Bolajonlarga yogurtni necha yoshdan berish mumkin?

❓Bolajonlarga yogurtni necha yoshdan berish mumkin?


Bir yoshgacha bo’lgan bolalar uchun yogurt qo’shimcha ovqatlar tarkibiga kiradi.


Yogurt tarkibida quyidagilarni saqlaydi:

• Oqsillar

• Yog’lar

• Kalsiy va fosfor

• Prebiotik va probiotik

• A, B1, B2, B12 vitaminlari


Bolalarga yogurtni 8 oylikdan boshlab berish mumkin. Yogurtni dastlab 1 choy qoshiqdan berishni boshlang. Agar bolada hech qanday allergik belgilar aniqlanmasa, kunlik miqdorni asta-sekin oshirib borsa bo’ladi.


❗️Sigir suti oqsiliga allergiyasi bor bolalarga yogurt berish tavsiya etilmaydi.


© Doctor Muxtorov