O’zbekistonda import mashinalarga bojxona boji kamaydi

O’zbekistonda import mashinalarga bojxona boji kamaydi


Prezidentimizning «aholining yengil avtomobillarga bo’lgan talabini qondirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori bilan 2026-yil 1-yanvargacha dvigatel hajmi 1200 santimetr kubgacha bo’lgan import qilinadigan avtomobillar uchun bojxona bojlari 0-5% gacha kamaytirildi.


Masalan, dvigatel hajmi 1197 santimetr kub bo’lgan mashina qiymati $20 ming tashkil etsa uni yurtimizga olib kirish:

— Bojxona boji:

• Ilgari: $3718 (15% + $0,6 /kub. sm).

• Hozir: $1000 (5%)

• Farqi: $2718


— QQS (12%):

• Oldin: $2846

• Hozir: $2520

• Farqi: $326


— Qayta ishlash to’lovi:

• Taxminan $3385

• Bojxona(0,2%): $40


— Yakuniy narx:

• Oldin: $29 989

• Hozir: $26 945

• Farqi: $3044


Demak ushbu turdagi avtomoshinani olib kirish oldingi narxdan ko’ra $3044 arzonroq bo’lar ekan.