Astronomlar birinchi “Venera ichidagi” asteroidning “umrini” cheklab qo‘ydi

Astronomlar “Ayloxchaxnim” asteroidi ustida olib borilgan tadqiqotlari natijalarini taqdim etdi. Asteroidning orbitasi Venera orbitasi ichida joylashgan. Maʼlum boʻlishicha, samoviy jismning diametri 1,7 kilometr boʻlib, uni silikat asteroidlar qatoriga qoʻshish mumkin va 1–2 million yildan keyin u Quyosh tizimidagi sayyoralar bilan toʻqnashishi yoki hatto tizimni tark etishi mumkin. Maqola Monthly Notices of the Royal Astronomical Society jurnalida chop etilgan.


Bugungi kunda maʼlum boʻlgan deyarli barcha asteroidlar Yer orbitasidan tashqaridagi orbitalarda joylashgan boʻlib, ularning bir foizdan kamrogʻi Yer orbitasi ichiga kiradi. Olimlarning fikriga koʻra, bunday jismlar sayyoralar bilan tortishish kuchining oʻzaro taʼsiri tufayli asosiy kamardan qochib oʻtgan. Ular orasida aʼzolari Yerga yaqinlashib turadigan “Atira” oilasi, shuningdek, dinamik modellar tomonidan bashorat qilingan “Vatira” oilasi asteroidlari ham bor. “Vatira” asteroidlari orbitalari butunlay Venera orbitasi ichida joylashgan. AV2 2020 esa bundan mustasno, bunday jismlar hali kuzatilmagan, chunki bu kabi noyob jismlarni kuzatish ularning Quyoshga yaqinligi sababli qiyin va faqat qorongʻilik tufayli cheklangan.


AV2 2020 asteroidi 2020-yilning boshida Yerda joylashgan ZTF observatoriyasi tomonidan kashf etilgan. Keyinroq olimlar uning Venera orbitasi ichida joylashgan harakat yoʻnalishi oʻlchamini taxminiy baholashga muvaffaq boʻldi, ammo fazoviy jismni batafsilroq tasvirlash uchun yetarli maʼlumotlar yoʻq edi. Joriy yilning iyul oyida asteroidga (594913) rasmiy “Ayloxchaxnim” nomi berildi. Bu hind tilidan tarjima qilinganda “Venera qizi” degan maʼnoni anglatadi.


Kaliforniya texnologiya instituti xodimi Brays Bolin boshchiligidagi astronomlar jamoasi Yerda joylashgan ZTF, SOAR, Magellan teleskoplari va Kek observatoriyasi yordamida olingan “Ayloxchaxnim” (594913) asteroidi kuzatuv maʼlumotlarini tahlil qilish natijalarini eʼlon qildi.


“Ayloxchaxnim” (594913) orbitasi ikki proyeksiyada. Brays Bolin va boshqalar / MNRAS, 2022-yil



Asteroid qizgʻish sirtga ega va olimlarning fikriga koʻra, S turdagi jism sifatida tasniflanishi mumkin. Bu asosiy kamarning ichki qismidan kelib chiqish gʻoyasiga mos keladi. Albedo oʻlchov tizimi boʻyicha hisoblangan asteroidning diametri 1,7±0,6 kilometrni tashkil etadi, uning orbitasi afeliysi Quyoshdan 0,65, perigeliysi esa Quyoshdan 0,45 astronomik birlik masofada joylashgan.


Fazoviy jism soʻnggi 60 000 yil davomida Venera bilan 3:2 orbital rezonansda boʻlgan va rezonansda yana 10 000 yil qoladi. Keyin uni tark etadi va 100 000 yil ichida yana rezonansga qaytishi mumkin. Taxminlarga koʻra, Venera orbitasi ichida asteroid yana 1–2 million yil qoladi, shundan soʻng uning orbitasi Merkuriy, Venera yoki Yer bilan tortishish kuchining oʻzaro taʼsiri tufayli oʻzgarishi mumkin. Jism sayyoralar yoki Quyosh bilan toʻqnashishi, hatto Quyosh tizimidan tashqariga uloqtirib tashlanishi mumkin. Shunday qilib, 594913 asteroidi astronomlar “Ayloxchaxnim” deb nomlashni taklif qilgan “Vatira” oilasining birinchi vakili boʻldi.


Muallif: Aleksandr Voytyuk. Ushbu maqola nplus1.ru saytidagi “Астрономы ограничили время жизни первого «внутривенерианского» астероида” nomli maqolaning tarjimasi.
Muqova surat: Ayloxchaxnim”ning osmon boʻylab harakati (594913) / ZTF, Kaltek, B. Bolin