SMM nima?
SMM nima?
SMM bu — ingliz tilidagi Social Media Marketing so’zlarining qisqartmasi bo’lib, o’zbek tilida ijtimoiy tarmoqlar marketingiz degan ma’noni bildiradi. Ijtimoiy tarmoqlar marketingi esa hozirda mavjud bo’lgan aktual ijtimoiy tarmoqlar (Telegram, Instagram, Facebook, TikTok va YouTube) da ma’lum bir brendning xizmat yoki mahsulotini targ’ib qilishdir!
SMM da ma’lum bir brendni rivojlantirish ikki turga bo’linadi:
1.Organik usul (tekin yoki tabiiy usul):
— obunachilar to’plash;
— ular bilan aloqa o’rnatish;
-foydali yoki o’zimiz xohlagan ma’lumotni ular bilan ulashish;
-obunachilar bilan muloqot qilish.
2.Paid (pullik yoki sun’iy usul):
-target (ya’ni, ma’lum bir brendga tegishli bo’lgan mahsulot yoki xizmatni ijtimoiy tarmoqlarning o’zigagina pul to’lagan holda targ’ib qilish).