Hikmatlar to`plami
Konfutsiy hikmatlari
Ustoz aytardi:
— Ota-onangizning xizmatini ado etayotganda, ularga ohista so’ylang. Agar ular sizning aytganlaringizni qilishni istamayotganliklarini ko’rsangiz, bari bir tavozeda turavering va odob qoidalarini buzmang. Hatto qon yutib turgan bo’lsangiz ham, koyinganingizni bildirmang.
Ustoz aytardi:
— Ota-onangizning xizmatini ado etayotganda, ularga ohista so’ylang. Agar ular sizning aytganlaringizni qilishni istamayotganliklarini ko’rsangiz, bari bir tavozeda turavering va odob qoidalarini buzmang. Hatto qon yutib turgan bo’lsangiz ham, koyinganingizni bildirmang.
Men Sun ustozdan farzandlik burchi nima, deb so’radi. Ustoz javob berdi:
— Tuzukdan chiqmaslik.
Fan Chi ot aravani haydab borardi, shunda Ustoz aytdi:
— Men Sun mendan farzandlik burchi nima, deb so’radi. Men unga: tuzukni buzmaslikdir, deb aytdim.
— Buning ma’nosi nima? — deb so’radi Fan Chi.
Shunda Ustoz javob berdi:
— Ota-ona tirikligida ularga yaxshi xizmat qilmoqdir. Qazo qilsalar — ko’mib kelmoq va zarur rasm-rusumlarni ado etmoqlikdir.
* * *
Ustoz aytardi:
— Agar o’qisang-u o’ylamasang — chalkashib qolasan. Agar o’ylasang-u o’qimasang — shubha-gumonlar tagida qolib ketasan.
* * *
Ustoz aytardi:
— Ota-onangiz tirik ekan, ulardan uzoq ketmang. Agar borish zarur bo’lib qolsa, qayerga borishingizni ularga malum qilib keting.
* * *
Ustoz aytardi:
— Qadimlarda kam so’ylashardi, o’z so’zlarining ortidan yetolmay qolishdan qo’rqishardi.
* * *
Ustoz aytardi:
— Ehtiyotkor odamlar kamdan-kam xato qiladilar.
* * *
Ustoz aytardi:
— Munosib xulqli kishi so’zlarni shoshilmasdan so’ylagani ma’qul va ishlarni jadal ado etmog’i afzal.
* * *
Yan Yuan haqiqiy odamiylik nima, deb so’radi.
— Odam o’zini tuta bilishi va adab taomillariga rioya etishi kerak, — deb javob berdi Ustoz, — mana shu chinakam odamiylik bo’ladi. Bir safar o’zingni tutishga o’rgansang va adabga rioya qilgan holda harakat qilsang, shunda butun Osmon seni odamiy ekan, deb ataydi. Odamiy bo’lish yoki bo’lmaslik faqat kishining o’zigagina bog’liq, — axir bu narsa boshqalarga bog’liq bo’lishi sira aqlga to’g’ri keladimi?
— Marhamat qilib ayting-chi, bunga qanday erishsa boiadi?
Ustoz aytdi:
LAO ZI HIKMATLARI
Dastlab yer va falakdan iborat bo’lgan so’ngsiz mavjudot bor. U qanchalik sovuqqon bo’lsa,shunchalik xotirjam! U yolg’izdir va o’zgarmasdir. U borliqni harakatga keltiradi,o’zi esa sokinligicha qoladi. Uni hamma narsaning Onasi desak ham bo’ladi. Men uning asl nomini bilmayman. Men uni Dao deb atayman.
* * *
Daoning na siyrati, na ovozi, na shakli bor. Unga qaraysan, ammo ko’rmaysan. Quloq tutasan-u,eshitmaysan. Quvlaysan-u, tutolmaysan.
* * *
Osmon ostidagi hamma narsa omonatdir.
* * *
Kim xalqini sevsa va uni boshqarsa,bunday odam tashabbussiz bo’lishi kerak. (Lao Zi bu hikmati bilan «Har qanday hukmdor hadeb xalq ishiga aralashavermasligi kerak» demoqchi.
* * *
Mustahkam va kuchli narsalar o’lim xizmatkorlaridir.
* * *
Oh, baxtsizlik! U baxtning tayanchidir. Oh, baxtiyor-lik! Unda baxtsizlik yashirin.
* * *
Buyuk ishlar, albatta, mayda ishlardan boshlanadi.
* * *
Mo’rt va ojiz narsalar mustahkam va kuchli narsalar ustidan g’alaba qozonadi. Yer yuzida suvdan yumshoqroq va zaifroq hech narsa yo’q. Ammo u mustahkam va kuchli narsalarga hujum qiladi. Hech qanday kuch uni yengolmaydi.
* * *
Bilguvchi so’zlamaydi, so’zlaguvchi bilmaydi.
* * *
Nafratga yaxshilik bilan javob qaytarmoq kerak.
* * *
G’animni to’g’ri baholay bilmaslikdan ko’ra og’irroq kulfat yo’q.
* * *
Meni qancha kam bilsalar, shuncha qadrliman. Shy tufayli donolikda komil odamlar qalin, dag’al liboslarga burkanib, qo’ynida yashma toshni yashirgan odamga o’xshaydilar.
