Qanday qilib dazmolsiz kiyimlarni dazmollash mumkin?

Qanday qilib dazmolsiz kiyimlarni dazmollash mumkin?


— Xavotir olishga aslo o’rin yo’q, axir saranjom ko’rinishning boshqa usullari ham bor ekan. Bugun siz bilan ajoyib sprey retseptini bo’lishamiz. U kiyimlarni tez va dog’larsiz tekislay oladi.

Kerak bo’ladi:

Pulverizatorli toza idish;

1 osh q.soch konditsioneri;

1 osh q. oq uksus;

2 stakan distillangan suv.


— Barcha ingredientlarni istalgan ketma-ketlikda idishga solib, aralashtiriladi. Kiyimlarni tekislash uchun esa, kiyimning g’ijim qismlariga tayyor bo’lgan spreyni pulverizator yordamida sepiladi. Keyin qo’l bilan kiyimni yozib, ilgichga ilib qo’yamiz. Kiyim to’liq tekislanguniga qadar boshqa ishlaringiz bilan shug’ullanib tursangiz bo’ladi.

© Odam uz