Semirish faqat ovqatlanishga bog‘liqmi ?

Semirish faqat ovqatlanishga bog‘liqmi ?


Yo‘q albatta. Organizmda endokrin o‘zgarishlar bo‘lsa, gormon qabul qilgan bo‘lsa, makro-mikroelementlar yetishmasa bunda ham semirish kuzatiladi. Eng asosiysi esa nasliy moyillik. Yuqoridagi uchalasi patologiya (kasallik), to‘rtinchisi esa genetika. Patologiyani yo‘qotsa semirish ham yo‘qoladi. Genetikani esa o‘zgartirib bo‘lmaydi.


Nasliy moyillik bo‘lsa buni to‘g‘ri qabul qiling, hadeb ozish uchun parhez qilavermang. Bo‘lmasa oganizmdagi moddalar balansini buzib qo‘yasiz. Faqat fast-fud va shakardan voz kechsangiz kifoya. Qolganlarini meyorda iste’mol qilavering. Ishoning ratsion to‘g‘ri tuzilsa semirmaysiz, nasliy moyillik bo‘lsa ham.