Anginani samarali davolashning xalqona usullari

Anginani samarali davolashning xalqona usullari


➥ Ichimlik sodasi patogen bakteriyalar ko‘payishining oldini oladi va og‘riqni yengillashtiradi. 250 ml qaynoq suvga bir choy qoshiq kukunni (bolalar uchun yarim choy qoshiq) suyultiring va sovitib, iliq holatda foydalaning. Kuniga 4-5 marta chayqash yaxshi samara beradi.


➥ Peroksid vodorod antiseptik hisoblanadi, u intoksikatsiyani kamaytirishga va yallig‘lanish jarayonini qaytarishga yordam beradi. 250 ml iliq suvga 3% peroksid eritmasidan 2 osh qoshiq qo‘shing. Kuniga 2 marta tomoq chayiladi. Chayishdan keyin og‘iz va tomoqni toza suv bilan yuving.


➥ Osh tuzi eritmasi dezinfeksiya qiladi va yiringni yo‘qotadi. Osh tuzi eritmasi (1 stakan suvga 1 choy qoshiq tuz) bilan kuniga 7 martagacha chayish kerak.