O‘zbekiston kelajagi -mening tasavvurimda

Insho

O‘zbekiston kelajagi -mening tasavvurimda

Rej a:

I. К i r i s h. O’zbekistonning tarixi va istiqboli haqida.

II. A s о s i у q i s m: 1. «Men nechun sevaman O’zbekistonni?»

2. O’zbekiston jahonga yuz tutmoqda.

3. Vatanimning tabiiy boyliklari.

4. Vatanim — rivojlangan sanoat maskani.

5. O’zbekiston shoirlar va adiblar madhida.

III. X u 1 о s a. O’zbekiston — kelajagi buyuk davlat.

Bir olkaki , tuprogida oltin gullaydi ,

Bir olkaki , qishlarida shivirlar bahor ,

Bir olkaki , sal kormasa quyosh soginar …

Bir olkaki , gazabidan asabi chaqnar ,

Baxt toshini chaqib bunda kuch guvillaydi .

Muso Toshmuhammad ogli Oybek


Har bir xalq, millat hamisha erkin yashashni xohlaydi va shunga intiladi. O’zbek xalqi ham o’zining ko’p yillik orzusiga 1991- yil 31-avgustda erishdi. Mustaqillik xalqning asrlar davomida ro’yobga chiqmagan orzu-maqsadlarining amalga oshishiga yo’l ochib berdi,/ Shunday orzularimizdan biri — ona tilimizning Davlat maqomiga ega bo’lishi edi. Garchand «Davlat tili haqida»gi Qonun mustaqillikgacha qabul qilingan bo’lsa-da, istiqlol yillarida ona tilimizning rivojlanishiga keng imkpniyatlar yaratildi, uni o’rganishga e’tibor ortdi.

Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Vatan ostonadan boshlanadi. Vatan— bu oila, men tug’ilib voyaga yetgan go’sha, qo’ni-qo’shni, mahalla, qishloq, maktab, qo’yinki, men yashab turgan zamindagi hamma-hamma narsaj Vatanni onaga qiyoslaydilajci Onaning muqaddasligini la’riflashga so’z ojizlik qiladi. Shuning uchun ham Vatanni e’zozlab, uning har bir qarich tuprog’ini muqaddas bilamiz. Uning ravnaqi, tinchligi uchun hissa qo’shish, hamisha ogoh bo’lib yashash, ichki va tashqi dushmanlardan asrashni burchimiz deb bilamiz.

Har bir xalq o’z Vatanini nechun sevadi? Yer yuzida shunday yurtlar borki, yil — o’n ikki oy yoz bo’lmaydi yoki aksincha. O’shan-day yurtlarda yashovchilar ham Vatanini boshqa yurtga alishmaydilar. Nima uchun? Chunki bu yerda Vatan tuyg’usi, degan buyuk bir tushuncha bor. Har kimning kindik qoni to’kilgan joy — muqaddas, uning Vatani hisoblanadi. Mana shu tuyg’u bilan biz O’zbekistonni sevamiz.

O’zbekiston — tabiiy boyliklarga serob diyor. Bu boyliklarni asrab-avaylash har birimizning burchimizdir. Istiqlol davrida sanoatni, tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqdaj Xorij sarmoyalarini jalb etgan holda qo’shma korxonalar qurilmoqda. Tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, eksportni yo’lga qo’yishga harakat qilinmoqda. Tarixdan bilamizki, har bir davrning ijodkorlari Vatanni kuylashgan, madh etishgan. Mustaqillik yillarida istiqlol madh etilgan bir qator asarlar yaratildi.

O’zbekiston — kelajagi buyuk davlat. Uni biz har qadamda, yurti-mizning har kunlik faoliyatida sezib, ko’rib turibmiz. O’zbekistonning kelajagi ko’p jihatdan biz yoshlarning tarbiyasiga, barkamol avlod bo’lib yetishishimizga bog’liq. Shu ma’noda, milliy istiqlol g’oyasini qalbimiz va ongimiz bilan his etishimiz, milliy qadriyatlarni, tariximizni sevib o’rganishimiz, ularga sodiq bo’lishimiz kerak bo’ladi. Vatanni seving, ardoqlang. Chunki u ona kabi muqaddasdir!

Xulosa qilib aytganda , xalqimizning iqtisodiy va manaviy jihatdan yuksalishi , vatanimizda yashayotgan har bir fuqarolarning vatanga bolgan chuqur hurmati bilan ham belgilanadi . Biz O’zbekiston fuqarosi sifatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan katta o’zgarishlarda o’zimizning ham hissamiz borligini doimo his qilib turamiz. Bu esa bizni jamiyat hayotida yanada faol ishtirok etishga, o’z Vatanimizning haqiqiy vatanparvari, ongli fuqarosi bo’lish