* * *
O’z xohish-istaklarining chegarasini bilmaslikdan ortiq baxtsizlik bo’lmaydi.
* * *
Fikrlaringizga ehtiyot bo’ling — ular qilmishlaringiz ibtidosidir.
* * *
Buyuk to’g’rilik egrilikka, buyuk zakovat ahmoqlikka o’xshaydi.
* * *
Odamlar go’zallikni anglagan ondan boshlab xunuklik paydo bo’ladi.
Bani bashar ezgulik neligini anglagan lahzalarda esa yovuzlik ham mavjudligini tushundi. Demak, borlik yo’qlikni, mushkulot yengillikni yuzaga keltiradi.
Yuksaklik va tubanlik bir-biriga qayishadi,uzunlik va qisqalik birini-biri to’ldiradi. Tovushlar o’zaro qo’shilib uyg’unlikni hosil qiladi. O’tmish va kelajak o’zaro o’rin almashadi. Shu bois dono odam faoliyatsizlikni afzal ko’rib, sukutda mutolaa bilan mashg’ul bo’ladi.
* * *
Inson ilk bor dunyo yuzini ko’rganda — nozik va zaif, o’limi oldidan esa sabotli va kuchlidir. Barcha tirik mavjudotlar va o’simliklar mavjudlikning ilk pallasida nozik va zaif, o’lim lahzalarida esa quruq va
chirkindir. Demak, bardoshlilik va kuchlilik o’lim nishonasi, noziklik va nimjonlik esa hayot belgisidir.
Shu bois qudratli qo’shin zafar qucholmaydi va baquvvat daraxt nobud bo’ladi. Demak, noziklik va zaiflik doim kuch-quvvatdan ustundir
* * *
Buyuk donishmandlar hukmronlik qilgan yurtda fuqarolar ularning borligini sezishmaydi. Qaerdaki buyuk bo’lmagan donishmandlar hokim bo’lsa, omma ularga qattiq bog’langan bo’ladi va ularnisharaflaydi. Qaerdaki pastroq donishmandlar hukumronlik qilishsa, xalq ulardan qo’rqadi. Yanada zaifroq donishlar hokim bo’lgan joyda esa xalq ulardan hazar qiladi.
* * *
Sonsiz tog’ daryolari dengizlarga qarab oqadi. Inchunin, dengizlar tog’lardan pastda joylashgan. Dengizlar shuning uchun ham daryolarni o’ziga bo’ysundirishdan ojiz.Odamlarni o’zingga bo’ysindirishni istasang,ulardan pastda bo’l; Odamlar ortingdan ergashishini istasang, ularning ortidan yur.
ILM HAQIDA HIKMATLAR
Agar inson ilm nuri bilan o’z yo’lini yoritmasa, zulmat va nodonlik ko’chasida qoladi. Kishi qalbining nuri ilm va ma’rifat bilan baquvvat bo’ladi. Insoniyatning qadri ilm bilan hosil bo’ladi. Ilmdan hali hech kim zarar ko’rgan emas. Ilmni egallab olish esa bir san’atdir. Dunyoda qanday yovuzlik sodir bo’lgan bo’lsa, ularning hammasi nodonlik orqali kelib chiqqan. Eng zo’r halokat nodonlik, insoniylikni bitiruvchi ham nodonlikdur. Yaxshi tahsil ko’rgan va ilm nuri bilan hulqini yaxshilagan ayol har erda izzat topadi. Ilm — ayol uchun ziynat. Aqlini nodonlikdan qutqargan har bir ayol nomus, izzat, ayollik qadrini tushunib etadi. Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi. Ilmsiz ayol esa bola tarbiyalashda turli xatolarga yo’l qo’yadi.
Ilm o’rganish har bir musulmon uchun farzdir.
Hadis
Beshikdan qabrgacha bilim ista.
Hadis
Bir soatgina ilm o’rganish bir kechalik ibodatdan yaxshidir.
Hadis
Qaysi bir olimning ilmidan so’ralganda qizg’onib gapirib bermasa, qiyomatda og’ziga o’tdan tizgin solib qo’yiladi.
Hadis
Avvalo olim bo’l! Loaqal ta’lim oluvchi yoki tinglovchi, ilmu ulamolarni sevuvchi bo’lgin.
Hadis
Sadaqaning afzali musulmon kishining ilm o’rganib, so’ng boshqa musulmon birodarlariga ham o’rgatishidir.
Hadis
Ilm ibodatdan afzal.
Hadis
Ilm o’qub qilmagan amal maqbul,
Dona sochib kO’tarmadi mahsul.
Alisher Navoiy
Er yuzi bir dashtu sahro bo’lsa, gulzori ilm,
Sahnai olamni bo’lmoqda namudori ilm.
Ilmu fan birla qurollanmoqda sardori ilm,
Ilm o’qi, hech bir jonga etkurmaydi ozor ilm.
Oraziy
Emish har elg’a qadri ilm balo,
O’la ilm maqomi baski bolo.
Kishikim ilmu fandin boxabardur,
Haloyiqqa mo’’tabardur.
