Jinsiy aloqa turlari

Ba’zi oilalarda jinsiy munosabatlar faqat erkakka kerak. U yerda ayol erkakni qondiruvchi vosita vazifasini bajaradi. Ba’zi oilalarda esa jinsiy munosabatlardan erkak ham ayol birdek bahramand bo’la oladi. Lekin shunga qaramay, ularda ham ma’lum davr o’tgandan so’ng qiziqish pasayishi, ehtiyoj kamayishi yoki qoniqmaslik kabi holatlar yuzaga chiqa boshlaydi.

Agar bunday  vaziyatlar ora-orada biron tashqi sabab tufayli yuz bersa, bu muammo emas, vaqt o’tib hammasi joyiga tushadi.

Lekin vaziyat uzoq vaqt yaxshilanmay, er-xotin birga bo’lishdan tobora bosh tortishni afzal ko’rayotgan bo’lsa, bu yerda biron chuqurroq muammo bor bo’lishi mumkin. Chuqurroq muammoga chetda boshqa ayolning mavjudligi, yoki jinsiy ehtiyojga salbiy ta’sir etuvchi kasallik kabilar kirishi mumkin. Ularni chetga surib qo’ysak, muammo yo’q joyda ham jinsiy munosabatlardan sovush kuzatilib turadi.

Jinsiy munosabatlarda xilma-hillik bo’lishi shartmi?

Bu maqsadga bog’liq.

Agar maqsad er-xotinning o’zaro ruhiy munosabatlarini yaxshilash bo’lsa, xilma-hillik hech qanday foyda keltira olmaydi. Agar erkak boshqa ayollarga qaramasligini ta’minlash maqsad bo’lsa ham, bu yordam bermaydi.  Jinsiy munosabatlardagi xilma-hillik yordamida jinsiy qoniqish kutilayotgan bo’lsa, u samarasiz bo’lishi hech gap emas.


Yashil olma yeganingizda boshingiz og’riyotgan bo’lsa, qizil olma muammoni hal qilmaydi. Lekin yashil olmadan mazza qilayotgan bo’lsangiz, qo’shimcha ravishda yeyilgan qizil olma lazzatingizni yanada ko’paytirib beradi.




Jinsiy munosabatlardagi xilma-hillik muammoni hal qilish emas, balki er-xotin bir-biriga lazzat keltirish, yoqimli bo’lish, yaxshilik qilish, mehrini izhor etish maqsadida qo’llanilishi kerak. Shunda munosabatlar xilma-hilligi boyidi.

Xilma-hillik biron muammoni hal qilmaydi, lekin yaxshi munosabatlarni yuqori pog’onaga chiqara oladi.

Qanday qilib jinsiy munosabatlarni xilma-hil qilish mumkin?

Hech kim va hech qanday tavsiya sizning munosabatlaringizni yaxshilay olmaydi. Faqat erkak va ayolning o’zi, o’zining va bir-birlarini ehtiyojlarini bo’lishgan va eshita olgan holda jinsiy munosabatlariga tabiiy ravishda xilma-hillik kirita oladilar. Chetdan o’rganilgan tajriba sizning organizm imkoniyatlariga, hoxishlaringizga, nihoyat haqiqiy ehtiyojlaringizga to’g’ri kelmasligi ehtimoli yuqoridir.

Shuning uchun er-xotin o’z jinsiy munosabatlarini xilma-hil qilish niyati bo’lsa, avallo aloqa davomida bir-birini his etishni, tushunishni, ishoralarga quloq solishni, bir-birini hurmat qilishni o’rganishi kerak. Shunda o’z-o’zidan yangi -yangi holatlar va korinishlar paydo bo’laveradi. Eng muhimi ular nafaqat bir tomonga, balki erkak va ayolga yoqimli bo’la oladi.

Yildan-yilga boyib boradigan, xilma-hil jinsiy munosabatlar er-xotinni yanada yaqin qiladi.

 

Uyda chaqaloq tug’ilishi va jinsiy munosabatlar 

Ba’zi er-xotinlarda «Bizda chaqaloq tug’ilishi bilan jinsiy munosabatlarimiz buzildi», «Jinsiy munosabatlarga vaqt qo’lmayapti» yoki «Chaqaloq jinsiy munosabatlarimizga xalaqit qilyapti» kabi hayollar paydo bo’ladi.

