Ko’z o’zidan o’zi yoshlansa nimani anglatadi, davosi bormi?

📍Ko’z o’zidan o’zi yoshlansa nimani anglatadi, davosi bormi?🤔


🔴Ko’p insonlarda ko’z hech qanday ta’sirlanishlarsiz, odatiy ish faoliyatlarida ham yoshlanadi va xuddiki sevgani tashlab ketgan yoki piyoz artgan holatga kelib qoladi va ko’zi yoshlanadi.


Bunga sabab nima?


2 xil sabab bo’lishi mumkin: 1-si ko’zdan, 2-si burundan


1️⃣ ayb ko’zdan bolganda: ko’zning pastki va yuqori burchagida ko’z-yosh teshikchasi bo’lib, shu teahikcha orqali davom etadigan ko’zni burun bilan bog’lovchi maxsus yo’l mavjud.

Manashu teshikcha berkilib qolganda ko’z yoshlanadi.


Ayniqsa 3 yoshgacha bo’lgan bolalarda ancha yengil davolanadi


2️⃣ ayb burunda bo’lganda: burundagi har xil yallig’lanishlar yoki burun to’sig’ida qiyshayishlar bo’lganda ham ko’z yoshlanadi.


➡️Demak, ko’z yoshlanishi unchalik ham xavfli emas, faqatgina vaqtida davolatilganda, kechiktirilsa salbiy oqibatlarga olib keladi.

O’zboshimchalik bilan davo choralarini ko’rmang👨‍⚕️