“Zahiriddin Muhammad Boburni xotirlab” deb nomlangan tadbir ishlanma

20-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Xidirova Marhabo Roziqovnaning “Zahiriddin Muhammad Boburni xotirlab” deb nomlangan tadbir ishlanmasi

1-o’quvchi


Navobaxsh  elimning  navobaxshi  siz,


Ta’rifingiz   qilmoqqa   ojizman  hazrat


Avlodingiz  bizlar  duo  qilamiz.


Ijodingiz  gulshani  turfa   gullari


Yillar   adog`ida  balq  urar  albat.



2-o`quvchi


Bu  aziz  yurtimning  aziz  o`g`loni,


Shoirsiz,  nosirsiz  buyuk  sarkarda.


Ohla  chekib  charxning  jafolaridan


Ko`nglingiz  shod  bo`lmadi  o`zga  yurtlarda.


Bu  turkiy  dunyoni  birlashtiray  deb


Umringiz  o`tdiku  jangu-xatarda



3-o`quvchi


Ul  zamondan  topolmay   tole’ingizni,


G`urbat  g`amin  to`kdingiz  zebu-zabarda.


Ruhingiz  qo`llasin  bizlarni  doim,


Xalqingiz  duosi  har  tong  saharda.



                                1-boshlovchi



Bobolar kalomi tilimda  doim,


Sen  uchun  yuragim  qo`limda  doim.


Sog`inganman  yurgan   yo`limda  doim,


Vatan  yagonasan   dilimda  doim.


                                2-boshlovchi



Bu   yorug`  olamning   jannatlari   bor,


Vatandan  bo`lagin    minnatlari  bor.


Joningga   jonimning   payvandlari   bor


Vatan  yagonasan  dilimda   doim.


Assalomu alaykum  hurmatli   ustozlar,   davramizga   tashrif    buyurgan   qadrli    mehmonlar.


“Zahirriddin   Muhammad   Boburni    xotirlab”   deb   nomlangan   tadbirimizni   ochiq   deb   e`lon   qilamiz.



                            1-boshlovchi


Bugun  bu  yerda  to`planishimizdan    maqsad,   buyuk    shoirimiz   she’riyat   daholaridan   biri  bo`lmish  Zahirriddin   Muhammad  Bobur  ruhini  bir  zumgina  bo`lsada  shod  etib,   xayolan  bo`lsada  Bobur  yaratgan  sheriyat  bog`lari  aro  sayr   aylab,  bir  zumgina  bo`lsa-da, Bobur  ijod  qilgan  nazmiy  asarlar  asosida  siz  azizlar  ila  muloqotda  bo`lishdir.  Endigi  navbat  bobomiz   hayoti  va  ijodi  haqidagi  ma`lumotlarga.



                                                  Ma`lumotlar


Z. M. Bobur  1483-yilning   14-fevralida  Andijonda  tug`ildi.  Otasi  Temuriyzoda  Umarshayx  Farg`ona    viloyatining   hukmdori   edi   Onasi  Qutlug`nigorxonim   Toshkent    hokimiYunusxonning  qizi   edi.


U go`zal    g`azallar   yozdi.   Ko`rgan,  kechirgan   voqealarini   haqida  ,,Boburnoma«   asarini       yozib    qoldirdi.  Uning  qalbi   musiqaga    oshno  edi.   U  sozni go’zal   chalgan. Ajoyib  musiqalar yaratgan. Musiqa haqida «Musiqa ilmi» nomli ilmiy kitob yozgan.


Bobur ruboiylari har jihatdan to`kis, mukammal she’riy asarlardir. Ularda Bobur hayotining manzaralari aks etadi.


U 1530 –yil 26-dekabrda Agrada vafot etdi. Keyinchalik uning xoki vasiyatiga  muvofiq Kobulga  ko`chirildi.


5.Bo’lajak shoir 12-yoshda edi. Otasi bevaqt vafot etib, Farg`ona hokimligi uning zimmasiga tushdi. 15-yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi.16-yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur bo’ladi.


