Eng zararli fast-fud taomlari
🌱Fast-fudda tayyorlanadigan gamburgerlar va kartoshka fri eng foydasiz taom deb hisoblashga o‘rganib qolganmiz. Lekin tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bu taomlardan ko‘ra eng foydali deb hisoblanuvchi ovqatlarda zararli yog‘lar va shakar miqdori ko‘proq bo‘lar ekan. Har xil ta’m kuchaytiruvchilar, konservantlar va bo‘yoqlarni esa aytib o‘tirmasa ham bo‘ladi. Sog‘lom bo‘lishni xohlaysizmi? Quyidagi ro‘yxatda ko‘rsatilgan taomlardan voz keching.
✍🏻Tovuq naggetslari
🌱Fast-fust muassasasi bu taomning tarkibi 100% parhezli oq go‘shtdan tashkil topganligi haqida har doim maqtanadi. Lekin tekshirishlar natijasiga ko‘ra, aslida ularda bor-yo‘g‘i 20% tovuq go‘shti borligi ma’lum bo‘ldi. Qolganlari – maydalangan suyaklar, yog‘, tog‘ay va boshqa chiqindilar. Shuningdek, makkajo‘xori, bo‘g‘doy uni va shakar ham bor. Bularning hammasi sezilmasligi uchun konservantlar va zararli yog‘lar qo‘shiladi.
Vegetarian burgerlar
Ularda haqiqatan ham kaloriya kam, lekin nisbatan olganda oqsil miqdori ko‘proq bo‘ladi. Muammo shundaki, burgerga go‘shtning o‘rniga ikki baravar pishloq va ta’m kuchaytiruvchilar, zararli yog‘lar bilan birga qayla qo‘shiladi.
✍🏻Sovuq qahva ichimliklari
🌱Shakar va zararli yog‘lar miqdori bo‘yicha ular katta burger va kartoshka fri yoki muzqaymoq bilan teng keladi. Sovuq qahva ichimligining bittasini ichsangiz, bir kunlik kaloriya me’yorining taxminan yarmini olganingizni o‘zingiz ham sezmay qolasiz, chunki och qolasiz.
@doridarmonlar