Suzish bilan shug‘illanishning 7 foydasi

Suzish bilan shug‘illanishning 7 foydasi


1. Yurakka quvvat


🌱Muntazam ravishda suvda suzish mashqlari yurak qon-tomir tizimi uchun yaxshi foyda beradi. Chunki suzishni boshlaganingiz zahoti arterial qon bosimi me’yoriga keladi. Yurak mushagi chiniqqanligi bois uning elastikligi ortadi.


2. Nafas olish tizimidagi muammolardan xalos etadi


🌱Agar bronxit yoki o‘pka yallig‘lanishidan aziyat cheksangiz, shifokor tavsiyasiga ko‘ra suzish bilan shug‘ullanishingiz lozim. Chunki bu sport turida muntazam nafas mashqlarini bajarishingizga to‘g‘ri keladi. Natijada o‘pka chiniqadi. Bundan tashqari, gipoksiya (kislorod yetishmasligi)dan xalos etadi.


3. Asablarni tinchlantiradi


🌱Suv tanani bo‘shashtirish xususiyatiga ega bo‘lib, mushakdagi spazmlarni ketkazadi. Miya tin olib, uyqu va xotira yaxshilanadi. Suvga tushgach, barcha tashvishlarni unutasiz va ruhiy zo‘riqishlardan xalos bo‘lasiz.


4. Osteoxondrozni davolaydi


🌱Hovuzda suzish, ayniqsa, umurtqa pog‘onasida muammolari bor bemorlarning sevimli mashg‘ulotiga aylanishi lozim. Bu sport turi umurtqa qiyshayishining odini oladi va bo‘g‘imlar bilan bog‘liq artrit xastaliklarini davolashda yaxshi samara beradi.


5. Ozdiradi


🌱Bir soat suvda suzish naqd 500 kilokaloriyadan xalos etadi. Mashg‘ulotlarga muntazam qatnash natijasida moddalar almashinuvi yaxshilanib, ortiqcha santimetrlar o‘z-o‘zidan yo‘qola boshlaydi.


6. Semirishni istaganlar uchun ham foydali


🌱Qanday qilib deysizmi? Suzish mashqlari davomida tanangizdagi barcha mushaklar ishlaydi. Mushaklar harakatlangani sari o‘sib boraveradi. Natijada yog‘lar hisobiga emas, aynan mushaklar hisobiga chiroyli qomatga ega bo‘lasiz.


7. Varikozning oldini oladi


🌱Suzish mashg‘ulotidan keyin qon aylanishi yaxshilanadi, bundan tashqari, asosiy yuklama boldir va oyoq kaftiga tushgani uchun venalarda yig‘ilib qolgan kon tarqala boshlaydi.