Uyda chaqaloq tug’ilsa, er-xotin jinsiy munosabatlari o’zgaradimi?

Albatta o’zgaradi. Faqat salbiy tomonga deyishga shoshilmang!

To’g’ri, 1 yoshgacha bo’lgan bolaning uxlashi har doim ham bizning rejalarimiz asosida bo’lmaydi. Er-xotin yolg’izlanishga tayyor bo’lgani bilan jajji bolajoni ular bilan shu payt o’ynagisi kelib qolishi mumkin yoki qorni ochib qolishi hech gap emas. Kuni bilan bola va uy yumushlari bilan ovora bo’lgan onaning jinsiy munosabatlarga hech qanday xohish va kuchi qolmasligi mumkin. Ishdan charchab kelgan erni esa bolasi uxlaguniga qadar o’zi uyquga ketib qolishi osonroq bo’ladi. Shu kabi holatlar albatta er-xotin orasidagi jinsiy munosabatlarni o’zgartiradi, lekin yaxshi yoki yomon tomonga emas. Bu munosabatlar endi shunchaki boshqacha bo’ladi.

Oldin romantikaga joy bo’lgan bo’lsa, endi 5 daqiqa vaqt ham er-xotin uchun yolg’izlanishga oltindek tuyuladi. Chaqaloq tug’ilishidan oldin, shirin suhbatlar, erkalashlarga vaqt bemalol bo’lgan bo’lsa, endi tezroq maqsadga o’tish va chaqaloq uxlayotgandagi vaqtdan unumli foydalanish afzalroq bo’lib qoladi.

Endi er-xotin avallambor ota-ona, undan keyin esa erkak va ayol bo’ladi.

Muhimi shundaki, chaqaloq tug’ilganidan so’ng jinsiy munosabatlardan er-xotin ranjimasligi kerak. Ya’ni chaqaloq tufayli eski munosabatlarga qaytib bo’lmayapti deyish noo’rin. Ularga qaytib bo’lmaydi, undan ko’ra yangi munosabatlarni rivojlantirish, unga moslashish lozim. Chunki chaqaloqning borligi jinsiy munosabatlarning muntazamligi, davomiyligi va sifatiga ta’sir qilgani bilan, er-xotin orasidagi ruhiy bog’liqliqqa ta’sir eta olmaydi. Ular oldingi kabi bir-biriga ehtiros bilan qarashi, jismonan sog’inishi va jinsiy munosabatlarni istashni davom etaverdi. Faqat endi boshqa tarzda, o’zgacha.

Agar er-xotin munosabatlaridan ranjish yoki asabiylashish erkak yoki ayolda namoyon bo’layotgan bo’lsa, demak muammo yangi tug’ilgan chaqaloqda emas, balki er-xotin orasidagi ruhiy munosabatlardadir.

Chaqaloq jinsiy munosabatlarga to’sqinlik qila olmaydi.

To’sqinlik oldindan mavjud bo’lsa, chaqaloqning yig’lashi bir sababchi bo’ladi, xolos. Bola, er-xotin munosabatlari aslida yomon holatda ekanligini, ular orasida qandaydur muammo mavjudligini bildirib qo’yishi mumkin.

Yotoqxonada chaqaloq paydo bo’lishi bilan jinsiy munosabatlaringiz salbiy tomonga o’zgardimi, demak er-xotin orangizda biron muammo mavjud.

Kimga nima yetishmayapti?

Nega?

Kimga nima yoqmayapti?

Nima qilsa bo’ladi?

kabi savollarga javob berib ko’ring.

Ba’zi hollarda tibbiyotga ham murojaat etish talab etiladi. Erkak jinsiy kuchining kamayishi va ayolda emizish tufayli endokrin o’zgarishlarning yuz berishi, jinsiy munosabatlar salbiy tomonga o’zgarishiga ta’sir qiladi.