Tiriklikda kishikim qilsa har kor,
Aning osonlig’ina ilm darkor.
Abdulla Avloniy
Jahon ravshan ziyoyi ilmdandur,
Ko’ngil sofi safoyi ilmdandur.
Anbar Otin
Kimda bo’lsa donishu, aqlu, tamiz,
Ilm ila hilm ahlini tutgan aziz.
Sen xatolardan o’zingni tut uzoq,
Ey o’g’il! Oqil esang solgil quloq!
Farididdin Attor
Birovkim qilsa olimlarg’a ta’zim,
Qilur go’yoki payg’ambarga ta’zim.
Alisher Navoiy
Bilimni buyuk, o’quvni ulug’ bil,
Bu ikkisi tanlangan bandasini ulug’laydi.
Zakovat qaerda bo’lsa, ulug’lik bo’ladi,
Bilim kimda bo’lsa buyuklik oladi.
Yusuf Xos Hojib
Ilm ila kimning dili ravshan erur,
U zamon ichra salomat tan erur.
Farididdin Attor
Bilimsiz, shubhasiz, aniq ko’rdir,
Kel, ey nodon, bilimdan hissa ol.
Yusuf Xos Hojib
Agar inson ilm nuri bilan o’z yo’lini yoritmasa, zulmat va nodonlik ko’chasida qoladi. Kishi qalbining nuri ilm va ma’rifat bilan baquvvat bo’ladi. Insoniyatning qadri ilm bilan hosil bo’ladi. Ilmdan hali hech kim zarar ko’rgan emas. Ilmni egallab olish esa bir san’atdir. Dunyoda qanday yovuzlik sodir bo’lgan bo’lsa, ularning hammasi nodonlik orqali kelib chiqqan. Eng zo’r halokat nodonlik, insoniylikni bitiruvchi ham nodonlikdur. Yaxshi tahsil ko’rgan va ilm nuri bilan hulqini yaxshilagan ayol har erda izzat topadi. Ilm — ayol uchun ziynat. Aqlini nodonlikdan qutqargan har bir ayol nomus, izzat, ayollik qadrini tushunib etadi. Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi. Ilmsiz ayol esa bola tarbiyalashda turli xatolarga yo’l qo’yadi.
Abdibek Sheroziy
Muyassar bo’lsa tilladin senga taxt,
O’zingdin pastga zinhor aylamagin saxt.
Agar bersa senga jahon sultonlig’i dast,
Kishi o’z holini bilmak kerak past.
Agar rutbang erur a’loyi ofoq,
Yiqilgon xastalarni holina boq.
Takabbur qilmag’il ey bemaoniy,
Falonni o’g’lidurmen deb faloniy.
So’fi Olloyor
Bilib darsingiz aylab azbar o’qung,
O’qunglar, o’qunglar, o’qunglar, o’qung.
Havou havaslarni aylab raho,
Saboqlarni takror eting borho.
Roqim
Ilm martabasi martabalarning zo’ridir, degan gap shubhasiz to’g’ri. Qaysi erda ilmu ma’rifat kuchli bo’lsa, o’sha er baxt maskani hisoblanadi. Qaysi erda nodonlik mavjud bo’lsa, u er quruq yoki toshloq joy kabidir.
Go’zal xulq bilan payvasta bo’lgan ilm odamlarni baxtiyor qiladi, martabasini balandlatadi. Ilmdan maqsad ko’rkam va ezgu ishlarni amalga oshirishdir.
Faxrulbanot Sulaymoniy
Ilmsiz iliksiz so’ngak kabi bo’shdir, iliksiz so’ngakka qo’l urilmaydi. Bilim bilan kishining martabasi oshdi, ilmsizlik esa kishini tubanlashtirdi. Bilimli kishi keraqli so’zni so’zlaydi, keraksiz so’zni ko’mib tashlaydi.
Ahmad Yugnakiy
Murodingni hayoting ichra axtar,
Ki mavhum ilm ichinda bo’lma axgar.
Anbar Otin
Zakovatli uqadi, bilimli biladi, Bilimli, zakovatli tilakka etadi.
Yusuf Xos Hojib
Har kishining ruhi ilm birla quvvatlansa, shafqatli va betama’ bo’lur.
Sidqiy Xondoyliqiy
Hamma ezguliklar bilim tufaylidir. Bilim tufayli go’yo ko’kka yo’l topiladi. So’z bo’z erga yashil ko’kdan tushdi,
So’zi tufayli inson o’zini ulug’ qildi.
Yusuf Xos Hojib
Ey keldi fununi ilm taslim sanga,
Qilmoq anga lozim bo’ldi ta’zim sanga.
Garchi yo’q erdi quvvat oyoqimda, vale,
Keldim bosh ila olg’ali ta’lim sanga.
Ogahiy
Dunyoni bilmakka idroking garov,
Zehn quymoqqa dili poking garov.
Yaxshi ish qilmoq uchun yo’qsa o’quv,
Sanga lozimdur o’quv birlan o’quv.
Anbar Otin
Oz-oz o’rganib dono bo’lur,
Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.
Alisher Navoiy
Bilmaganni so’rab o’rgangan olim,
Orlanib so’ramagan o’ziga zolim.
