Chaqaloqning qusishi

Ba’zi chaqaloqlar emgan sutini ma’lum bir qismini qusib yuboradilar. Qusish sababi nima? Bu haqda bezovta bo’lish kerakmi?


Aslida chaqaloqning qusishi uni emas ko’proq onani bezota qiladi. Odatda bola emgan sutining arzimas qismini qusib yuboradi. Bir osh qoshiq qusib yuborilgan sut kiyimda ko’pdek tuyulishi hech gap emas.


 Chaqaloqning qusishiga asosiy sabab:


— Chaqaloq emayotganda havoni yutib oladi shuning uchun oshqozon havo chiqarish mobaynida sutni ham chiqarib yuboradi;


— Sutni tez-tez shoshib ichgan bolaning qorni to’lib ketgan bola ovqatni qayd qilib yuboradi.


— Emib bo’lgan bolaning qorniga yotqazsa yoki uni sakratib o’ynatsa oshqozoni qo’zg’alib sutni qayd yuboradi.


Qusishni yo’q qilish yoki kamaytirish yo’llari:


— Bolani emizayotganingizda shoshilmang. Agar smes berayotgan bo’lsangiz, u holda kam-kamdan tez-tez berib turganingiz ma’qul;


— Bolani emizayotganingizda (smes berayotganingizda) havo chiqarib turishiga yo’l bering. Emizikli bola bir ko’krakdan ikkinchi ko’krakka o’tkazayotganingizda bolani yelkangizga qo’yib orqasini asta-asta bosib qo’ysangiz, kekirib havoni chiqarib yuboradi. Smes berayotganingizda har 90 ml ichib bo’lganidan so’ng yuqoridagi uslubda havoni chiqartirib yuboring;


— Ovqatlanib bo’lgan bolani 20-30 daqiqa davomida vertikal (tik) holatda ushlab yuring;


— Ovqatlanib bo’lgan bola bilan kamida 30 daqiqa davomida o’ynashmang;


— Agar bolani butilkadan ovqatlantirayotgan bo’lsangiz, soska uchi juda katta teshilgan bo’lmasin.


Odatda chaqaloq qusishi uning 6-7- oylariga kelib yo’q bo’lib ketadi. Shuning uchun bu vaqt mobaynida qusilgan kiyimdan boshqa bezovta bo’ladigan narsa yo’q.


Quyidagi holatlarda bolaning qusishi muammo bo’lib, darhol vrachga murojaat etishini talab qiladi:


Bola og’irligi kamayib ketmoqda yoki bola vazni yetarlicha oshmayapti;
Qusish soni va miqdori oshib bormoqda;
Qusish darajasi kuchaymoqda (fontan bo’lib otilib chiqmoqda);
Qayd qilingan massaning rangi yashil yoki to’q sariq;
Qusish bilan bir qatorda bolaning qorni og’riyotgandek sezilmoqda;
Bola ovqatlanish jarayonida doim qaqalib, yo’talmoqda.