Quyoshga yaqin bo‘lgan Zalg‘aldoq pakana yulduzi atrofida ikkita super merkuriy topilgani tasdiqlandi

Astronomlar ESPRESSO spektrografidan foydalangan holda HD 23472 Zargʻaldoq pakana atrofidagi sayyoralar tizimida uchta ekzosayyora topilganini tasdiqlashdi. Yulduzga eng yaqin boʻlgan ikkita sayyora temirga boy va uchuvchi moddalardan xoli super merkuriylar sifatida tasniflangan. Maqola Astronomy & Astrophysics jurnalida chop etilgan.


Multisayyorali tizimlar ekzoplanetologiya uchun alohida qiziqish uygʻotadi, chunki ularning sayyoralari bitta yulduz atrofidagi yagona protoplanetar diskdan hosil boʻlgan. Ularning tadqiqotlari sayyoralarning shakllanishi va rivojlanishi modellariga cheklovlar qoʻyish imkonini beradi. Xususan, multisayyorali tizimlardagi sayyoralarning oʻlchamlari bir-biri bilan bogʻliqligi aniqlandi. Ushbu nazariya “poʻstloqdagi noʻxat” deb ataladi, unga koʻra, katta ekzosayyora topilgan tizimlarda boshqa oʻlchamdagi sayyoralarni emas, balki shunga oʻxshash qoʻshimcha sayyoralarni topish mumkin. Biroq bu va boshqa nazariyalarni tasdiqlash uchun yaxshi oʻrganilgan koʻp sayyorali tizimlarning ulkan namunasi talab qilinadi.


Portu universitetidan Susana Barros boshchiligidagi astronomlar guruhi HD 23472 yulduzi atrofida aylanib yuruvchi beshta ekzosayyoralar tizimi kuzatuvlari tahlili natijalarini eʼlon qildi. U 2019-yil 20-iyuldan 2021-yil 9-aprelgacha VLT teleskoplar majmuasiga oʻrnatilgan ESPRESSO spektrografi yordamida kuzatilgan. Bundan tashqari, olimlar HARPS spektrografi va TESS kosmik teleskopidan olingan arxiv kuzatuv maʼlumotlari bilan ham ishladilar.


HD 23472 K tipidagi yulduz boʻlib, uning ogʻirligi 0,72 Quyosh ogʻirligiga, radiusi 0,71 Quyosh radiusiga teng. Quyoshdan 127,5 yorugʻlik yili masofada joylashgan. Ilgari uning atrofida ikkita ekzosayyora kashf etilgandi va yana ikkita nomzod topilgan edi, yangi ish jarayonida tadqiqotchilar barcha dastlabki kashfiyotlarni tasdiqladilar, shuningdek, tizimda beshinchi ekzosayyorani ham kashf qilishdi.


Topilgan sayyoralarning yulduz atrofida aylanish davrlari 3,98–29,8 Yer kuniga, radiuslari 0,75–2,01 Yer radiusiga va ogʻirliklari 0,54–8,42 Yer ogʻirligiga teng. Olimlar shunday xulosaga kelishdiki, sayyoralarda gaz va suvning ulushi yulduzgacha boʻlgan masofa oshgani sayin ortib boradi. Bu esa tizim yulduzdan kuchli nurlanish taʼsirida shakllangan va sayyoralar tashqi qobiqlarining fotobugʻlanishiga sabab boʻlgan degan xulosaga olib keladi. Ikki sayyoraning ichki yuqori zichligi (har bir kub santimetr uchun taxminan 7,5 gramm) ularning temirga boy va tashqi gaz qobigʻi boʻlmagan zich jismlar boʻlmish super merkuriydan iborat ekanini koʻrsatadi. Bunday sayyoralar juda kam uchraydi, hozirgacha faqat sakkizta shunday jism maʼlum. Kelajakda yuzduz tizimi Jeyms Uebb kosmik teleskopi tomonidan kuzatuvlar nishoniga aylanishi mumkin.


Muallif: Aleksandr Voytyuk. Ushbu maqola nplus1.ru nplus1.ru saytidagi “Астрономы подтвердили открытие двух супермеркуриев у близкого к Солнцу оранжевого карлика» nomli maqolaning tarjimasi.
Muqova surat: “Mass-radius” diagrammasida HD 23472 tizimidagi ekzosayyoralarning holati. Susana Barros va boshqalar / Astronomiya va astrofizika jurnali, 2022-yil