Flukonazol kapsula
#Флуконазол капсула
?DORI SHAKLI : kapsula
?TARKIBI : ?
Flyukonazol moddasi — 50 mg va 150 mg dozada chiqadi.
?TA’SIRIGA KO’RA ?
Zamburugli kasalliklarga va zamburug’ga qarshi vosita.
?QO’LLANILISHI ?
— Kriptokokkoz infeksiyalarida va u qo’zg’atgan kasalliklarda qo’llaniladi.
— Kriptokokk keltirib chiqargan meningitda.
— Kandidozli zamburug kasalliklarida va kandidozli boshqa infeksiyalarda qabul qilinadi ( masalan kandidozli infeksiyalarda qorin infeksiyalarida , ko’z , endokardda , nafas va siydik yo’llari infeksiyalarida ).
— Og’iz bo’shligi , liqildoq va shilliq qavatdagi zamburugli yaralar va kasalliklarda qo’llaniladi.
— Bronx o’pka , teri kandidozlarida , yani zamburugli kasalliklarda va yalliglanishda qabul qilinadi.
— Jinsiy a’zolardagi zamburugli kandidoz kasalligida qo’llaniladi.
— Vaginalniy ( qindagi ) kandidozli zamburug’ kasalligida qabul qilinadi.
— Tanadagi , teri , oyoq va qo’llardagi zamburugli mikoz kasalligida.
— Lishay kabi zamburugli kasallikda.
— Onixomikoz, endemik mikoz va teri kandidozida qabul qilinadi.
— Boshqa barcha zamburug’li kasalliklarda qabul qilinadi.
?QO’LLASH USULI ?
Preparat qutisida 1 kapsula yoki bir necha kapsula bo’lib chiqadi. Kuniga 150 mg dozadan 1 kapsula qabul qilish mumkin. 50 mg dozadan esa kuniga 2 — 3 kapsula qabul qilsa ham bo»ladi.
Preparat 50 mg va 150 mg dozada chiqadi.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Bosh og’rigi va bosh aylanishi
— Ishtaha pasayishi
— Teri toshmalari va ko’ngil aynish kuzatilishi mumkin.
— Ichak mikroflorasining buzilishi kuzatilishi mumkin.
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preoaratga allergik reaksiya bo’lganda.
— 4 yoshdan kichik bolaga mumkin emas.
— Sutkasiga maksimal doza 400 mg dan oshiq qabul qilish mumkin emas.
?ADMIN MASLAHATI ?
Homiladorlik davrida shifokordan so’rab qabul qiling.
4 yoshdan katta bolalarga 50 mg doza bergan ma’qul.
——————————————————-
?FLUKONAZOL ANALOGLARI QAYSILAR ? ?
?Qo’llash — retsept bilan.
?Ishlab chiqaruvchi — Ukraina
@Farmakologiya_TTA
,, ТАБЛЕТКА » kanali