Nega A4 qog‘ozining o‘lchami 21×29,7 сm?

A4 varagʻining eni 210, uzunligi esa 297 millimetrligini koʻpchiligimiz bilamiz. Ammo bu son qayerdan kelgan? Nega u butun emas?


Taʼkidlanishicha, bunday boʻlishiga metrik tizim aybdor. Gap shundaki, ISO 216 xalqaro qogʻoz formati bir qator oʻlchamlardan iborat: A0, A1, A2, A3, A4, A5 va hokazo. Ulardan eng kattasi — A0, uni teng ikkiga qismga boʻlsak A1 paydo boʻladi. Qolgan oʻlchamlar ham aynan shu mantiqqa asoslanadi.


Nega A4 qog‘ozining o‘lchami 21×29,7 сm?
wikipedia.org

Standartlashtirish uchun A0 formati 1 kvadrat metrga tenglashtirilgan. Agarda inson koʻziga yoqimli boʻlgan 3:2 yoki 4:3 proporsiyalarni olsak, har keyingi boʻlinishda nisbat saqlanib qolmaydi. Bu esa juda muhim. Aynan shu sababli oʻlcham oʻzgarsa ham nisbat oʻzgarmasligi uchun 1:√2 proporsiyasi olingan. Bir kvadrat metr maydonga ega A0 formati shu nisbatga olib kelinganda, uning eni 84,1 uzunligi esa 118,9 santimetrga teng boʻldi. Buni ikkiga boʻlsak A1, uni ikkiga boʻlsak esa A2 hosil boʻladi va hokazo. Quyida ularning oʻlchamlari:


А0 — 841×1189 mm.
А1 — 594×841 mm.
А2 — 420×594 mm.
А3 — 297×420 mm.
А4 — 210×297 mm.
А5 — 210х148 mm.
А6 — 148х105 mm.

Bunday gʻalati oʻlchamlar kelib chiqishining sababi shu. Hammasi 1 dan boshlangan. 


Manbalar: futurist.ru, xerox.ru
Muqova surat: freepik.com