❤️❤️❤️BOLANI QANDAY EMIZISH KERAK?! ❤️❤️❤️
Tog’ri va yetarlicha emish, sut kerakligicha ishlab chiqarilishi uchun bolani «to’g’ri» holatda emizish zarur.
1. Yonida yotib emizish.
2. Bolani boshini qo’lda ushlab emizish.
3. Bolani quchoqlab emizish.
4. Bolani tanasi onaning orqa tomonida bo’lgan holda emizish.
5. Egizaklarni yostiqdan foydalangan holda emizish.
6. Koala holati. Kattaroq bolani tizaga o’tqazib emizish.
7. Bolani onaning qorniga yotqazib emizish.
8. Kesarev kesilish yo’li bilan tuqqan onalar uchun bolani yelkaga qo’yib emizish.
Ushbu holatlardan ona va bolaga eng qulayini tanlab olish muhim. Har birini amalda qo’llab ko’rib, eng qulay, og’riq va toliqishsiz bo’ladigan holatidan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Agar o’tirib emizayotgan bo’lsangiz:
1. To’g’ri va qulay o’tirib oling:
Ona qanchalik o’zini qulay sezsa, sut shunchalik yaxshi keladi. Belingizga va tizalaringizga maxsus yoki oddiy yog’istiqlarni qo’ying, oyog’ingiz osilib turmasligi uchun kichik stul yoki ko’rpachaga qo’yib o’tiring. Bo’shashing.
2. Bolani ko’krak ostiga to’g’ri joylashtiring:
Eng birinchi shart bolaning badani sizning badaningiz bilan to’qnashib tursin, bu sut kelib chiqishini jadallashtiradi.
Bolaning butun tanasini o’zingizga qarating (faqat boshini emas). Bola ko’krakka og’zi bilan yetishi uchun kuchanishi kerak emas, oson yetadigan bo’lishi kerak.
Tizzangizdagi yog’istiq bola og’irligini o’ziga olsin, sizning qo’lingiz tolib ketishi kerak emas.
Bolaga engashgandan ko’ra, bolani o’zingizga qulay tarzda ko’taring va yog’istiqlarga suyaning.
Bolani quchoqlab emizing.
Agar yotib emizayotgan bo’lsangiz:
Bu pozitsiya yuqoridagiga o’xshash bo’lib, bola bilan ona bir biriga badanlari bilan qaragan bo’ladilar. Boshingiz tagiga va belingiz orqasiga yog’istiq qo’yib suyaning.