Alisher Navoiy
Ilm, Navoiy senga maqsud bil,
Emdiki, ilm o’ldi, amal aylagil.
Alisher Navoiy
Bilim bilan saodat yo’li ochiladi, shunga ko’ra,
Ilmli bo’l, baxt yo’lini izla.
Ahmad Yugnakiy
Bilim qidirishga urdim boshimni,
Bekorga o’tkazmadim umrimni bir dam.
Qaydaki eshitsam ilmu donishni,
Eshigi tagida ultirdim mahkam.
Nosir Xisrav
Bilimsiz kishilarning ko’ngli xurofotga moyil bo’ladi.
Abu Rayhon Beruniy
Odamidur ilmu donish birla odam, yo’q esa,
Jumlai hayvongadur yakson qadu ruxsoru lab.
Ogahiy
Bilim — qaytarish va takrorlash mevasidir.
Abu Rayhon Beruniy
Er kishiga zebu ziynat hikmat va donishdur.
Alisher Navoiy
Bu din ilmiki xomam qildi tahrir,
Erur fiqhu hadisu so’ngra tafsir.
Chu takmil o’ldi bu uch ilm, sen, bil,
Yana har ilm maylin qilma, yo qil.
Alisher Navoiy
Ilmdan istasang, nishon yo’qtur,
Bor boshida qazoncha sallasi.
Bayoniy
Hech kim ustozsiz topmas jahonda izzu joh,
Nechakim hashmat bila Iskandari davron erur.
Poshshoxo’ja
Ilm andoq ganji nofe’dur bani odamg’akim,
Kimda ul bo’lsa, ikki olam bo’lur obod ango.
Ogahiy
Shaxski, ilm nurin topti zoti,
Aning to hashr qoldi yaxshi oti.
Sikandar chun topti ilmu hunarni,
Ne yangliq oldi, ko’rgil, bahru barni.
Alisher Navoiy
Ey aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo’qdir. Kitob fasohat, balog’atda, latofatda tengi yo’q, munofiqlikdan xoli hamrohdir. Yolg’izlikda va g’amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U shunday hamdamki, so’zlarida yolg’on va xato bo’lmaydi. Suhbatidan esa kishiga malollik etmaydi. U o’z do’stining dilini og’ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g’iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar etadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar etadi. Kitobdek do’st ichida barcha ilmu hilm mujassamdirki, u kishilarni o’tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham: «Kitob aql qal’asidir», deganlar.
Muhammad Jabalrudiy
Bilimning shundayki, u yalang’och bo’lganingda ham o’zing bilan qoladi uni hammomga kirganingda suv ham yo’qota olmaydi.
Abu Rayhon Beruniy
Kamol et kasbkim, olam uyidin
Senga farz ulmagay gamnok chiqmoq.
Alisher Navoiy
Donish erur otgan o’qim nishoni,
Dadillik manbai bilimim koni.
Ezgulik osmonini mahbusiman,
Zanjirim fanoyu samo ummoni.
Pahlavon Mahmud
Haq yo’linda kim senga bir harf uqutdi yuz ranj ila,
Aylamoq oson emas haqqin ado ming ganj ila.
Alisher Navoiy
Kasbi ilm etmay kishi gar qolsa mahz jahl ila,
Ikki olam obro’si bo’lg’usi barbod ango.
Alisher Navoiy
ABULQOSIM FIRDAVSIY
(934-1030)
Yomonlikni aslo aylama odat,
Ozga qanoat qil, ochlikka toqat.
* * *
Baland saroy qurib qilgandan obod,
Yaxshidir bir g’arib dilin qilsang shod
* * *
Kimki to’g’rilikni o’ylamas dildan,
Nafratga sazovor ul kishi chindan.
* * *
Xudo ne’matlarin oliysi idrok,
Aqlni vasf ctar, kimki dili pok.
* * *
Aql yo’l ko’rsatib, dilni etar shod,
Har ikki olamda aqlli obod.
* * *
Agar aqli xira bo’lsa har inson,
Shodlikka erisha olmas bir zamon.
* * *
Gar aqlin rahnamo qilolmas kishi,
Dilin o’rtar uning qilgan har ishi.
* * *
Aql ulug’likka etadi payvand,
Aqlsizning doim oyog’ida band.
* * *
Aql dil ko’zi-ku, fahmiga yetsang,
Yaxshimas jahondan ko’r o’tib ketsang.
* * *
Hamisha aqlingni rahnamo etgil,
Noloyiq ishlardan olisroq ketgil.
* * *
Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shunda bilursankim, ilm bepoyon.
* * *
Jahonda hech ish yo’q bo’lmasin tadbir.
* * *
Yovni kichik bilib, kutma omonlik,
Kuning bitar, taqdir qilsa yomonlik.
* * *
Jahonni bermaylik, keling, yomonga,
Barchani boshlaylik yaxshi tomonga.
* * *
Yaxshi ham, yomon ham qolmas poydor,
Yaxshisi «yaxshilik qolsin yodgor».
* * *
Har qachon yangi yo’l tanlarkan kishi,
Ta’na-malomatlar eshitmoq ishi.
* * *
Jahonda qoldirsak agar yaxshi nom,
Bizdan so’ng faqat shul etadir davom.
