Normada katta liqildoq qachon bitishi kerak👇
⭕️Katta liqildoq normada 1 yoshda bitishi kerak
Katta liqildoq o‘lchami qancha bo‘ladi👇
⭕️Katta liqildoq romb shaklida bo‘lib, o‘lchami 2x2sm dan 3×3 smgacha bo‘ladi.
Chaqaloq katta liqildoqni bitib tug‘ulishiga sabab nima👇
⭕️Homiladorlik paytida ona organizmida Ca ni ko‘p bo‘lishi hisobiga.
Nima uchun katta liqildoq 1 yoshdan keyin ham bitmasligi mumkin👇
⭕️Bunga asosiy sabab bola organizmidagi Ca yetishmovchiligi.
Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda katta liqildoqning kichik bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligi nimadan dalolat beradi👇
⭕️Yuqoridagi holat mikrosefaliya yoki kraniostenozdan dalolat berishi mumkin.(Nevropatolog ko‘rigi zarur)
Katta liqildoqning shishib chiqishi yoki unda pulsatsiya(tomir urishi)ning bo‘lishi nimadan dalolat beradi👇
⭕️Yuqoridagi holat gidrosefaliya, gematoma va intrakranial gipertenziya(cherepnoy davleniya)dan dalolat beradi.
Katta liqildoqning ichiga botib kirishi nimadan dalolat beradi👇
⭕️Ko‘pincha ich ketishidan keyin rivojlanadigan degidratatsiya(suvsizlanish) borligidan dalolat beradi.