Chaqaloqning er-xotin bilan birga uxlashi esa ular orasidagi jinsiy munosabatlarini salbiy tomonga o’zgartira olmaydi. Qancha yig’lagani bilan, bairbir uxlaydi. Sizdagi xohish unga qadar qolishi muhim yoki sabr! Sabr yoki xohish qolmayaptimi, demak muammo o’zingizda (Charchov, ruhiy uzoqlik va boshqa muammolar).

Qirq yoshdan oshgan jiftliklarda jinsiy munosabatlar

Jinsiy aloqa haqida gap ketayotganda ko’z oldimizga yoshlar keladi. Qiziq, qirq, ellik yoki oltmish yoshdagi juftliklarda ham jinsiy munosabatlar bo’ladimi?

Er-xotin orasidagi jinsiy munosabatlar yosh o’tgan sayin kamayib bormasligi, bir-biriga bo’lgan jinsiy ehtiyoj so’nmasligi juftliklarning qo’lida. Lekin ko’proq ayolga bog’liq.

Ikki qirq yoshlik ayollarning suhbati:

— Qachon ko’rishamiz?

— Keyingi hafta payshanba ko’rishaylik, nima deysan?

— Voy payshanba deysanmi. Bizda payshanba kuni osh. Kechki payt keta olmayman.

— Voy dugonajon, senda hali ham «payshanbaliklar» bormi, menda payshanbaliklar ham, uning ma’nosi ham yo’q bo’lib ketgan. Qachon ohirgi marta payshanbalik qilganim esimda ham yo’q ekan, deya kuladi.

Bu haqiqiy to’qib chiqarilmagan suhbat. Bu yerda yoshi bir xil ikki ayol berkitilgan holda jinsiy munosabatlar haqida so’z yuritganlar. Birining aytishi bo’yicha u anchadan beri eri bilan jinsiy aloqada bo’lmagan. Xazil tariqasida aytilgan bo’lsa ham, bu ayanchli holat.

Qirq besh yoshlik ayol uchun jinsiy munosabatlar tibbiy, psixologik va ijtimoiy ham juda muhim.

Birinchidan, tadqiqodlar shuni ko’rsatadiki, er-xotin orasida muntazam ravishda jinsiy munosabatlar bo’lsa, ayolning jinsiy va umumiy salomatligi jinsiy munosabatlari sust yoki mavjud bo’lmagan ayollarnikidan ko’ra yaxshiroq bo’lar ekan.

Ikkinchidan, jinsiy munosabatlar tufayli ayol doimiy ravishda o’ziga qarab yurishga odatlanadi. Chunki eri istagan payti u «tayyor»  bo’lishi kerak.

Uchinchidan, ayol jozibador bo’lishga intiladi. Qirq-ellik yashar erkak ham yonida katta xotinni emas, balki o’ylangan paytida singari jozibador ayolni ko’rishni istaydi. Qirq yoshlik ayolni jozibadorligi 20 yoshlik ayolnikidaka bo’lishi shart emas. Har bir yoshda ayol yoshiga yarasha jozibador bo’lishi mumkin.

To’rtinchidan, erkak 70 yoshda ham erkak. Uning jinsiy ehtiyoji yoshi o’tgan sayin ham susaymaydi. Shuning uchun xotini uni ehtiyojiga munosib bo’lishi er-xotin munosabatlarida muhimdir.

Beshinchidan, ayol jinsiy munosabatlar tufayli o’zini yoqimli, kerakli ekanligini his etadi. Bu ortiqcha psixologik muammolardan uni holi qiladi. Masalan ortiqcha asabiylik, vahima kabi holatlar jinsiy qoniqmaslik natijasi bo’lishi mumkin.

Oltinchidan, jinsiy aloqa tufayli jisniy a’zolarda qon aylanishi yaxshilanadi, ayolda gormonal o’zgarishlar yuz beradi. Yosh o’tgan sayin yuzaga keladigan ayolni qaritadigan klimaks kelishi sekinlashadi.

Yettinchidan, er-xotin munosabatlarida iliqlik, yaqinlik va romantika jo’sh urib turishiga sabab bo’ladi.