* * *
Yomonlikni kimki qilibdur odat,
Bu dunyoda nomi o’char oqibat.
* * *
Nima eksang o’sha tushar o’roqqa,
Nima desang shu so’z inar quloqqa.
* * *
Olamda dard yo’qki, bo’lmasin darmon.
* * *
Jahon boshdan-oyoq hikmat-ku, hikmat,
Nechun g’aflat bo’lmish bizlarga qismat.
* * *
Taqdir yomonliqni ko’rganda ravo,
Saboq ol, undan ham yog’ilsin ziyo.
Jomiy hikmatlaridan
Kitobdan yaxshi do`st yo`q jahonda,
G`amxo`ring bo`lgan u hamli zamonda.
U bilan qol tanho, hech bermas ozor,
Joningga yuz rohat beradi takror.
Jomiy hikmatlaridan
Kitobdan yaxshi do`st yo`q jahonda,
G`amxo`ring bo`lgan u hamli zamonda.
U bilan qol tanho, hech bermas ozor,
Joningga yuz rohat beradi takror.
* * *
Ilming bo`lsa qochma amaldan,
Ilming qimmati amali bilan.
* * *
Ilm — barcha hunarning toji — bebaho,
Ilm — hamma qulfning kaliti — a’lo.
* * *
Senga ulug`lik lozim bor joyda,
Otang obro`yi bermaydi foyda.
* * *
Ilm olishga belingni chog`la,
Boshqa har ishdan qo`lingni bog`la.
Ustod, muallimsiz qolsa bir zamon,
Nodonlikdan qora bo`lardi jahon
* * *
Eng yaxshi odam shu — kimdan xalqiga,
Qandaydir naf tegar har kunu har dam.
* * *
Do`stga agar qo`shilsa do`st-yor,
Orzu og`ochi bo`lur hosildor.
har kim bilan oshnolik istama,
har oshnodan ro`shnolik istama.
O’git va nasihatlar haqida
Eng qiyini — o‘z ishini anglab yetish, eng osoni — o‘zgalarga nasihat aytish.
FALES
* * *
Biz chelaklab nasihat aytamizu, ammo o‘zimiz tomchilab qabul qilamiz.
U. OLJER
* * *
O’zgalar oldida berilgan nasihat ta’nadek botadi.
QOBUS
* * *
Dono odam dushmandan ham ko‘p narsa o‘rganadi.
ARISTOFAN
* * *
Biz hech narsani nasihatchalik saxiylik bilan aytib tashlayvermaymiz.
F. LAROSHFUKO
* * *
Chavandozlikdan xabari yo‘q odam otni qanday minish haqida maslahat bermaydi. Ammo axloq masalasida biz boshqacharoq ish tutamiz. Bu yerda biz o‘zimizni hamma narsani biladigan va istagan odamga nasihat qilishga qodirmiz, deb hisoblaymiz.
K. GELVETSIY
* * *
O’zgalarning ishi xususida donolik qilish o‘z shaxsiy ishi-ii eplashga qaraganda ancha osondir.
F. LAROSHFUKO
* * *
Aql o‘rgatish va aqlli bo‘lish mutlaqo boshqa-boshqa narsalardir.
G. LIXTENBERG
* * *
Eng qiyini — o‘z ishini anglab yetish, eng osoni — o‘zgalarga nasihat aytish.
FALES
* * *
Biz chelaklab nasihat aytamizu, ammo o‘zimiz tomchilab qabul qilamiz.
U. OLJER
* * *
Odamlar hech narsani nasihatdek nafratlanib qabul qilmaydilar.
J.ADDISON
* * *
Nasihat xuddi kunjut yog‘idek yoqimsiz: uni birovga ichirish osonu, ammo o‘zimiz ichishimiz koni azob.
V. SHOU
* * *
Maslahat so‘rash — bu bir kishi ikkinchisiga ko‘rsatadigan eng yuksak ishonchdir.
F. BEKON
* * *
Boshga kulfat tushganda kimki noto‘g‘ri maslahat bersa, maslahat berishni istamagani.
SENEKA
* * *
Quruq javoblar odilona savollarni mahv etadi va aqlni o‘tmaslaydi.
A. I. GERTSEN
* * *
Sizdan nuqul pul so‘ragan odamga hech qachon maslahat bermang.
P. KALDERON
* * *
Baxtsizga nasihat berish baxtli odam uchun oson.
ESXIL
* * *
Sizdan iltimos qilinmagan ishni o‘zingizdan-o‘zingiz bajarmang.
O. BALZAK
* * *
O’zing istagan narsani birovga tirkama; did har kimda har xil.
B. SHOU
* * *
Barchani o‘z gazi bilan o‘lchash tor aql ko‘chasiga kirishdir.
D.I.PISAREV
* * *
O’zgalar oldida berilgan nasihat ta’nadek botadi.
QOBUS
* * *
Yoqimli maslahat berma, yaxshi maslahat ber.
SOLON
* * *
Osonlik bilan foydalansa bo‘ladigan maslahatgina naflidir.
L. VOVENARG
* * *
Yaxshi maslahat hech qachon kechikib aytilmaydi.
