Reja:
1.Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda ota-ona mas’uliyati.
Adabiyot va san’at – shaxs ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirishning muhim vositasi.
Shaxs ma’naviyatini rivojlantirishning omillari va vositalari kо‘p. О‘zbek xalqining eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar davom etib kelayotgan, о‘z ahamiyatini hech qachon yо‘qotmaydigan ajoyib qadriyatlaridan biri – ota-onani yuksak darajada e’zozlash, hurmatini joyiga quyishdan iboratdir. Farzand uchun dunyoda ota-onadan kо‘ra mehribon, aziz va mo`tabar zot yо‘q. Ota-ona farzandlarning suyanchig`i, bitmas-tuganmas boyligidir.