Albatta er-xotin orasidagi jinsiy aloqa muntazam ravishda ro’y berishi uchun nafaqat ayol, balki erkak ham ma’suldir. Lekin erkak uchun jinsiy ehtiyojni qondirish imkoniyatlari ko’p. Agar xotini uni qondira olmayotgan bo’lsa, boshqa tomon bosh o’girishi hech gap emas. Natijada esa xonadonning barakasi uchadi, er-xotin munosabatlari yomonlashadi, oila dars ketadi. Ayolga esa «menga payshanbalikni qizig’i yo’q», deya o’zini ovutib o’tirishdan boshqa yo’l qolmaydi. Shu darajagacha yetkazmaslikka ayol butun umr harakat qilishi kerak. Tashlab qo’yish kerak emas. Harakat qilgan taqdirda ham eri bilan jinsiy munosabatlari yaxshilanmasa, er-xotin munosabatlari dars ketib bo’lgan bolsa, nailoj, lekin harakatdan to’xtamaslik lozim. Har holda o’ziga qaraydigan, vazni haqida o’ylaydigan, o’zini hurmat qiladigan ayolga aylanadi.

Lekin yoshim qirqdan yoki ellikdan oshdi, menga nima bor jinsiy aloqa haqida o’ylash, ertaga qudali bo’laman deb tashlab qo’yishdan yomoni yo’q. Chunki ellik yoshlik ayol jinsiy munosabatga befarq bo’lgani bilan, ellik yoshlar atrofidagi erkak hech ham befarq bo’la olmaydi. Uni qondiradigan ayol o’zining xotini bo’lishi uchun hech bo’lmasa kurashish ayolning qo’lida.

Uyatsiz, noodatiy jinsiy aloqa

Uyatsiz jinsiy aloqa haqida o’ylash ham uyat. Lekin bu o’ylarning erkaklarning ongida mavjudligini inkor etib bo’lmaydi.

Normal jinsiy aloqa qanday bo’ladi?

Shariatimizda ta’qiqlanmagan, gunoh deb hisoblanmagan jinsiy alqaning barcha ko’rinishi va shaklini norma desak bo’ladi. Eng muhimi, u er-xotinga birdek yoqishi va ular tomonidan to’g’ri qabul qilinishidir.

Erkak jinsiy aloqa borasidagi hayollarini o’z turmush o’rtog’ida tadbiq eta olmasa, u chetdan ayol izlashi bir qonuniyatdir. Izlamagan holida ham tasavvurida doim boshqa ayol bilan qilayotgan ishlari bo’ladi.

Ayol erining hayollarini to’g’ri qabul qilishi uchun unga erkak avallo to’g’ri yondashishi kerak. Yana bir bora qaytaramiz, gunoh deb hisoblanmagan, shariat tomonidan man etilmagan faoliyatlarni jinsiy aloqada qo’llash uyat emas.

Oilangizdagi jinsiy munosabatlarning qanchalik yetuk va mukammalligiga qarab, bir-biringizga bo’lgan hurmat va o’zaro tushunish darajasi qanday ekanligiga baho bersangiz bo’ladi.

Hayolidagi tasavvurlarini xotiniga chiroyli tushuntira olgan, uni bunga majburlamay, balki yaxshi tomonlama ko’rsata olgan erkak yutadi. Hayollarimni farzandlarim onasiga ayta olmayman, deb chetdagi ayollar bilan oilasiga hiyonat qilgan erkaklar, qanday yoqimsiz vaziyatga tushayotganlarini anglamaydilar.

Birinchidan, chetdagi buzuqi ayollar hech qachon erkakka chinakam jinsiy muhabbat bera olmaydi. Faqat sevgan ayol chinakam jinsiy qoniqish va jisniy mehr taqdim eta oladi. Chetdagi ayollarda bari sun’iy, bir maqsad uchun qilingan safsata.

Ikkinchidan, o’z turmush o’rtog’iga erkak jinsiy munosabatlarda ta’lim berishi davomida er-xotin yanada yaqinlashadi, orada chinakam iliqlik yuzaga kela boshlaydi. Qadimdan o’zbeklarda qiz bola bokira bo’lib turmushga chiqishi ma’lum. Ya’ni erkakning u bilan yangi bir jinsiy hayot boshlashida o’zgacha gasht bor.