B. JONSON
* * *
O’z ustidan g‘olib chiqa oladiganlardangina maslahat so‘ra.
LEONARDO da VINCHI
* * *
Birortasi bilan o‘z ishing yuzasidan maslahatlashmoqchi bo‘lsang, eng avvalo, o‘z ishlarini qanday yo‘lga qo‘yib olganiga e’tibor qil.
ISOKRAT
* * *
Yaxshi maslahat kimdan chiqqanining ahamiyati yo‘q.
T. FULLER
* * *
Dushmandan ham o‘rganish mumkin.
M. MONTEN
* * *
Dono odam dushmandan ham ko‘p narsa o‘rganadi.
ARISTOFAN
* * *
G’anim so‘ziga kirish — xatolik, ammo unga teskari ish tutmoq uchun uni tinglamoq darkor. Bu chinakam haq yo‘ldir.
SA’DIY
* * *
Yaxshi maslahatni qabul qilmoq — shaxsiy imkoniyatlarni yanada oshirmoq, degani.
I. GYOTE
* * *
O’zini dono hisoblagan odamga aql o‘rgatmoqchi bo‘lgan kishi vaqtini bekor ketkazadi.
DEMOKRIT
* * *
Odamlarning maslahatlashmoqchi bo‘lish odatlarida qanchalar riyokorlik bor! Maslahat so‘rayotgan kishi o‘z do‘stining fikrlariga o‘zini hurmat bilan quloq tutayotgandek ko‘rsatadi, vaholanki, aslida unga kimningdir e’tibori kerak, kimdir uning ishini ma’qullab,o‘sha ishi uchun javobgarlikni ham o‘z zimmasiga olishi kerak.
F. LAROSHFUKO
* * *
Odamning o‘zi istamasa, hech qanday o‘git-nasihatlar unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatolmaydi.
R. ROLLAN
* * *
Qaysarga nasihat qilgan kishining o‘zi nasihatga muhtojdir.
SA’DIY
* * *
Ahmoq bilan munozara qish — ko‘rga chiroq yoqqan bilan barobar.
P. BUAST
* * *
Sen aytgan o‘rinli gapning ahmoq qulogiga yetmay qolib ketishi hamma narsadan ham achinarli.
Sh. MONTESKYE
* * *
Maslahatga kirmaydigan odamga yordam bermaslik kerak.
B.FRANKLIN
* * *
Tentaklarning ustozi so‘z emas, baxtsizlikdir.
DEMOKRIT
* * *
Shunday odamlar borki, ularning qulog‘ini kesib tashlama-guningcha eshitishni istashmaydi.
G. LIXTENBERG
* * *
Tentakka maslahat berish — ko‘rga ko‘zgu tutish bilan baravar.
I. MYULLER
* * *
So‘z ta’sir qilmagan odamga kaltak ham o‘tmaydi.
SUQROT
* * *
Nodon qulog‘iga pand, xuddi qafasda shamol,
Olamning nasihati g‘alvirdagi suv misol.
SA’DIY
* * *
Har qanday kishi ham o‘zi tushunadigan narsaga quloq soldi.
I. GYOTE
* * *
Birovga maslahat berish mumkin, ammo uni yaxshi xulqqa o‘rgatib bo‘lmaydi.
F. LAROSHFUKO
* * *
Maslahat beradilaru, ammo uni ishlatish uchun aql berolmaydilar.
F. LAROSHFUKO
* * *
Ahmoq beixtiyor yaxshi maslahat berib qolsa, aqlli odam uni bajarishi kerak.
G. LESSING
LEONARDO DA VINCHI HIKMATLARI
Haqiqat vaqtning yakka-yu yolg’iz qizidir.
Asl muhabbat kulfatda bilinadi. U tun qorong’usini yoritgan chiroq kabi zulmat quyuqlashgani sayin yorqinroq nur taratadi.
Qo’rquvda yashagan odam qo’rquvdan halok bo’ladi.
Hayotni qadrlamagan insonning umri ma’nosizdir.
Musavvir,pul ishlayman deb san’at or-nomusini paymol etma; unutma,san’at san’at or-nomusi har qanday boylikdan ustundir.
Tasviriy san’at faqat tabiat bilan bahs qiladi,faqat u bilan musobaqa o’ynaydi.
Shirin narsaning oxiri achchiq bo’lishini unutma.
Eshak har qanday azobu xo’rlikka chidaydi. Ammo,sabr-toqatsiz,irodasiz kishilargina eshakni qaysar deyishadi.
Biz ota-onamizdan ulug’ va bebaho tortiq — hayotni olganmiz. Ular bizni oq yuvib-oq tarab, kuchu quvvatlarini, mehru muhabbatlarini ayamay ulg’aytirdilar. Vaqt o’tib, ular qarilik va xastalik fasliga kirdilar. Ana endi ularga xastalikda darmon,kulfatda quvvat bo’lish bizning vazifamizdir.
Qaerda mulohazali gaplar tugasa, o’sha yerda baqiriq-chaqiriq boshlanadi.
Umid o’lsa,yashashdan ma’no ketadi.
