UzAuto Motorsda “shapka tizimi” yana qaytdimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Motors’da yangi avtomobillar uchun yana turnaqator navbatlar paydo bo‘lgani, ayrim dilerlar esa “shapka tizimi”ga qaytgani, mashinalar modeli va konfiguratsiyasiga qarab $500 dan $2000 gacha so‘rayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi (https://t.me/nigoh_01/453).
UzAutoSanoat botiga asosan, 20 ming nafardan ortiq kishi Lacetti, 6300 nafardan ortig‘i Cobalt, 1600 nafardan ortig‘i Spark, 1500 nafardan ortig‘i esa Nexia-3 avtomobiliga navbat kutmoqda.
Kompaniyaning qayd etishicha, avtomobilsozlik sanoati yarimo‘tkazgichlar tanqisligi sabab ishlab chiqarish hajmining keskin pasayishi kuzatilmoqda va bu o‘z navbatida yangi transport vositalarini yetkazib berish muddati uzayishiga sabab bo‘lmoqda ekan.
Siz qanday fikirdasiz?