Homiladorlikda gripp bilan kasallanishi qay darajada xavfli?
Homiladorlikda gripp bilan kasallanishi qay darajada xavfli?
☝️Bu kasallik homilador ayollarda
👉🏻zotiljam (pnevmoniya),
👉🏻asab tizimi shikastlanishi,
👉🏻surunkali kasalliklar
👉🏻piyelonefrit,
👉🏻peshob yo‘llari yallig‘lanishlari avj olishiga sabab bo‘ladi.
☝️Xastalik asoratlari:
👉🏻xomila tushish xavfining ortishi,
👉🏻rivojlanishdan ortda qolishi,
👉🏻qog‘anoq suvi ifloslanishi,
👉🏻mudattan oldingi tugrukka olib kelishi mumkin.
🤰🏻Shu bois o‘zingizda burun bitishi, yo‘tal, holsizlik, tomoq sohasi achishishi, oyoq uchlarining uvishishi, ko‘ngil aynishi, qayd qilish, tana harorati ko‘tarilishi, ba’zan qorinning pastki sohasida og‘riq, ich ketishi kabi belgilarni sezsangiz, zudlik bilan ehtiyot choralarini ko‘ring:
• Ko‘proq suyuqlik iching. Agar quvvatsizlik, tomoq achishishi yoki yengil bosh og‘rig‘ini sezsangiz, limon yoki malina solingan choy iching.
• Tomoqdagi achishishni bartaraf etish uchun limon bo‘lagini oz-ozdan chaynang.
• Organizmni yanada zo‘riqtirtirmaslik uchun yengil taom va yeguliklardan tanovul qiling.
• Piyoz va sarimsoq piyozni katta bo‘laklarga bo‘lib, xonaning har-har joyiga qo‘yib chiqing. Ular havodagi kasallik infeksiyalari bilan kurashadi.
• Birinchi yordam tadbirlaridan keyin ham ahvolingiz o‘nglanmay, mushaklarda simillagan og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat eting.
• Tomoqni g‘arg‘ara qilish, limon, malina, asal qo‘shilgan sut ichishni kanda qilmang.
👩🏻⚕️Shifokor ko‘rsatmasi bilan dorixonadan Furatsilin tabletkasi yoki Xlorofilipp eritmasi xarid qilib, qaynatib ilitilgan suvga aralashtirish va 1 stakan eritma aralashtirilgan suv bilan kuniga 3 mahal tomoqni g‘arg‘ara qilish mumkin. Kasallik 2-3 kun ichida jadallashib, homilador ayol salomatligi va homilaga jiddiy xavf soluvchi holatlar taxmin qilinsa, zudlik bilan shifoxonaga yotqizishga ko‘rsatma beriladi.
❗️Unutmang! Homiladorlarga shamollaganda oyoqlarga issiq vanna qabul qilish, issiq havoda bug‘lanish kabi muolajalar mumkin emas! Turli dorivor giyohlardan tayyorlangan preparatlarni ham shifokor ko‘rsatmasisiz qabul qilmang!❗️