BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISI QAYSI FANLARDAN DARS BЕRA OLADI?

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISI QAYSI FANLARDAN DARS BЕRA OLADI?


Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 10 avgust kunidagi 03-02/01-1807-sonli ko‘rsatmasiga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi diplomida “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi”, “Boshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Boshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ish”, “Pedagogika va boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi” kabi ixtisosliklardan biri berilgan bo‘lsa, ular umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinflarida “ona tili”, “o‘qish”, “tarbiya”, “matematika”, “atrofimizdagi olam”, “tabiatshunoslik”, “tasviriy san’at”, “texnologiya” fanlaridan dars berishi mumkinligi belgilangan.


E’tibor berish kerakki, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining diplomida “Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish” ixtisosligi berilgan bo‘lsa, ular umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinflarida “ona tili”, “o‘qish”, “tarbiya”, «matematika”, “atrofimizdagi olam”, “tabiatshunoslik”, “tasviriy san’at”, “texnologiya”, “jismoniy tarbiya” fanlaridan dars berishlari mumkin.


Xulosa qilib aytish mumkinki, siz boshqa sinflarda ham ushbu fanlardan dars soatlari olishingiz mumkin.


(c) Yurist maslaxati