bernard sinamasi, qizlik pardasi yaxlitligini buzmagan holda jinsiy aloqa qilish ehtimoli o’rganilayotgan hollarda yordamchi usul sifatida xizmat qilishi mumkin.


Bokiralikni uy sharoitida aniqlash mumkinmi?


Ushbu muammoni hal qilishdan oldin, bir savolga aniqlik kiritish kerak, nima sababdan buni bilish kerak bo’lib qoldi? Buning ba’zi bir sabablarini taxmin qilish mumkin:

Kattalar aytganidek qon ketishi, kuchli og’riq sodir bo’lmasligi;

Masturbatsiya yoki katta o’lchamli tampondan foydalanish oqibatida pardaga shikast yetkazganlikdan gumonsirash.

Birinchi holatda shuni inobatga olish kerak, parda ba’zan juda nozik yoki elastik bo’lishi mumkin, shu sababli birinchi yaqinlikda kuchli noqulaylik sezilmaydi. Masturbatsiyada pardaning shikastlanishi ehtimoli mavjud, biroq bu faqat yot jismlar (masalan falloimitator) kiritilgan bo’lsa sodir bo’lishi mumkin. Klitorni stimullab pardani shikastlash deyarli imkonsiz.

Shubha uyg’onadigan bo’lsa, to’g’ri ginekologga murojaat qilish kerak, chunki qizlik pardasini uy sharoitida, bundan tashqari nomutaxassis aniqlay olmaydi, aksincha muammoni chuqurlashtirishi mumkin.