ELTS HAQIDA MA’LUMOT
savollar berishga ham to’g’ri keladi.
Ingliz tilida gaplashiladigan davlatlarda yashash va ishlash quyidagilarni talab qilishi mumkin:
gazetalar mutoala qilish, e’lonlar, yo’riqnoma va ko’rsatmalarni o’qish va hokazo;
tashkilotlar yoki alohida shaxslarga yozma murojaatnoma va arizlar yozish;
radio tinglash, ko’rsatmalarni tinglab tushunish va har kunlik suhbatlarni tinglash;
o’zi haqida gapirib berish, kelib chiqishi, oilasi va vatani, o’qishdan maqsadi, kelajakdagi rejalari haqida gapirish.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, IELTSni o’rgatuvchi ta’lim berishni ikki bosqichga bo’lib amalga oshirishi kerak:
1) nutq, yozish, o’qish va tinglab tushunishni uzviy o’rgatish. O’rganuvchining so’z boyligini imkon qadar oshirgan holda ingliz tili grammatikasining eng zaruriy va murakkab jihatlarini o’rgatish. IELTS imtihonini topshirishga oid yo’l-yo’riqlar ko’rsatish;
2) nutq, yozish, o’qish va tinglab tushunish ko’nikmalarini keng miqyosda rivojlantirish – gazeta va jurnallar o’qish orqali o’qish ko’nikmasini rivojlantirish, radio va audio eshittirishlar asosida tinglab tushunish ko’nikmasini mustahkamlash, imkon qadar jonli muloqotlarni amalga oshirish asosida og’zaki nutq ko’nikmasini rivojlantirish va hokazo.
IELTSni o’rgatish kursi ohirida o’rganuvchilar quyidagi ko’nikmalarni to’liq o’zlashtirgan bo’lishlari zarur:
Ingliz tilini ona tili sifatida gapiruvchilarning o’rta tezlikda gapirishlarida anglatilayotgan ma’lumotni tinglab tushuna olish va qabul qilingan ma’lumotni sekin, yuqori aniqlik bilan (diktant ko’rinishida) eshitilganlarni aynan takrorlamasdan, gap mazmunini gapirib bera olish.
Xujjatlarni tashkil etish (masalan, xisobotlar, rasmiy va norasmiy xatlar, chizma va diagrammalardagi ma’lumotlarni matn ko’rinishida ifodalash, referatlar yozish), so’rovnoma ko’rinishidagi xujjatlarni to’g’ri to’ldira olish. Xujjatlarni ma’lum cheklangan vaqt ichida aniq to’ldirish hamda xujjatlarni yozish jarayonida kerakli bo’lgan uslubdagi (rasmiy yoki norasmiy) ingliz tilidan foydalana olish.
Ma’lum cheklangan vaqt ichida ijtimoiy muhimlikka ega bo’lgan turli mavzularga asoslangan insholarni yoza olish.
Ko’rib chiqish, ma’lumot qidirish va o’rganish usullaridagi o’qish ko’nikmasini yaxshi o’zlashtirish. Cheklangan vaqt ichida aytilayotgan (og’zaki nutq) yoki yozilgan (matn) axborot ichidan kerkali bo’lgan ma’lumotni topa olish.
Ma’lum bir mavzuning asosiy mazmunini og’zaki tarzda bayon qila olish, mavzu asosida berilishi mumkin bo’lgan savollarga javob berish va buni mos uslubdagi ingliz tili asosida amalga oshira olish.
Ingliz tilida asosiy bilimlarni puxta o’zlashtirganligini namoyon eta olish (masalan, til grammatikasi, leksikasi, orfografiyasi va hokazo).