Anglosfera (inglizchada “Anglosphere”) — ingliz tilida soʻzlashuvchi va Angliya bilan tarixiy hamda madaniy aloqalarni oʻzaro bogʻlaydigan mamlakatlar guruhi. Bugungi kunda ular yaqin siyosiy, diplomatik va harbiy hamkorlikni ham davom ettiradi.
wikipedia.org
Ingliz tilining global til sifatida ustunligi — bir tomonlamadir, chunki ushbu tilda so‘zlashuvchilar ko‘pincha ikki tilli bo‘lishning miya uchun foydasidan mahrum bo‘ladilar.
“Anglosfera”ning bir qismi bo‘lishdan faxrlanishning ko‘p sabablari bor. Ingliz tili nafaqat dunyo tili, balki fan, texnologiya, biznes, diplomatiya va ommaviy madaniyat tili hamdir. Ehtimol, ingliz tili nega dunyodagi eng keng tarqalgan til ekanligining sababi ham shundadir. Shuningdek, bu holat mahalliy ingliz tilida so‘zlashuvchilar nega ikkinchi tilni o‘rganishni istamasligining sababini ham yoritar, balki. Asli, boshqa til o‘rganishga urinish arzirli emas.
2005-yil Yevropa komissiyasi Yevropa Ittifoqiga aʼzo 25 ta davlatda so‘rov o‘tkazdi. Bir tildan ortiq tilda suhbatlashish imkoniyatidan kelib chiqqanda ikki tillilikning eng past ko‘rsatkichi Buyuk Britaniya va Irlandiyaga to‘g‘ri kelgan. Bu mamlakatlardagi odamlarning deyarli uchdan ikki qismi faqat ingliz tilida gaplashadi.
Bunday vaziyat ingliz tili ona tili hisoblangan barcha davlatlarda kuzatiladi. AQSh fuqarolarining atigi 25 foizi boshqa tilda suhbatlasha oladi. Avstraliyada esa bu ko‘rsatkich bundan ham pastroq.
Buni ko‘p tillilik qoida bo‘lgan Yevropa mintaqasi bilan taqqoslasak: Yevropa Ittifoqi fuqarolarining yarmidan ko‘pi ikki tilli, bu tendensiya nafaqat rasmiy tili bir nechta til bo‘lgan Lyuksemburgda yashayotganlar orasida, balki bitta rasmiy tilga ega bo‘lgan va o‘zining lingvistik merosi bilan g‘ururlanadigan Fransiyada ham kuzatiladi.
Shunga qaramay, ko‘p narsa ingliz tilini bilish bilan bog‘liq. Butun Yevropa bo‘ylab ingliz tili eng keng tarqalgan til hisoblanadi. Ikki tillilikning yuqori darajasi tillarni o‘rganishga bo‘lgan umumiy intilish bilan emas, balki ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan aniq ehtiyoj bilan bog‘liq.
Ingliz tili ona tili bo‘lmagan mamlakatlarda tug‘ilgan odamlar hafa boʻlishlari kerak emas: ikkita yoki undan ortiq tilda soʻzlashish miyamizga yaxshi taʼsir koʻrsatadi. Ikki tilda gaplashadigan oilada ulg‘ayganmisiz yoki keyinchalik hayotda ikkinchi tilni o‘rganganmisiz — farqi yoʻq, bittadan ko‘p tilda gaplashish rejalashtirish, xotira, konsentratsiya, koʻpqirralilik va kognitiv funksiyani yaxshilaydi.
Eng muhimi, ikki tilli bo‘lish ong qarishining oldini oladi va aql pasayishiga moyilligi bor odamlarda uning boshlanishini 5 yildan koʻproq vaqtga kechiktiradi. Bu mavjud “miya mashqlari”ning eng samarali shakllaridan biri hisoblanadi.
Ikki tilda gaplashish miya mashqining eng samarali shakllaridan biridir.
Ikki tillilikning afzalliklari kashf etilgandan so‘ng ham ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatlarda taʼlim tizimlari chet tillarini oʻrganishga nisbatan beparvo bo‘lib kelmoqda. Buyuk Britaniyada ikkinchi tilni A-darajadagi standartgacha (16 yoshdan) o‘rganishni tanlagan o‘quvchilar soni 90-yillarning boshlaridan beri ikki baravarga kamaydi. AQSh o‘rta maktablarida til o‘rganish kurslarida o‘qiyotgan bolalar soni biroz oshgan, ammo ularning ulushi Buyuk Britaniyadagi ko‘rsatkichdan pastligicha qolmoqda.
Til o‘qitishda beparvolik bo‘lyapti deb motam tutildi. Aslida gap o‘qitishda emas: ingliz tilida so‘zlashuvchilar shunchaki boshqa tilni o‘rganishga qiziqmaydilar. Ammo motam tutishga sabab boshqa. Ikki tilda gapira olishning umumiy kognitiv afzalliklarini hisobga olgan holda, til o‘qitilishining pasayishi hamma joyda taʼlim darajasining pasayishini anglatadi.
Shiddatli raqobat davrida ingliz tili ona tili boʻlgan davlatda tug‘ilish dastlab tuyulganidek baxt emas ekan aslida.
Muqova surat: unsplash.com
Manbalar:
→ newscientist.com/article/mg21428634-000-oh-to-be-bilingual-in-the-anglosphere
→ unipage.net/ru/bilingualism
→ thoughtco.com/what-is-bilingualism-1689026