1503-yilda Amudaryoni kechib Xurosonga o`tdi. Kobul  va G`aznani qo`lga  kiritdi. So`ng 1526-yilda esa Hindistonni zabt etib katta saltanat o`rnatdi.U o`z adolati va jasorati bilan hind xalqi qalbidan joy oldi, ularning mehrini qozondi.


Boburning avlodlari hind diyorida 300-yildan ortiqroq hukmronlik qilgan.


Bobur   she`ri


Asli  naslim  so`rasangiz,


Men  o`zbek  farzandiman.


Farg`onaning  bo`lagi,


Andijon  farzadiman.



Amir  temur  bobakalonim,


Umarshayx  padari   buzrukvorim.


Toshkent  xoni  chin  Yunusxonim,


Qutlug`Nigor  tadbirkorim  onam.



Andijonda  tug`ildim,  o`sdim,


Hindistonda    bog`lar  yaratdim,


Mussavirlar   bo`lishdi  do`stim


Vatan  deya  qalam   tebratdim.



O’n ikkida  shoh  bo`ldim,


Sahroyu  tog`lar  oshdim.


Andijonu  Samarqand


Yo`llarida  adashdim


Goh  quvondim  o`rtandim.



Gohida yondim shoshdim


Men Zahiriddin  Muhammad Bobur.


Bir qo`limda qalam-u


Birida qilich tutdim.



Urushdim mag`lub bo`ldim,


Yutdimu g`azal bitdim.


Yurtim deya sarg`aydim,


Bu yo`lda gado bo`ldim


Men Zahiriddin  Muhammad Bobur.


                                               Boshlovchilar



Bobur Mirzo umrining yarmini ona yurtdan uzoqda Hindistonda o`tkazgan. Hindlar Bobur Mirzoni juda hurmat qilar edilar. Bobur Mirzo  Hindiston va Qobulda ko`plab bog`lar yaratgan. Xo`sh siz ularning qaysilarini bilasiz?


Qobulda ,,Bog`i nur`, ,,Bog`I behisht «,” Chorbog”, Hindistonda,,Zarafshon bog«, ,,Bog`i safo« kabi bog`larni yaratgan.


To`g`ri Qobulda va Hindistonda shunday ajoyib bog`lar yaratgan.Dunyoga mashhur Tojmahalni ham Bobur avlodlari qurdirgan.


                             Bobur g’azallaridan aytiladi.


                                       Boshlovchilar


Bobur shoirlarning shohi shohlarning shoiridir. Jahon adabiyotining yirik namoyondasi .Javohirlal Neru Boburga shunday ta`rif bergan.


Bobur dunyoni hayratga solgan yirik davlat arbobi , mohir sarkarda, donishmand, tarixchi,zakovatli olim va tarjimondir.


1.Hozirgi sahna ko`rinishi orqali bobomizning nechog`liq topqirliklarini anglab olamiz.



                                             Sahna ko`rinishi (Bobur va kabutar)



                                Boshlovchi



Endi  tengdoshlarimiz Bobur Mirzo  ruboiylaridan namunalar aytadilar.



1.Tole yo`q jonimg’a balolig` bo`ldi,


Har ishniki ayladim  xatolig’  bo`ldi.


O`z yerni qo`yib Hind sori yuzlandim,


Yo rab netayin, ne yuz qarolig’ bo`ldi.



2.Kim bor anga ilm tolibi ilm kerak,


O`rgangani ilm tolibi ilm kerak.


Men tolibi ilm-u tolibi ilme yo`q


Men bormen ilm-tolibi ilm  kerak.



3.Shod etmas emish kishini g`urbatda kishi,


Yod etmas emish ko`ngilni mehnatda kishi.


Ko`nglim bu g`ariblikdan shod bo`lmadi oh,


G`urbatda sevinmas albatda kishi.



Ko`pdin berkim yoru diyorim yo`qdir,


Bir lahzayu bir nafas qarorim yo`qdir.


Keldim bu sari o`z ixtiyorim birla


Lekin borurimdan ixtiyorim yo`qdur.