Xurshid Davron tarjimasi
MAHMUD AZ-ZAMAXSHARIY HIKMATLARIDAN
* * *
Yoki ilmli bo’l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo’l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo’l, ammo to’rtinchisi bo’lma, chunki kasodga uchrab halok bo’lasan.
* * *
Yomon fikr sohiblari ham, kufroni ne’mat qiluvchilar ham yovvoyi qobonlar misoli Alloh taoloning mag’firatidan yiroqdirlar.
* * *
Odamning umri avvalida qilgan ishlari umrining oxiridagi ishlariga ham dalolatdir.
* * *
Alloh taolodan astoydil iltijo bilan o’tinib so’ragan kimsaning nidosi sira noumid qolmaydi.
* * *
Suv yo’llari irmoqlari bilan bo’lgani kabi shariatning to’g’ri qonun-qoidalari Payg’ambar alayhissalom ta’limotlari bilandir.
* * *
Urug’likni ham, po’choqni ham, niyatu orzularni ham, muhabbatu firoqni ham yaratuvchi Alloh taolodir.
* * *
Sen zalolat to’lqiniga o’zingni urib suzsang, seni faqat ko’p toat-ibodat va tasbehlar qutqaradi.
* * *
Har qanday ishni boshlashdan avval Allohning roziligini o’yla. Aks holda qilgan ishlaringning hammasi behuda bo’lib, zoe ketadi.
* * *
Bamisoli tumov kishi gulning hidini sezmaganidek, ahmoq kishi hikmat lazzatini bilmaydi.
* * *
Kimki o’z nafsi-balosiyu orzu-havasi domiga tushib qolsa, u beshak o’zini-o’zi chuqur qa’riga tashlagani muqarrar.
* * *
O’z nafsingga hokim bo’lmasang, uni o’z hukmingda tutasan. Aks holda undan g’olib chiqib, ushlab tura olmaysan.
* * *
Kimning himmati-yu muruvvati qanchalik ko’p bo’lsa, shunga yarasha odamlar uning kayg’usiga sherik bo’larlar, hamdardlik bildirarlar.
* * *
Boshingizga mushkul ish va tashvish tushganida munis bo’lib, odamlarga mehr-muhabbat ko’rsatasiz. Ammo davlatu ne’matlarga erishganingizda bag’ritoshlikka moyil
bo’lasiz.
* * *
Odamlar ichidagi eng yaramasi xasisdir, ularning ichidagi eng yalqovi pastkashdir.
* * *
Hayot vaqtingda bergan in’om-ehsonlaring, garchi ularni tuki yo’q (qirchang’i) bo’riga bergan bo’lsang-da, zoe ketmas. Qiyomat kunida bularning ajri senga bo’lur.
* * *
O’z vaqtidan kechikib berilgan in’om-ehson mahkam tortilgan zanjir misoli qattiq bo’g’uvchidir.
* * *
Tog’ tepasidagi qoyalarni ko’chirish minnat eshitish yuklariga nisbatan yengilroqdir.
* * *
Riyo bor har qanday ishda ravolig-u ziyo yo’qdir.
* * *
Mol-mulkni behuda isrof qilish kufroni ne’matdur. O’ylamasdan boyligini sarflash to’liq tanazzulga olib keladi.
* * *
Agar biror qayg’u-alam yuz bergani yoki ta’ziyali joyni eshitsang, darhol o’sha yerga bor. Agar ziyofatu mehmondorchilikka chaqirilsang, unda o’zing o’ylab ish tut.
* * *
Faqiru miskinlarga vojib sadaqalarni bajo keltirmagan boylarga jahannamda dahshatli bir handaq bordir.
* * *
Ko’pincha yoki ba’zan Hasan al-Basriyga o’xshash buyuklarni Xajjoj zolimga o’xshashlar tug’adilar, go’yo sho’r dengiz suvidan dur-marjonlar chiqqani kabi.
* * *
Pora faqat nohaqligu zolimlarga yordam berguvchidir.
* * *
O’tkir qilichning boshga tushadigan zarbasi ba’zi nodonlarning hukmi ostida mute’-itoatda bo’lib yurishdan afzaldir.
* * *
Haqiqat va adolat bilan to’g’ri siyosat yurgizmagan har bir rahbar va boshliq qattiq azob-uqubat va baloga giriftor bo’lur.
* * *
Bu dunyo ibratli ishlar va pand-nasihatlarga to’ladir. Ayni vaqtda ko’z yoshlariga ham serob.
* * *
Qo’rquvga mubtalo bo’lgan kishi faqat qochishdan najot izlaydi.
* * *
Ustingga keksalik kiyimi tashlangan bo’lsa ham biroq sen uzoq umr ko’rish hirsida (ta’masida) yangi-yangi kiyimlar kiymoqdasan.
* * *
Garchand uzoq umr ko’rgan bo’lsalar-da, ko’p odamlar g’o’r va tajribasizdir.
* * *
Tunu kunni o’tkazaman-u, ammo bugungi kunim kechagi kunimdan yaxshiroq bo’lmayotir. Chunki zamona kundan-kunga halokat tomon bormoqda. Shunday ekan, kechagi kun
bugungidan a’loroq, bugungisi esa ertangidan yaxshiroqdir.
