Dunyodagi eng chiroyli mehmonxona.

Dunyodagi eng chiroyli mehmonxona.


Dubaydagi mashhur Burj Al Arab mehmonxonasi dunyoning eng go‘zal mehmonxonasi deb topildi. Tadqiqotchilar eng go’zal mehmonxonani aniqlash maqsadida istagram tarmog’idagi mehmonxonalarning 10 milliondan ortiq xeshteglarini tahlil qilishgan. Foydalanuvchilar Burj Al Arabni deyarli 2,5 million marta belgilashgan va bu mutlaq rekordga aylangan.


“Burj Al Arab» rasman besh yulduzli mehmonxona boʻlishiga qaramay, oʻzlarini dabdabaliligi tufayli yetti yulduzli mehmonxona deb atashadi. Mehmonlarga Rolls-Royce transferi, yostiqli menyu va cheksiz suratga olish imkoniyatlari taklif etiladi. Dunyoda bu mehmonxanani rasmini ko’rmagan yoki u yerda bo’lishni orzu qilmagan odam topilmasa kerak.