Quloqchin bilan musiqa tinglash zararli bo’ladimi?
— Bo’ladi! Quloqchin bilan musiqa tinglash juda zararli, ayniqsa ovoz balandligi maksimal darajaga koʻtarilganda.
— Quloq ichki qismida miyaga tovushli xabarlarni yuborishda yordam beradigan mayda soch hujayralari mavjud. Qattiq shovqin bu hujayralarga zarar yetkazishi mumkin.
— Hujayralar zaralansa, quloqning ichki qismi miyaga tovushli xabarlarni yetkaza olmaydi. Vaqt oʻtishi bilan yanada koʻproq soch hujayralari zararlanganda eshitish qobiliyati buziladi.