Lazer operatsiyasini hamma ham qildirsa bo’ladimi?
Lazer operatsiyasini hamma ham qildirsa bo’ladimi? Nima degani o’zi u❓
Lazer operatsiyasini hamma zreniyadagi ko’zlarda ham qilib bo’lmaydi❗️
Avvalo ko’zda o’suvchi miopia yo’qligi tekshiriladi, agar bor bo’lsa o’sishdan to’xtatiladi va undan keyin esa ko’zning o’rtasidagi qorachiqning ustini qoplagan shox parda qalinligi tekshiriladi, agar shox parda qalinligi yetarli darajada bo’lsa -8,0 -10,0 largacha bo’lgan ko’zni lazer operatsiya asosida normal ko’rish holatiga keltirish mumkin👁️
Agarda shox parda yupqa yoki minus ancha baland bo’lsa, bunda lazer qilib bo’lmaydi, ammo buning ham iloji bor, ya’ni sun’iy qo’shimcha gavhar kiritish yo’li bilan ko’z nuri tiklanadi va bu ancha qimmat hisoblanadi❗️
Ushbu amaliyot 18 yoshdan boshlab ruxsat etiladi(sababi ko’zimiz 18 yoshgacha o’sadi)
Operatsiya umr davomida bir marta qilinadi va ba’zi insonlarda operatsiyadan keyin yana minus qaytarilishi mumkin, ikkinchi marta operatsiya qilishning iloji yo’q
Buning uchun avvalo operatsiyadan oldin yaxshilab ko’zni tekshirtirib, keyinchalik o’smasligi aniq bo’lgandagina qildirgan ma’qul, shaxsiy fikrim operatsiya oxirgi chora ekanligini bilgan holda avval achki, kontakt linzalarda yurgan ma’qul, agarda minus ancha baland bo’lsa(-3,0 dan yuqori) va bu ishlashga va hayot tarziga sezilarli qiyinchilik tug’dirganda operatsiyani o’ylab ko’rgan ma’qul (achki va kontakt linzalar ko’z nurini tiklamaydi, ammo uning o’sib ketmasligiga yordam beradi)
P.S. Afsuski operatsiya toshkentda ba’zi klinikalarda biznesga aylanib ulgurgan, xattoki bu taklifni ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalar(e’tiborni tortuvchi videoroliklar) orqali tarqatib, bemorlarni xuddiki mijoz sifatida jalb qilishmoqda❗️