Bola emlangandan keyin yosh onalar qanday tavsiyalarga amal qilishi zarur?

❓Bola emlangandan keyin yosh onalar qanday tavsiyalarga amal qilishi zarur?


👶🏻Emlashdan so‘ng bola tana harorati ko‘pi bilan 38.5 darajagacha ko‘tarilsa, bu normal reaksiya hisoblanadi. Bolaga ko‘p suyuqliq ichirish tavsiya etiladi. Kerak bo‘lsa, isitma tushiruvchi sirop ichirish ham mumkin.


😷Bolada shamollash alomati kechayotgan bo‘lsa, emlash mumkin emas. Bola butunlay tuzalgandan so‘ng, emlashni amalga oshirsa bo‘ladi;


📆emlashlar orasidagi muddat kamida 1 oy bo‘lishi kerak;


🚫emlashdan oldin va undan bir necha kun keyin bola bilan odamlar ko‘p to‘plangan joylarga bormaslik tavsiya etiladi.


💧Emlashdan so‘ng bola tana harorati ko‘pi bilan 38.5 darajagacha ko‘tarilsa, bu normal reaksiya hisoblanadi. Bolaga ko‘p suyuqliq ichirish tavsiya etiladi. Kerak bo‘lsa, isitma tushiruvchi sirop ichirish ham mumkin.


🩺Emlashga bo‘ladigan reaksiya ko‘pi bilan 2 kun davom etishi kerak. Undan ortiq davom etsa, shifokorga murojaat qilish kerak.


🥗 bir yoshgacha bo‘lgan bolalar ratsioniga emlashdan bir necha kun oldin va keyin yangi mahsulotlarni kiritish mumkin emas;


🤱 emlash davrida emizishni davom etish juda muhim;


👨‍👩‍👧‍👧 bolani emlayotganingizda bola va uning oila a’zolari sog‘lom bo‘lishi kerak;


🚿emlashdan so‘ng bolani kamida bir kun davomida cho‘miltirmaslik lozim.