Kripto valyuta o’zi nima va undan O’zbekistonda foydaldansa bo’ladimi?

Kripto valyuta — bu raqamli valyutaning bir turi bo’lib, buxgalteriya hisobi markazlashtirilmagan to’lov tizimi tomonidan ta’minlanadi (ichki yoki tashqi ma’mur yoki uning o’xshashlari mavjud emas), to’liq avtomatik rejimda ishlaydi. O’z-o’zidan, kripto valyutada hech qanday maxsus material yoki elektron shakl mavjud emas — bu buxgalteriya birliklari ma’lumotlarining miqdorini ko’rsatadigan raqam, bu ma’lumotlar uzatish protokolining ma’lumot paketining tegishli holatida qayd etilgan. Hattoki tizim manzillari o’rtasidagi tranzaktsiyalar haqidagi barcha ma’lumotlar boshqa ma’lumotlar singari shifrlangan. Kriptovalyutadan ko’pincha noqonuniy pul mablag’lairini yashirishda foydalanishadi.


Bugungi kunga kelib jami kriptovalyutalar soni 4509 tani tashkil qiladi va ularning umumiy bozor qiymati $1 trln 633 mlrd 366 mln 781 ming bo’lib, bir kunlik pul aylanmasi o’rtacha $153 mlrd 166 mln ga teng.



Bozor kapitallashuvi eng katta bo’lgan birinchi va eng mashhur kripto valyuta bu Bitcoin (BTC) bo’lib, u birinchi marta 2009-yil 3-yanvar kuni chiqarilgan. 2021-yil fevral holati bo’yicha 1 BTC $57500 dan oshdi va faol ravishda ko’tarilmoqda. Bitcoinning jami kapitalizatsiya $982,93 mlrd bo’lib, uning kunlik pul aylanmasi $54,38 mlrd ni tashkil qiladi.


O’zbekstonda kripto valyuta xarid qilsa bo’ladi? Uni foydalanish mumkinmi?


O’zbekistonda barcha kripto-aktivlarning faoliyati litsenziya asosida bo’lishi va 2020-yilning boshida ochilgan kripto-birjada amalga oshirilishi lozim. Birja ishtirokchilari faqatgina oldin qo’lga kiritilgan kripto-aktivlarni chel el foydalanuvchilariga sotishi mumkin.


Birjada kripto-aktivlarni sotib olish mumkin emas — tashkilotchilar buni aholining moliyaviy savodxonligini pastligi bilan izohlashdi. Kripto-birjani chetlab o’tib, savdo-sotiq qilish jinoyat deb hisoblanadi.



Tariflar mavjud, legallashtirish — yo’q.

Sotib olish ta’qiqlangani sababli, kriptovalyutalarni faqatgina «mayning» orqali qo’lga kiritish mumkin. 2020-yil bahorida, maynerlar uchun oshirilgan ta’riflarda elektr energiyasi solig’i joriy qilindi.

Ammo, mayning bilan shug’ullanadigan iste’molchilarni aniqlash va oshirilgan tariflarni qo’llash tartibi ishlab chiqilmadi.



“Mayning” faoliyatini legallashtirish, majburiy a’zolik doirasida “Uzbekistan Cryptocurrency Mining Pool” dasturi yaratilishi asosida amalga oshirilishi kerak edi, ammo tegishli hujjatlar hali qabul qilinmagan.


Kripto valyuta bilan savdo qilganga qanday jazo belgilangan?


177-modda: Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish. Bunga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravari (18 mln 375 ming so’m) dan 500 baravari (122 mln 500 ming so’m) gacha bo’lgan miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlariga yohud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

190-modda: Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish. Bunga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari (6 mln 125 ming so’m) dan 100 baravari (24 mln 500 ming so’m) gacha bo’lgan miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.



Misol tariqasida, 2020-yilning yozida, Toshkentda bitkoin savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullangan fuqarolarga qarshi Jinoyat Kodeksining 177 (valyuta qiymatlarini noqonuniy sotish yoki sotib olish) va 190 (litsenziyasiz faoliyat bilan shug’ullanish) moddalari asosida jinoiy ishi qo’zg’atildi. O’sha yilning kuz mavsumida, poytaxtda bitkoin savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullangan shaxslar hibsga olindi.


@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!