Uchinchidan, tibbiyot nuqtai nazaridan qaralganda, oiladan tashqaridagi jinsiy munosabatlar ba’zida jinsiy kasalliklarga, undan tashqari ma’lum sabablarga ko’ra impotensiya(jinsiy zaiflik)ga ham olib kelishi mumkin.

To’rtinchidan, o’z tasavvurlarini chetdagi ayol bilan amalga oshirgan erkak, vaqti kelib, puli bo’lmay yoki boshqa sabablar bilan o’z ayoli bilan qoniqishni istaganiga xohish uyg’ota olmaydi. Chunki ayoli bu davrga kelib erini qondirishga tajribasi ham istagi bo’lmaydi. Unga buni eri o’rgatmay chetdagi tajribali ayollardan olar edi. Natijada endi yosh o’tganda er-xotinda bu munosabatlarni yaxshilashga niyat ham yo’q, yosh ham to’g’ri kelmaydi, jinsiy munosabatlar haqida gapira olish uchun yaqinlik ham mavjud emas.

Beshinchidan, erkak oilaga hiyonat qilganida ayol so’nadi. So’ngan ayol bilan yashash hech bir erkakka yoqmaydi. Yonida charaqlab turgan ayolni ko’rish uchun erkakni o’zi harakat qilishi kerak. Charaqlab turgan ayol esa yonidagi erkakni ko’klarga ko’tara oladi.

Oltinchidan, erkak o’z ayolini o’rganmay, uning diliga va tanasiga quloq solmay, katta boylikdan mahrum bo’lib qolishi mumkin. Ba’zi ayollarda jinsiy jihatdan katta potensial bo’ladi. Lekin ular o’zbekchilik va tajribasizligi tufayli o’zlari ham uni bilmaydilar. Erkak turmushning ilk yillarida ayolida ana shu potensialni chiqara olsa, hech bir chetdagi ayolga qiziqishi bo’lmaydi.

Yettinchidan, erkaklar qariganida ayollardan ko’ra zaifroq bo’lishni boshlaydilar. Butun umr o’z jinsiy hayollari tufayli ayoliga hiyonat qilgan erkak, qariganida qoniqmagan ayol bilan yashashiga tog’ri keladi. Bu esa, ko’pincha o’zbek oilalarida namoyon bo’ladigan cholni qahshatadigan kampir manzarasiga aylanadi.

Sakkizinchidan, hiyonat mavjud oilaga baraka va osoyishtalik qushi qo’nmaydi.

Har bir ayolda tabiatan jinsiy potensial bo’ladi. Har bir ayol tunda erkakni xursand qila olishi mumkin. Har bir ayol eriga betakror hissiyotlarni taqdim eta oladi. LEKIN! Buni o’rganishga vaqt kerak. Tajriba kerak. Ishonch va yaqinlik kerak.

Agar er o’z bokira ayoliga sabr bilan yondashib, uni asta-sekin hayot davomida uyg’otib, birgalashib bir-birlari bilan jinsiy tajribaligini mukamallashtirib, bir-birini o’rganib, tanasiga quloq solishni boshlab, hayollari haqida gaplasha olsalar hech kimga jinsiy jihatdan o’zini qondirish uchun chetdan sherik kerak bo’lmaydi.

O’zbek qizlarining birgina «aybi» ular turmushga chiqqanida tajribasiz bo’ladilar. (bir hozir bokira bo’lib turmushga chiqadigan ayollar haqida gapirmoqdamiz). Bu tajribasizliklari ba’zi erkaklarg yoqmaydi.  Bir tomondan kuyovga bokira ayol kerak, ikkinchi tomondan bu bokira tajribasiz ayol, ularga kerakli hissiyotlar taqdim eta olmaydi. Bu esa oltindek qadrli narsa! Shunda eng oson yo’l, chetdan bir tajribali ayolni topib , qiynalmi u bilan barcha jinsiy orzularini amalga oshirish. Bu qisqa yo’l. Qisqa yo’l esa doim hato yo’l bo’ladi. Erkak o’zini chetga sovurmay, kuchini mana shu yonidagi bokira ayolini jinsiy qo’zg’alishiga, unda jinsiy munosabatlarga mehrni uyg’otishga, jinsiy munosabatlar juda yoqimli ekanligiga ishontirishga sarflasa, mana shu ayoldan oladigan javobning lazzatini hech bir chetdagi ayol taqdim eta olmasligini ko’radi. Chunki jinsiy uyg’onayotgan ayolning ehtirosi boshqacha bo’ladi. Hech bir chetdagi jismonan to’ygan ayol bunday ehtirosni sun’iy ravishda ham ko’rasata olmaydi.

