Eng arzon kreditlar qayerda va nima uchun bizda kredit foizlari baland

Eng arzon kreditlar qayerda va nima uchun bizda kredit foizlari baland


Yurtimizda kredit foizlari unchalik maqtanardi darajada emas.


Lekin dunyoda foizlar quyidagicha:

— Daniyada. Kredit foizi odatda 2-3% lekin baʼzida ipoteka kreditining salbiy stavkasi boʻlishi mumkin. Ya’ni, bank nafaqat qarz uchun haq olmaydi, balki qarz oluvchiga oyiga masalan $38 to’laydi.


— Yaponiya 1,45%;

— Xorvatiya 2,77%;

— Tayvan 2,89%.


Dunyo boʻyicha eng katta foizli kreditlar 2023-yil yanvariga kelib Venesuelada boʻlib xozirda bu mamlakatda kredit foizi 59,3% ni tashkil etmoqda (https://take-profit.org/statistics/interest-rate/). Oʻzbekiston ham dunyo boʻyicha eng katta foizlar(23-29%)da kredit beruvchilar qatoriga kiradi.


Yurtimizda kredit foizlari stavkasi balandligining asosiy sababi qayta moliyalash stavkasining (hozirda 14%) balandligidadir. Yaʼni tijorat banklari shu foizdan kam foizda kredit bermaydi. Yana bir omil bu inlyatsiya darajasi va mamlakatning iqtisodiy xolatiga bogʻliq boʻlgan omildir.