Bolalarda D vitamini yetishmovchiligi yoki raxitning boshlang‘ich davri

Bolalarda D vitamini yetishmovchiligi yoki raxitning boshlang‘ich davrini qanday aniqlash mumkin(Onalar bilishi kerak)?


Dastlab bola hayotining 2-3 oyligida nerv tizimi tomonidan quyidagi klinik belgilar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi:

-bezovtalik

-qo‘zgaluvchanlik

-uyqu buzilishi(uyquning yuzaki bo‘lishi yoki kam uxlashi)


Keyinchalik bolada ishtahaning pasayishi, baland tovushdan cho‘chish, birdan yorug‘lik tushganda seskanish holatlari yuzaga keladi.


Bola ko‘p terlaydigan bo‘ladi(kaftlar, oyoq kaftlari, tanada), ayniqsa boshning sochli qismida ko‘proq kuzatiladi. Ajralgan ter nordon hidli bo‘ladi, u terini zararlaydi va qichishish keltirib chiqaradi. Oqibat bola boshini yostiqqa ishqalaydi, ensa sohasidagi sochlari to‘kiladi.


Terida issiqlik toshmalari paydo bo‘ladi.


Bolada liqildoqlarni bekilishi va tishlarini chiqishi kechikadi. Lekin shunda ham ayrim onalar beparvolik qilishadi. Yuqoridagi belgilarga e’tibor berishmaydi. Vaholanki yuqoridagi belgilar aniqlandimi? Hattoki bittasi bo‘lsa ham, bolani kechiktirmasdan PEDIATR ko‘rigiga olib boring!


Kasallikni davolagandan ko‘ra, uni oldini olgan ming marta yaxshiroq! Zero, vaqtliroq harakat qilsangiz bolani bir umrlik nogironlikdan asrab qolasiz!


“Juda ko‘p berilgan savollarni inobatga olgan holda, bu postni yana boshqadan joylashga majbur bo‘ldim! Ayniqsa onalar har bir yozgan postimni o‘qib borishsa foydadan holi bo‘lmaydi!”


©Doctor Muxtorov