Marketologlarning daromadi qancha?
Marketolog kompaniyaning «yuragi» desak mubolag’a bo’lmaydi, sabab ular kompaniyaning daromadini oshirish bilan shug’ullanadi. Har qanday kompaniya uchun yaxshi sotuvchi sotishni ko’paytirish va «yorqin kelajak»ning kalitidir.
Ushbu soxaning yaxshi mutaxassisi yurtimizda $2000 gacha topishi mumkin. O’rtacha mutaxassislar $700 atrofida maosh olishadi.
Germaniyada ushbu kasb egalari yiliga €34500 bo’lsa AQSH da yaxshi mutaxassis $100 000 atrofida topishi mumkin ekan.
Ushbu kasb egalariga doimo talab yuqori bo’lib qolmoqda. Internetdagi hh.uz saytidagi vakansiyalarda ham ushbu kasb egalariga 15 mln so’mgacha maosh taklif qilishmoqda.