5.Ey oy yuzing oldida quyo`sh sarmanda,


 Shirin so`zi yaxshi xulqingga men banda.


Hijronda necha noma bilan so`zlashlaring


Yo sen beri kel, yo men borayin anda.



Hijron qafasida jon qushi dam qiladur.


G`urbat bu aziz umrni kam qiladur.


Ne nav bitay firoqu g`urbat shahrin,


Kim ko`z yoshi nomaning ko`zin nam qiladur.



Beqayd menu xarobi siym emas men,


Ham mol yig`ishtirur laim ermasmen.


Qobulda iqomat etdi Bobur dersiz,


Andoq demangizlarkim muqim ermasmen.



Ey yel borib ahboda nomini degil


Har kim meni bilsa ham paymonimni degil.


Mendin demagin gar unitilgan bo`lsam


Har kimki meni so`rsa salomimni degil.



9.Jismida isitma kunda mahkam bo`ladur.


Ko`zdin uchadir uyqu chu oqshom bo`ladur.


Har ikkalasi g`anim birla sabrimdek,


Borg`on sari ortadur ul kam bo`ladur.



Yo qahr-u g`azab birla meni tufroq qil


Yo bahri inoyatingda mustag`roq qil


Yo  rab ,sendadur yuzim qaro gar oq qil


Har nav, sening rizong erur andoq qil.


                          Boburning she`ri


Ey  sevimli  aziz  avlodim,


Bog`  yaratdim  hamda  betakror.


Boburnoma  mendanda  yodgor,


Tanim  qolur  hind  tuprog’ida.


G`azalimga  kuylar  bastalang


Jonim  chiqar   qalbimda  dodim,


Ruhim  uchun  sokinlik  tilang.



                                      Boshiovchi


Mana bobomizning  so`nggi  so`zlaridan  bilib  oldikki,  u  kishi  o`zning  g`azallarini el  orasida   kuylanishini   juda  xohlaganlar. O`zbekiston  xalq  artisti  O.Nazarbekov  bobomizning  “Binafsha”  nomli  g’azalini    yangicha  talqinda  juda  zo`r  mahorat  bilan  ijro  etganlar.   Hozir  shu  g`azalni  e`tiboringizga  hovola  etamiz….


                               Raqs “  Binafsha


                        1-boshlovchi


Buyuk bobokalonimiz shoh va shoir Bobur Mirzo bir umr Vatan ishqida kuyib, yonib, o`rtanib yashadi. Shunday ekan biz yoshlar bu jannatmakon Vatanimizning qadriga yetib, berilgan imkoniyatlardan foydalanib, osoyishta hayot kechiraylik.


                                      2- boshlovchi



Vatanni sotishga, bir qarich yerini bo`lsada begonalarga berishga hech kimning haqqi yo`q, chunki Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy, Ibn Sino,Mirzo Bobur kabi buyuk shaxslarni voyaga yetkazgan, bu ona zaminda ajdodlarimizning va tug`ilajak kelajak avlodni ham haqlari bordir.


                                     1-boshlovchi


Kelinglar aziz tengdoshlar,biz ham buyuk bobokalonlarimizga izdosh bo`lib, elim deb yurtim  deb yonib yashaylik. Muhtaram yurtboshimizning ishonchlarini oqlaylik.


                                      Anda jon qoldi


Andijon  shahridan  uchib  bir  yulduz,


Hindiston  tojiga  gavhardek  qo`ndi.


Otash  yuragida  aylanar  bir  so`z,


Anda jon  qoldi-ki,  anda jon  qoldi.




Xalqing   buyuk  o`g`ling,  buyuk  sholi  o`g`ling,


Boburning  qalbida   bir  armon  qoldi.


Nolasi  kuydurar  to  abad    bag`ring,


Anda jon  qoldi-ki,  anda jon  qoldi.



Dunyo  charxpalagi  tinmay aylanar,


Talato`p  zamonlar  o’taveradi.


Asrlar  qa’ridan   bir  so`z  ingranar,


Anda jon  qoldi-ki,  anda jon  qoldi.