O‘zbekistonda oila qurish uchun eng ommalashgan yosh.

O‘zbekistonda oila qurish uchun eng ommalashgan yosh.


O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-aprel oyida yoshi 50 dan oshgan 485 nafar ayol va 2088 nafar erkak turmush qurgan. Yanvar oyida 20 yoshgacha nikoh qurish bo‘yicha qizlarning oshig‘i olchi bo‘lgan. O‘tgan oyda 19 976 nafar 20 yoshgacha bo‘lgan qiz turmushga chiqqan bo‘lsa, bor-yo‘g‘i 702 nafar 20 yoshgacha bo‘lgan yigitchalar kuyov bo‘lgan.


Yigitlar va qizlar orasida oila qurish yoshining 20-30 yosh oralig‘i eng yaxshi davr sifatida tanlanayotganini quyidagi ma’lumotdan ham ko‘rish mumkin. O‘tgan oy 20-30 yosh oralig‘idagi 42 543 ta qiz va 55 984 ta yigit oila qurgan. 31-40 yosh oralig‘idagi 7 264 ayol, 10 014 erkak yanvarda o‘z juftini topgan 41-50 yosh orasida turmush qurganlarning 1 605 nafarini ayollar, 3 085 nafarini erkaklar tashkil etmoqda. May oyida respublika bo‘yicha 18 492 ta nikoh qayd etilgan.


Ps: Siz necha yoshda turmush qurgan(moqchi)siz?


👉🏻 @engyokibirinchi | Manba (https://t.me/statistika_rasmiy)