1-maydan pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/1661). Farmonga ko‘ra, 2022-yil 1-maydan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:
— pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 324 000 so‘m;
— yoshga doir eng kam pensiya miqdori — oyiga 633 000 so‘m;
— nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — oyiga 698 000 so‘m;
— mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 698 000 so‘m;
— zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 500 000 so‘m;
— ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 500 000 so‘m;
— belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 698 000 so‘mgacha, pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori — oyiga 698 000 so‘m etib belgilandi.
© Alisher Sadullaev