2024-yil Oyga kimlar uchadi?

NASA “Artemida” dasturi doirasida Oy atrofini aylanib chiqish missiyasida ishtirok etadigan to‘rt astronavt ismlarini e’lon qildi. Ulardan uch nafari — avval Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) uchgan amerikaliklar, to‘rtinchi ekipaj a’zosi esa ilgari hech qachon koinotda bo‘lmagan kanadalik deyiladi agentlik saytida.


“Artemis-2”ning uchirilishi 2024-yilning noyabr oyiga rejalashtirilgan, bu NASAʼning Artemis dasturi doirasida odamlarning Oyga qaytishini taʼminlovchi SLS raketasining ikkinchi parvozi boʻladi. Parvoz o’z bortida xizmat koʻrsatish boʻlmasiga ega “Orion” kosmik kemasi yordamida amalga oshiriladi va 10 kun davom etadi, bu vaqt ichida kema Yerga yaqin orbitaga chiqadi, soʻngra Oy taraf yoʻl oladi. U Oyga 10 ming kilometr masofaga yaqinlashadi va uni toʻliq aylanib chiqadi, keyin esa Yerga qaytadi.


NASA

2014-yilda XKS ekipajida bo‘lgan NASA astronavti Rid Uayzman (Reid Wiseman) “Artemida-2” ekipaji komandiri etib tayinlandi. “Orion” uchuvchisi sifatida esa NASA astronavti Viktor Glover (Victor Glover) belgilandi, u 2021-yilda SpaceXʼning Crew Dragon kosmik kemasida XKSga uchgan.


XKSda ayollarning 328 kunlik kosmik parvoz rekordini o‘rnatgan NASA astronavti Kristina Hammok Koch (Christina Hammock Koch) va kosmik parvoz tajribasiga ega bo‘lmagan Kanada kosmik agentligi astronavti Jeremi Xensen (Jeremy Hansen) bort mutaxassislari lavozimini egallashdi.


Muallif: Aleksandr Voytyuk.Ushbu maqola nplus1.ru saytidagi “NASA объявило экипаж первого пилотируемого полета к Луне по программе «Артемида». Он состоит из четырех человек” nomli maqolaning tarjimasi.
Muqova surat: NASA