Jinsiy munosabatlarda erkakka nima kerak? Ayol undan qoyil qolganligi kerak! Qanday qoyil qoladi? O’zi jinsiy aloqadan boshini yo’qotib qo’yib qoyil qoladi. Ya’ni ayol qanchalik uyalchan bo’lmasin, eridan lazzatlanishni va buni ko’rsatishni o’rgana olishi juda muhim. Ochilishi kerak. Faqat birinchi qadam erkakdan. Ayol o’zidan o’zi ochila olmaydi. Ochilishdan qo’rqadi ham. Erkak bu borada nima deb o’ylashi mumkinligi unga faollik ko’rsatishga yo’l qo’ymaydi. Er unga yordam bersa, uni ochilishiga o’z hissasini qo’shsa, keyin ochilgan guldan bahramand bo’lganimizdek, yonidagi jinsiy uyg’ongan ayoldan butun umr bahramand bo’la oladi. Faqatgina shariat qonunlaridan chetlashish mumkin emasligini tushunishimiz lozim. Hech bir jinsiy munosabatda gunoh deb hisoblanmush amallarni qo’llash mumkin emas.

Ertalabki jinsiy aloqa 

Ertalab ham er-xotin birga bo’lishi mumkinmi? Uyatli joyi yo’qmi? Havfli joyi yo’qmi?

Tongda er-xotin qo’shilishi nafaqat zararsiz, balki foydalidir ham!

Birinchidan, bu er-xotin kun mobaynida ko’tarinki kayfiyatda bo’lishini ta’minlaydi;

Ikkinchidan, ertalabki jinsiy aloqa sifatliroq bo’ladi. Chunki erkak va ayolning jinsiy gormonlari ertalab avjida bo’ladi, bu esa aloqa yoqimli bo’lishini ta’minlaydi.

Uchinchidan, ertalab erkakning jismoniy kuchi ko’proq bo’ladi;

To’rtinchidan, ertalab charchov bo’lmaydi, bu esa yoqimli aloqa garovidir;


Homilador bo’lish niyatidagilarga aynan tonggi jinsiy aloqa tavsiya etiladi. Chunki kunning bu davrida erkak spermatozoidlari kuchi ko’proq bo’ladi.



Beshinchidan, tonggi jinsiy aloqa ertalabki jismoniy mashg’ulot o’rnini bosib beradi;

Oltinchidan,  ertalabki jisniy munosabatlarni xush ko’radigan juftliklar stress va depressiyaga kam uchrashi aniqlangan.

Tushda jisniy aloqa

Ba’zida ayol ham erkak ham tushida jinsiy munosabatda bo’lishi mumkin. Buning hech qanday zarari yoki salbiy tomoni mavjud emas. Sababi esa ko’pincha jinsiy yetishmovchilikdir. Erkak yo ayolning jinsiy munosabatlarga bo’lgan jismoniy ehtiyoji qondirilmasa, shunday tushlar ko’roshi mumkin. Muhimi bu tushlarda biron yomonlik yoki salbiy ma’no ko’rish kerak emas.

Aslida tushdagi jinsiy aloqa yoshlarda ko’pro uchraydi. Chunki ularda jinsiy hayot hali mavjud bo’lmaydi. Turmushdagi erkak yoki ayolda bunday tushlar ba’zida bo’lishi tabiiy holat. Agar tushda jinsiy aloqa qilish yoki shunday vaziyatni ko’rish tez-tez namoyon bo’layotgan bo’lsa, u holda  jinsiy munosabatlar sifati, soni yoki shakliga e’tiborliroq bo’lish yomon bo’lmaydi.

manba:uzbaby.uz