* * *
Vaqti-soati o’tgandan so’ng ijro bo’ladigan va’dadan hech bir yaxshilik bo’lmas.
* * *
Kimki baxt-iqbolli, solih kishilarning etagini tutsa, u albatta murodiga erishib, xayru baraka topadi.
* * *
To’g’ri va haq yo’ldan yurgan kishining qadam bosishi arslon yurishidan ham mahobatliroq haybatliroq dir.
* * *
Yomon, noraso e’tiqod bilan qilingan ezgu ish sarob va kul kabi hech qanaqa foyda bermaydi.
* * *
Go’zal sifat va husni xulq siyratlari bezamagan kishini hech qanday chiroyli kiyimlar ko’rkam qilolmas, gunoh va xatolardan saqlanmagan kimsaning qalbi sira
aybdan forig’ bo’lmas.
* * *
Qabohatli suvrat, chirkin yuzning va yomon chehraning orqasida yaramas xulqdan boshqa narsa yo’qdir.
* * *
Vijdon azobiyu ta’nadan to’g’ri bo’lmagan kimsani ta’lim-tarbiya va qiynash bilan ham to’g’rilash amri mahol.
* * *
Pastkash kimsaning o’z nasl-nasabini maqtab, u bilan faxrlanishi chanqoq kishining suv shu’lasi (sarob)ni ko’rib aldangani kabidir.
* * *
Ko’pincha til bilan yetkazilgan jarohat qilich bilan yetkazilgan jarohatdan og’irroqdir.
* * *
O’zi sazovor bo’lmagan hamdu sano va maqtovlarni talab qilish uyatsiz, telba odamlarning odatlaridandir.
* * *
Quyosh nurlarini berkitib bo’lmaganidek, haqiqatning chirog’ini ham so’ndirib bo’lmaydi.
* * *
Yolg’onchining qasami bor (haqiqiy) ilmining soxtaligini oshiradi.
* * *
Ko’p ortiqcha so’zlashuv eshituvchini ranjitadi.
* * *
Agar tilingning ortiqcha so’zlashiga ega bo’la olmasang, unda tizgining jilovini shaytonga topshirgan bo’lasan.
* * *
Tilingdan chiqqan sadaqang (ya’ni, pandu nasihating va ma’viza-yu hasanang) ba’zan qo’lingdan chiqqan sadaqangdan xayrliroqdir.
* * *
O’z va’dasida turmaganda turli-tuman vaj-karsonlar ko’rsatuvchi kimsa hech qachon mard va himmatli inson bo’lolmaydi.
* * *
O’lim qanchadan-qancha takabbur odamlarning boshlarini chuqurga, ya’ni qabrga uloqtirgan.
* * *
Takabburlikni qanchalik xursandlig-u shodlikka tomon aylantirishga urinsang ham, asli loy bo’lganidan keyin kulol singari, ya’ni tuproqqa (loy ishlariga)
qaytishi muqarrar.
* * *
Kimki adovatu xusumatni eksa, albatta u tashvishu mashaqqat o’radi.
* * *
Taniqlig-u sharafing otangdandir, mehribonlik, mushfiqlik onangdandir.
* * *
Xotin zoti agar qalbing ular ishqiga giriftor bo’lganini sezsa, burningni tuproqqa ishqaydi.
* * *
Misvoklar bilan og’zingni tozalading, koshki edi bundan keyin sen og’zingni bo’hton, yolg’on, g’iybat so’zlarni aytish bilan bulg’amasang!
* * *
Fisqu fasod qiluvchilar va fojirlar ko’paysa, Alloh taolo vabo yuboradi.
* * *
Men ro’zadorman, deysan-u ammo o’zing bo’lsa, birodaring go’shtini yeysan (ya’ni, g’iybatlar va xo’rliklardan so’zlaysan).
* * *
Xuddi qurt-qumursqalar arslon bolasini yegani kabi oliyjanob va himmatli odamning go’shtini hasad ahli yeydi.
* * *
Insonning kiyimiga qarama, bilimiga qara. Ilm – bu ota, balki u sut berishda onadan foydaliroqdir. U yomonlikni tuzatish uchun hamma narsadan yaxshiroqdir.
Agar tilingni tiymasang, jilovingni dushmaningga berib qo’yasan.
* * *
Aqlli g’ofilning holi nodon g’ofilning umriga siltov bo’ladi.
* * *
Senga eng yaxshi maslahat mutakabbirlik bilan yuzingni teskari burma va shon-shuhrating bilan faxrlanma.
* * *
Urushqoq va janjalkash kishi xafalik bilan shodlik orasida yashaydi.
* * *
Haddan oshishingni pasaytir, kibrlanishdan voz kech.
* * *
Yaxshilik bilan inson kamoli, ani qilurgacha yo’qtir majoli.
* * *
Quyosh nuri berkitilmaydi, haqiqat shami so’nmaydi.
* * *
Vijdonli kishi xavfdan holi yashasa, xiyonat qiluvchi kishi behalovat yashaydi.
* * *
Savdogarning shuhrati cho’ntagida.
* * *
Chayqovchi – ovchi iti. Xatolar qilishda ovoralardir. Xato – alar tushgan arobalardir.